Kirish Mirzachoʻl


Download 46.07 Kb.
bet3/11
Sana23.04.2023
Hajmi46.07 Kb.
#1390017
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni

Mirzacho‘l iqtisodiy geografik rayoni mamlakatda yetishtiriladigan paxta yalpi hosilining 1/4 qismini beradi. Rayonda agrosanoat majmuyi yuksak darajada rivojlangan. Jami ekin maydonining salkam 45 foiziga paxta, deyarli shuncha maydonga donli ekinlar ekilmoqda. Polizchilik yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Mirzacho‘l qovunlari O‘zbekistondan tashqarida ham mashhurdir.

Chorvachilikda qorako‘l qo‘ylarining salmog‘i katta. Qorako‘l qo‘ylari rayonning shimoli g‘arbidagi cho‘l yaylovlarida boqiladi. Chorvachilikning yanada rivojlanishi yem-xashak ekinlari, ayniqsa, beda va makkajo‘xori maydonining kengayishiga bog‘liq. Donli ekinlar yetish tiriladigan joylarda parrandachilik rivojlangan.

Endilikda rayonda sanoat ham tez sur’at bilan rivojlana boshladi. Elektroenergetika, qurilish materiallari, yengil, oziq-ovqat sanoatlari rivoj- landi. Sirdaryo IESning elektr quvvati iqtisodiy geografik rayondan tashqariga ham chiqarilmoqda. 

Transporti. Avtomobil transporti yuksak darajada rivojlangan. Avtomobil yo‘llarining yalpi uzunligi 12 ming km dan oshadi, shundan deyarli 10 ming km qattiq qoplamali yo‘llardir. Katta O‘zbek Traktining iqtisodiy geografik rayon hududidan o‘tishi uning rivojlanishiga sezilarli ta’sir etadi. Temiryo‘l hudud bo‘ylab uchburchak shaklida qurilgan. Uchburchakning Jizzax, Sirdaryo va Xovos uchlaridan yo‘llar boshqa viloyatlarga taralib ketgan. Hudud bo‘ylab magistral gaz quvurlari kesib o‘tgan. Yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hududni tekis qoplagan Havo transporti Jizzax aeroporti orqali rayonni boshqa rayonlarga bog‘laydi.


Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni o‘tgan asrning 80-yillarida Jizzax hamda Sirdaryo viloyatlari negizida tashkil topgan. Uning maydoni 25,4 ming kv. km. bo‘lib, respublika hududining 5,7 foiziga tengdir. Maydoni bo‘yicha bu ikki maʼmuriy hudud bir-biridan keskin farq qiladi: Jizzax viloyatining maydoni 21,2 ming kv. km. bo‘lib, Sirdaryonikidan deyarli 5 marta katta.
Iqtisodiy rayon aholisi 1990,5 ming kishi yoki O‘zbekiston aholisining 6,5 foiziga yaqini shu hududda yashaydi. Maydoni bo‘yicha ham, demografik salohiyati bo‘yicha ham Sirdaryo viloyati mamlakatimizda eng kichik hisoblanadi. Bu yerda rayon hosil qiluvchi asos sifatida yangi yerlarni o‘zlashtirish xizmat qilgan. Binobarin, hududiy mehnat taqsimotida Mirzacho‘l respublikamizda eng avvalo o‘zining agrosanoat majmuasi bilan ajralib turadi. Rayon xo‘jaligi paxta, poliz ekinlarini yetishtirishga, g‘allachilikka ixtisoslashgan. Uning hissasiga O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotining 4,1 foizi, sanoat ishlab chiqarishining 3,7 % va qishloq xo‘jalik mahsulotining 8,9 foizi to‘g‘ri keladi. Umuman olganda, Mirzacho‘l endi shakllanayotgan, hududiy ishlab chiqarish majmuasi to‘liq siklga ega bo‘lmagan iqtisodiy makon hisoblanadi.
Hududi ham aniq chegaraga ega emas (odatda, har qanday geografik chegara maʼlum maʼnoda shartlidar); agar Sirdaryo tumani Toshkent viloyatining davomidek tuyulsa, Jizzax viloyatining Baxmal, G‘allaorol va, xatto Jizzax shaxrining o‘zi ham ancha Samarqandga “o‘xshash”. Biroq, qo‘shni hududlardan farq qilib, Mirzacho‘l iqtisodiy rayoni tabiiy resurslarga, xususan foydali qazilmalarga uncha boy emas. Bunga uning geologik o‘tmishi, yer usti ham o‘z taʼsirini ko‘rsatgan.
Rayonning kuchli tomonlari uning nisbatan qulay iqtisodiy geografik o‘rni, mehnat resurslari, infratuzilma hamda qurilish va elektr energiya baʼzasining mavjudligida namoyon bo‘ladi. Zaif tomonlari esa qazilma resurslarining ozligi, iqtisodiy “zanjirining” to‘liqsizligi, qayta ishlash sanoatining rivojlanmaganligidir. Boshqacha qilib aytganda, Mirzacho‘l Toshkent va Zarafshon iqtisodiy rayonlari o‘rtasida o‘ziga xos “vakuum” hisoblanadi. Ayni vaqtda, rayon o‘zining bunday oraliq geografik mavqesidan ham foydalanishi mumkin.

Download 46.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling