Kirish Mehnatga oid munosabatlarni tartib solish
Mehnat huquqining subyektlari
Download 73.02 Kb.
|
Esamurodov Sarvar kurs ishi1
4. Mehnat huquqining subyektlari
Mehnat huquqining subyektlari bo‘lib, mehnat qonun- chiligi normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy mu- nosabatlarning ishtirokchisi va doimiy mehnat huquq va majburiyatlariga ega bo‘lgan hamda ularni amalga oshi- radigan jismoniy va yuridik shaxslar hisoblanadi. Mehnat qonunchiligiga muvofiq, mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlayotgan xodimlar, ish beruvchilar, mehnat jamoasi hamda xodimlar va ish beruvchilarning, vakillik organlari mehnatga oid munosabatlarning subyektlari hisoblanadi. Mehnatga oid huquqiy munosabatlarning asosiy sub- yektlari xodimlar va ish beruvchilardir. O‘zR MKning 14-moddasiga ko‘ra, quyidagi jismoniy shaxslar mehnatga oid huquqiy munosabatlar subyekti bo‘lishi mumkin. Demak, jismoniy shaxslar, ular bilan mehnat shart- nomasi tuzilgandan so‘nggina mehnatga oid huquqiy munosabatlar subyekti bo‘lishi mumkin. Jismoniy shaxs mehnat shartnomasi tuzish va mehnatga oid munosabat subyekti maqomiga ega bo‘lishi uchun mehnat huquqiy subyektliligiga ega bo‘lishi uchun: — mehnatga oid huquqiy layoqat va huquqiy muoma- la layoqatiga ega bo‘lishi (mehnatga oid huquqiy layoqat deganda, subyektiv mehnat huquqlari va majburiyatlariga ega bo‘la olish qobiliyati tushuniladi); — mehnatga oid huquqiy muomala layoqatiga ega bo‘lishi (qonunchilikka muvofiq huquq va majburiyatlarni muayyan xatti-harakatlar orqali amalga oshirish qobiliyati); — delikt javobgarligi (unga yuklatilgan majburiyatlarning ijrosi uchun javobgarlik) talab etiladi. Fuqarolik huquqida jismoniy shaxsning huquqiy layoqati tug‘ilishi bilan, to‘liq muomala layoqati esa shaxs 18 yoshga to‘lganida pay do bo‘ladi. Mehnat qonunchiligida esa mehnatga oid huquqiy layoqat hamda mehnatga oid huquqiy muomala layoqati bir vaqtda, ya’ni shaxs ishga qabul qilish yoshiga yetgan vaqtdan paydo bo‘ladi. Demak, ishga qabul qilish yoshi- ga yetgan hamda ish beruvchi bilan mehnat shartnomasi tuzgan jismoniy shaxs mehnatga oid munosabatning subyekti bo‘lishi mumkin. Umumiy qoidaga ko‘ra, O‘zR MKning 77-mod- dasiga muvofiq xodim o‘n olti yoshga to’lganidan keyin uni ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi. Mazkur moddaning ikkinchi qismida bu qoidadan istis- no holat nazarda tutilgan bo‘lib, yoshlarni o‘n besh yoshga to‘lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yoz- ma roziligi bilan: - mehnatga tayyorlash uchun umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini ularning sog‘lig‘iga hamda ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan; - ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishlari uchun ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi. Ota-onasidan birining roziligi oldindan berilishi lozim bo‘lib, ariza shaklida yoki ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyruqning loyihasida ota yoki ona imzo qo‘ygan holda tasdiqlashi tariqasida bo‘lishi mumkin. Bunday rozilikning olinishi yoshlarning umuman ishlashiga emas, balki ularning muayyan mehnat sharoitla- rida aniq kasb va malaka bo‘yicha ishlashlariga ham rozilik berganliklarini ko‘rsatadi. O‘zR MKda ko‘zda tutilgan xodim bilan mehnat shartnomasi tuzishda yo‘l qo‘yiladigan yoshga bo’lgan talab XMTning 1973-yilgi 138-son “Eng kam yosh to‘grisida”gi Konvensiyasi qoidalariga muvofiq keladi. Ish beruvchi mehnat shartnomasining ikkinchi tarafi bo‘lib hisoblanadi. O‘zR MKning 15-moddasiga muvofiq: 1) korxonalar, shu jumladan, ularning alohida tarkibiy bo‘linmalari, o‘z rahbarlari timsolida; 2) mulkdorning o‘zi ayni bir vaqtda rahbar bo’lgan xususiy korxonalar; 2 Xalqaro mehnat tashkilotining konvensiyalari va tavsiyalari 2 tomlik - Jeneva, Xalqaro mehnat byurosi, 1991-yil, 2-tom, 1709-bet. 3) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda o‘n sakkiz yoshga to‘lgan ayrim shaxslar; 4) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to- monidan belgilangan tartibda xodimlar yollaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar. Mazkur moddaga muvofiq, mulkchilik shaklidan qat’i nazar, har qanday korxona ish beruvchi bo‘lishi mumkin. Demak, tijorat tashkilotlari (xo‘jalik shirkatlari, ishlab chiqarish kooperativlari, unitar korxonalar va bosh- qalar), notijorat tashkilotlari (jamoat birlashmalari, jamoat fondlari, muassasalar va boshqalar) hisoblanuvchi yuridik shaxslar ish beruvchi bo‘lishlari mumkin. Xulosa: Ishga qabul qilish ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq chiqarish uchun xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asos bo‘ladi. Korxona rahbarini ishga qabul qilish korxona mulki egasining huquqi bo‘lib, bu huquqni u bevosita, shuningdek o‘zi vakil qilgan organlar orqali yoki korxonani boshqarish huquqi berilgan korxona kengashi, boshqaruvi yoxud boshqa organlar orqali amalga oshiradi. Korxona rahbari korxona mulkdori unga bergan vakolatlar doirasida xodimlar bilan mehnat shartnomalari tuzadi. Ishga qabul qilish haqidagi buyruq tuzilgan mehnat shartnomasining mazmuniga to‘la muvofiq ravishda chiqariladi. Buyruq xodimga ma’lum qilinib, tilxat olinadi. Ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan yoki uning ijozati bilan xodimga haqiqatda ishlashga ruxsat etilgan bo‘lsa, ishga qabul qilish tegishli ravishda rasmiylashtirilgan yoki rasmiylashtirilmaganligidan qat’i nazar, ish boshlangan kundan e’tiboran mehnat shartnomasi tuzilgan deb hisoblanadi. Mehnat shartnomasi quyidagi maqsadda dastlabki sinov sharti bilan tuzilishi mumkin: -xodimning topshirilayotgan ishga layoqatliligini tekshirib ko‘rish; xodim mehnat shartnomasida shartlashilgan ishni davom ettirishning maqsadga muvofiqligi haqida bir qarorga kelishi. Dastlabki sinovni o‘tash haqida mehnat shartnomasida shartlashilgan bo‘lishi lozim. Bunday shartlashuv bo‘lmagan taqdirda xodim dastlabki sinovsiz ishga qabul qilingan deb hisoblanadi. Homilador ayollar, uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar, korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslar, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining hamda oliy o‘quv yurtlarining tegishli ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilari ishga qabul qilinganda, shuningdek xodimlar bilan olti oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilib, ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi. Download 73.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling