Kirish milliy valyuta va uning iqtisodiyotda tutgan o’rni Milliy valyuta muomalasining tarkibi va pul aylanmasidagi ulushi Milliy valyuta barqarorligiga ta’sir


shundan: Milliy valyutadagi boshqa depozitlar


Download 52.42 Kb.
bet5/8
Sana17.06.2023
Hajmi52.42 Kb.
#1523751
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Milliy valyuta barqarorligi va unga ta’sir qiluvchi omillar

shundan:

Milliy valyutadagi boshqa depozitlar

Muomaladagi
naqd pullar
(M0)


Milliy valyutagadi talab qilib olinguncha depozitlar

1

2=3+8

3=4+7

4=5+6

5

6

7

8

























01.01.2019

83 566

58 297

38 593

22 164

16 429

19 704

25 269

01.01.2020

95 167

66 687

42 670

24 246

18 424

24 017

28 480

01.01.2021

112 012

77 506

50 330

24 920

25 410

27 176

34 506

01.01.2022

145 255

99 890

62 199

28 657

33 542

37 691

45 365

01.01.2023

189 085

138 832

84 046

42 206

41 840

54 786

50 253

Jadval ma’lumotlari shuni ko’rsatmoqdaki, jami pulning massasi oxirgi besh yil ichida 44,2 % ga oshganligini guvohi bo’yapmiz. Naqd pullarning miqdori esa 22 164 mlrd so’mdan 42 206 mlrd so’mga yetgan ya’ni: 52,5 foizga oshgan. Lekin jami pulning massiga nisbatan 2019 yil 1 yanvar holatiga 26,5 foizni tashkil etgan bo’lsa 2023 yii 1 yanvar holatiga 22,5 foizga tushgan. Bu o’z navbatida naqd pulning massasini kamaytirishga erishilganidan dalolat beradi.


  1. Milliy valyuta barqarorligiga ta’sir etuvchi omillar

Amaldagi valyuta siyosati doirasida valyuta kursining dinamikasi chet el valyutasiga bo‘lgan talab va taklif nisbatiga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillar hisobiga shakllanadi
Valyuta kursiga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki omillarga mamlakatda amalga oshirilayotgan pul-kredit siyosati, aholi va tadbirkorlarning valyuta kursi o‘zgarishi va inflatsiya bo‘yicha kutilmalari kiradi. Xususan, Markaziy bank tegishli pul-kredit siyosatini amalga oshirish orqali pul massasi yuqori sur’atlarda o‘sishining oldini olish hamda milliy valyutadagi aktivlarning jozibadorligini oshirish yo‘li bilan chet el valyutasiga bo‘lgan talab va taklif darajasiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunda amaldagi qayta moliyalash stavkasi bo‘yicha bank tizimiga likvidlilik berish yoki uni jalb qilish, tijorat banklari uchun majburiy rezerv talablarini o‘zgartirish va boshqa choralarni qo‘llagan holda pul-kredit siyosati instrumentlaridan faol foydalaniladi.
Monetar siyosat, shu jumladan, valyuta kursi siyosatining shaffofligini ta’minlash hamda aholining bu siyosatlardan kutayotgan o‘zgarishlarni o‘rganish maqsadida Markaziy bank jamoatchilik bilan aloqalarni takomillashtirishga alohida e’tibor qaratadi. Ushbu maqsadlarga erishish uchun davriy ravishda pul-kredit sohasida amalga oshirilayotgan va rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarni tavsiflovchi tahliliy ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida yoritib boriladi.
Xorijiy valyutaga bo‘lgan talab va taklifga hamda valyuta kursi o‘zgarishiga ta’sir etuvchi tashqi omillarga O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari bo‘lgan mamlakatlardagi iqtisodiy vaziyat va ularda amalga oshirilayotgan pul-kredit, shu jumladan kurs siyosati, tashqi bozorlardagi kon’yunktura hamda respublikaga jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalar va kreditlar, tashqi qarzning qaytarilishi borasida bo‘layotgan o‘zgarishlar va ularning dinamikasi kiradi. Ushbu omillarning barchasi mamlakat to‘lov balansiga, ya’ni respublikaga valyuta mablag‘larining kirib kelishi va undan chiqib ketishi hajmlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Valyuta kursining bozor mexanizmlari asosida shakllanishi va uning tashqi iqtisodiy sharoitlarga mos ravishda o‘zgarib borish xorijiy valyutaga bo‘lgan talab va taklifni muvozanatlashtirish imkonini beradi. Boshqacha qilib aytganda, aynan bozor mexanizmlari asosida shakllanadigan valyuta kursi tashqi sharoitlar o‘zgarishiga tez moslashish va uning salbiy oqibatlarini minimallashtirish orqali “avtomatik stabilizator” funksiyasini bajaradi.
Tashqi omillarning ta’siri kuchaygan sharoitda ayirboshlash kursini barqarorlashtirish bo‘yicha pul-kredit siyosati imkoniyatlarining cheklanganligini inobatga olgan holda Markaziy bankning asosiy e’tibori valyuta kursi o‘zgarishlarining salbiy oqibatlarini yumshatishga, ya’ni ichki narxlar oshishining oldini olishga qaratiladi.
Xususan, devalvatsiya jarayonlari yuzaga kelganda Markaziy bankning foiz siyosati monetar omillarning inflatsiyaga ta’sirini kamaytirish, so‘mning xarid qobiliyatini saqlab qolish va milliy valyutadagi moliyaviy aktivlarning (aholi va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning jamg‘armalari) qadrsizlanishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratiladi.

Download 52.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling