Milliy iqtisodiyot va jahon iqtisodiyoti.
Reja:
Kirish
1. Milliy iqtisodiyotning qaror topishi va uning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari.
2. Milliy mahsulotning mazmuni, tarkibiy qismlari va harakat shakllari.
3. Yalpi milliy mahsulot (YaIM)ni hisoblash usullari.
4.Iqtisodiy intеgratsiya mohiyati va unga ta’sir etuvchi omillar
5. Iqtisodiy intеgratsiya shakllanishi shart – sharoitlari va uning bosqichlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Milliy iqtisodiyot ko’plab o’zaro bog’liq iqtisodiy tizimlar birikmasidan iborat bo’lgan murakkab iqtisodiy tizimni vujudga keltirdi.
Milliy iqtisodiyot - barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro va makrodarajadagi iqtisodiyotlarni, funktsional iqtisodiyotni, ko’plab infratuzilmalarni o’z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir. Milliy iqtisodiyot bu turli shakldagi xo’jaliklarning tarkib topgan tuzilishi bo’lib, uning asosida mehnat taqsimoti va uning rivojlanishi yotadi. Turli shakldagi xo’jalik shakllari milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini tavsiflab beradi.
Makroiqtisodiy jihatdan qaralganda milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi mamlakatda mavjud bo’lgan ishlab chiqarish resurslari; ularning ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ajralib chiqqan iqtisodiy sub‘ektlar o’rtasidagi taqsimoti hajmi; mazkur sub‘ektlar ishlab chiqarish hajmlari, milliy mahsultni ishlab chiqarish jarayonlarida shakllanuvchi tarkibiy qismlari o’rtasidagi munosabat sifatida namoyon bo’ladi. Milliy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini chizma orqali tasvirlash mumkin: Milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish hajmi va ularning o’sishi bir qator ko’rsatkichlar tizimi orqali, mikro va makroiqtisodiy darajada aniqlanib, tahlil qilinadi.
Makroiqtisodiyot – bu mamlakat miqyosida moddiy ishlab chiqarish va nomoddiy sohalarini bir butun qilib birlashtirish natijasida hosil bo’lgan milliy va jahon xo’jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir. Makroiqtisodiyot o’z ichiga iqtisodiyotning moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish hamda xizmat ko’rsatish sohalarini oladi. Milliy iqtisodiyotning asosiy funktsional ahamiyati mamlakat barcha aholisining doimiy ravishda o’sib boruvchi ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirishda namoyon bo’ladi. Milliy iqtisodiyotning mazkur asosiy muammosi naqadar samarali hal etilayotgan makroiqtisodiy tahlilyordamida aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |