Kirish milliy valyuta va uning iqtisodiyotda tutgan o’rni Milliy valyuta muomalasining tarkibi va pul aylanmasidagi ulushi Milliy valyuta barqarorligiga ta’sir


Milliy valyuta barqarorligini ta’minlashda Markaziy bankning pul-kredit instrumentlari


Download 52.42 Kb.
bet7/8
Sana17.06.2023
Hajmi52.42 Kb.
#1523751
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Milliy valyuta barqarorligi va unga ta’sir qiluvchi omillar

Milliy valyuta barqarorligini ta’minlashda Markaziy bankning pul-kredit instrumentlari

Markaziy bank milliy valyutaning barqarorligini ta‘minlash maqsadida mamlaklakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni e‘tiborga olib o’zining pul – kredit siyosatini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
Markaziy bankning pul-kredit siyosati iqtisodiyotda pul massasi yoki foiz stavkalarining zarur darajadagi me‘yorini ta‘minlash, iqtisodiyotning pulga bo’lgan talabini qondirish yoki milliy valyuta kursini xorijiy valyutalarga nisbatan mustahkamlash kabi qator omillar nuqtai nazaridan turlicha ko’rinishda amalga oshiriladi. Shu jihatdan Markaziy bankning restriksion (qattiq) va ekspansion (yumshoq) pulkredit siyosati turlarini keltirish mumkin.
Restriksion pul-kredit siyosatida iqtisodiyotda pul massasi va kredit operatsiyalar hajmini kamaytirish va foiz stavkalarini oshirish bilan bog’liq tadbirlar amalga oshiriladi. Buning natijasida milliy iqtisodiyotda kredit, depozit va soliq stavkalari oshishi, ayrim tadbirl davlat byudjeti xarajatlari qisqarishi yuz beradi, inflyatsiya darajasi jilovlanadi, mamlakat to’lov balansini sog’lomlashtirishga bo’lgan tadbirlar amalga oshiriladi.
Ekspansion pul-kredit siyosatida odatda kreditlash hajmini oshirish, iqtisodiyotda pul massasining oshishi ustidan nazoratni susaytirish, soliq va bank foiz stavkalarini pasaytirish masalalariga e‘tibor qaratiladi
Markaziy bankning pul-kredit siyosati restriksion yoki ekspansion bo’ladimi u keng qamrovli yoki selektiv xarakterga ega bo’lishi mumkin. Keng qamrovlida Markaziy bankning pul-kredit siyosati mamlakatdagi barcha kredit muassasalari va ularning barcha operatsiyalariga joriy etiladi, selektivda esa, pul-kredit siyosati alohida olingan tijorat banklar faoliyatida yoki ayrim operatsiyalar uchun tatbiq etilishi mumkin.
Demak, Markaziy bankning pul-kredit siyosati usullari xilma-xil bo’lib, ularni joriy etishda mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat muhim o’rin tutadi. Masalan, mamlakatda iqtisodiyotning pasayishi va ishsizlik darajasi yuqori bo’lgan sharoitda Markaziy bank arzon pullar siyosatini qo’llashi mumkin. Bunday siyosatning maqsadi kredit foiz stavkalarini pasaytirish orqali iqtisodiyotga pul taklifi va investitsiyalar hajmini oshirishga qaratilgan, bu albatta mamlakatda iqtisodiy o’sish va bandlik darajasini oshirishga xizmat qiladi. Demak, iqtisodiyotda pul taklifini oshishi kredit foiz stavkalarini pasayishiga olib keladi, bunday sharoitda Markaziy bank ko’pchilik hollarda davlatning qimmatli qog’ozlarini sotib olishi, majburiy zaxira normasi va qayta moliyalash stavkasi (hisob stavkasi) darajasini pasaytirishi lozim.
Pul – kredit siyosatining qator usullari mavjud bo’lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
-tijorat banklariga nisbatan o’rnatilgan majburiy zaxira siyosati;
-tijorat banklarini qayta moliyalash siyosati (hisob stavkasi)
-ochiq bozordagi siyosati;
-valyuta va depozit siyosati.
Xalqaro bank amaliyoti va xo'jalik yuritish tajribasidan ma‘lumki, milliy valyuta sotib olish qobiliyatining tushib ketishi iqtisodiyotda inflyatsiya darajasining oshishiga va mamlakatda ishsizlik darajasining pasayishiga olib keladi va aksincha. Ya‘ni, inflyatsiya darajasining pasayishi esa mamlakatda ishsizlik darajasining oshishiga olib keladi.
Markaziy bank aynan shu iqtisodiy jarayonni milliy iqtisodiyotga salbiy ta‘sir etmaydigan darajada ushlab turish va milliy valyutaning barqarorligini ta‘minlash uchun pul – kredit siyosati usullarini amaliyotga joriy etadi.
Tijorat banklariga nisbatan o’rnatilgan majburiy zaxira siyosati. Markaziy bankning pul – kredit siyosatini asosiylaridan biri tijorat banklariga o’rnatgan majburiy zahiralar siyosati hisoblanadi. Markaziy bank ushbu siyosati orqali, birinchidan, banklarning resurslarini chegaralashi natijasida iqtisodiyotda pul massasini tartibga soladi, ikkinchidan, bank iqtisodiy jihatdan to’lovga layoqatsiz holatiga tushib qolgan paytda, qisman bo’lsada uning mijozlarining manfaatlarini himoya qiladi.
Tijorat banklarini qayta moliyalash siyosati (hisob stavkasi). Bozor iqtisodiyotining doimiy ravishda rivojlanib va takomillashib borishi iqtisodiyotda qo’shimcha pul resurslariga bo’lgan talabni keltirib chiqaradi. Tijorat banklari xo’jalik yurituvchi subyektlarining moliyaviy resurslariga bo’lgan talabini iqtisodiyotda vaqtinchalik bo’sh pul mablag’larini o’ziga jalb qilish orqali qondiradi.
Ochiq bozordagi siyosati. Markaziy bankning ochiq bozordagi siyosati – bu davlatning obligatsiyalari, xazina veksellari va boshqa qimmatli qog‗ozlarini yuridik va jismoniy shaxslarga sotishi va sotib olishi bilan bog’liq operatsiyalaridir. Markaziy bank davlatning va o’zining qimmatli qog’ozlarini sotish orqali iqtisodiyotda pul massasini pasaytiradi. Bu o’z navbatida milliy valyutaning sotib olish qobiliyatini mustahkamlash va inflyatsiya darajasining pasayishiga olib keladi.
Valyuta va depozit siyosati. Markaziy bank valyuta siyosatining asosiy maqsadi milliy valyuta kursining xorijiy mamlakatlar valyutasi kursiga bo’lgan nisbatining barqarorligini ta‘minlashga qaratilgan. Markaziy bank o’zining vakolati doirasida hukumat bilan hamkorlikda davlatning valyuta munosabatlari bo’yicha siyosatining asosiy yo’nalishlarini belgilaydi. Mamlakatda valyuta siyosatining joriy va kelgusi davrdagi holati yuzasidan rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi. Bularning ichida eng asosiylari sifatida mamlakatning to’lov balansi, hukumatning valyuta munosabatlari bo’yicha ichki va tashqi pul – kredit siyosati va milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlashning tartibini ta‘kidlash mumkin.
Markaziy bank depozit siyosati orqali mamlakat resurs bozori, tijorat banklari depozit siyosati va depozit operatsiyalari holatiga ta‘sir ko’rsatadi. Odatda tijorat banklari depozit siyosatini ishlab chiqish, depozit siyosatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha asosiy mezonlarni aniqlab beradi. Bundan tashqari, Markaziy bank qayta moliyalash stavkalarini o’zgartirish orqali depozitlarning ko’payshi va qisqarishiga ta‘sir qilishi mumkin. Umuman olganda Markaziy bank o’zining valyuta va depozit siyosatiga orqali muomaladagi pul massasi hajmiga ta‘sir ko’rsatadi.

XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashda milliy valyutaga salbiy ta’sir qiluvchi omillarni cheklash zarur. Bu borada inflyatsiyon targetlash rejimini to’g’ri tashkil etish ko’zda tutilmagan holatlarga tayyor turish lozim.
Jami pul massasi ustidan samarali nazoratni amalga oshirish maqsadida pul agregatlarining zamonaviy usullari amaliyotga joriy qilish zarur.
Pul aylnamasini to’gri tashkil etish joyiz, qanchalik naqd pulsiz hisob-kitoblar shakllari tizimidagi kamchiliklarni bartaraf etsak shunchalik tizim yaxshi ishlaydi. Naqd pul massasini kamaytirish orqali milliy valyuta massasini aylanish jarayonini tartibga sola alamiz. Harakatsiz turgan pullar jamiyatimiz pul tizimiga o’z tasirini ko’rsatib pul massasining oshishiga olib keladi bu esa o’z-o’zidan inflyatsiyaning darajasi oshishiga olib keladi.
Bu borada inflyatsiyon targetlash rejimining 2024 yil yakuniga ko’ra inflyatsiya darajasini bir xonalik songa, ya’ni: 5 foizga yaqinlashtirishimiz lozim yoki 5 foiz va 8 foiz karidor oralig’ida ushlashimiz lozim shu orqali pulning massasiga va milliy valyuta kursiga ta’sir o’tkaza olamiz.
Valyuta kursi shakllanishida tamomila yangi yondashuvdan foydalanishimiz, o‘z navbatida, Markaziy bankning asosiy e’tiborini ichki bozordagi narxlar barqarorligiga qaratish asnosida pul-kredit siyosatini takomillashtirish imkoniyatini beradi.
Ayni vaqtda valyuta bozorini liberallashtirish borasidagi islohotlarning muvafaqqiyatli amalga oshirilishi ko‘p jihatdan pul-kredit siyosatini takomillashtirish, tijorat banklari faoliyatini mustahkamlash hamda bank tizimini rivojlantirish choralari samaradorligi bilan chambarchas bog‘liq.
Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta bozorini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni e’lon qilinishidan ko‘p o‘tmay O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul-kredit siyosatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi va Pul-kredit siyosatini 2017-2021 yillarda rivojlantirish va inflyatsion targetlash rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar Kompleksi tasdiqlandi.
Bu boradagi keyingi muhim qadamlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmonining qabul qilinishi bo‘ldi.
Mazkur farmonda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi Markaziy bankning bosh maqsadi etib belgilanib, Markaziy bankning mustaqilligi va institutsional rivojlanishini ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar nazarda tutilgan.
Qayd etish lozimki, iqtisodiy siyosatni amalga oshirish yondashuvlarining qayta ko‘rib chiqilishi davrida shakllanayotgan yangi voqeliklarda pul-kredit sohasidagi o‘zgarishlarning aholi va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan to‘g‘ri qabul qilinishi va qo‘llab-quvvatlanishi muhim ahamiyat kasb etadi.


Download 52.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling