Kirish Mirzachoʻl


Viloyat xo‘jaligining hududiy tarkibi


Download 46.07 Kb.
bet9/11
Sana23.04.2023
Hajmi46.07 Kb.
#1390017
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni

Viloyat xo‘jaligining hududiy tarkibi. Viloyat tabiiy sharoiti, agroiqlim va mineral xom ashyo resurslarining hududiy xususiyatlari bu yerda 2 ta asosiy tabiiy - xo‘jalik rayonlarining shakllanishiga olib kelgan. Birinchisi yoki Yuqori rayon tog‘ va tog‘ oldi hududlarda joylashgan Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Forish, Jizzax va Yangiobod tumanlarini o‘z tarkibiga oladi. Rayon viloyat umumiy maydonining 87,8 foizi va aholisining 3/4 qismiga yaqinini o‘zida mujassamlashtiradi. Bu hududda lalmikor dehqonchilik, xususan, bug‘doy yetishtirish, shuningdek, bog‘dorchilik, asalarichilik, kartoshka, jun va sut-go‘sht chorvachiligi, rekreatsiya va turizm rivojlangan. Rayon mintaqa yalpi sanoat va qishloq ho‘jalik mahsulotining yarmidan ortig‘ini taʼminlaydi. Bu yerda viloyat markazi - katta shahar va sanoat markazi Jizzax shahri joylashgan.
Ikkinchi - Quyi rayon asosan pasttekisliklarda joylashgan, yangi yerlarni o‘zlashtirish negizida tashkil topgan Arnasoy, Do‘stlik, Zarbdor, Zafarobod, Mirzacho‘l va Paxtakor qishloq tumanlaridan iborat. Rayon viloyatning paxtachilikka ixtisoslashgan hududi hisoblanadi. Shuningdek, bu yerda sabzavotchilik va poliz mahsulotlarini yetishtirish ham yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Quyi rayonda viloyat umumiy maydonining 12,2 va aholisining 26,7 foizi joylashgan. U mintaqa sanoat ishlab chiqarishining 43,8 va qishloq xo‘jaligi mahsulotining 44,9 foizini beradi.
Keltirilgan maʼlumotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, viloyatda sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha Do‘stlik, Zafarobod, Paxtakor tumanlari yuqori, Yangiobod, G‘allaorol, Mirzacho‘l tumanlarining ko‘rsatkichlari esa, past darajada. XIM ishlab chiqarish Jizzax shahri va Do‘stlikdan tashqari barcha tumanlarda viloyat darajasidan kamligini ko‘rish mumkin. Aholiga pullik xizmat ko‘rsatishda Do‘stlik, Jizzax, Mirzacho‘l tumanlari biroz yuqori bo‘lsa, Yangiobod tumanining ulushi ancha oz. Qolgan tumanlar iqtisodiy salohiyati uncha yuqori emas.
Kelajakda Jizzax viloyatining rivojlanish strategiyasi turli xil omillar asosida amalga oshiriladi. Bu borada viloyatning mavjud tabiiy – resurs salohiyatidan keng foydalanish, iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishini boyitish va zamonaviylashtirish, “Jizzax” maxsus industrial zonasini barpo etish muhim ahamiyat kasb etadi. Viloyatda mehnat resurslari ko‘p, shu bois, bu yerda mehnatni ko‘p talab qiluvchi oziq-ovqat va yengil sanoatni rivojlantirish imkoniyatlari katta.
Shuningdek, Jizzax viloyatining qulay iqtisodiy va transport iqtisodiy geografik o‘rnini ham taʼkidlash joiz. U respublikamizning Markaziy va Zarafshon mintaqalarini bog‘lovchi xalqa va o‘ziga xos o‘sish qutbi yoki qutbiylashgan landshaft sifatida ham rivojlanishi mumkin. Binobarin, viloyatning hududiy siyosati ko‘proq shu tumanlarga qaratilishi lozim. Ayniqsa Arnasoy, Baxmal, Zomin, Forish, Yangiobod qishloq tumanlarida investitsiya muhitini yaxshilash, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarni jadal rivojlantirish talab etiladi.



Download 46.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling