Kirish Monetar ekspansiyasi Uning qisqa muddatdagi ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari Pul agregatlari va pul multiplikatoriga ta`sir etuvchi omillarning korrelyatsion-regression


Rossiyada pul agregatlarining tarkibi


Download 27.83 Kb.
bet5/6
Sana27.01.2023
Hajmi27.83 Kb.
#1130853
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kirish Monetar ekspansiyasi Uning qisqa muddatdagi ijtimoiy-iqti

Rossiyada pul agregatlarining tarkibi

3-jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, Rossiyada to’rtta pul agregatidan pul massasini miqdoriy o’lchashda foydalanilmoqda.




2-rasm. Rossiya M0 va M2 pul agregatlari miqdori, mlrd.rubl
2-rasm ma’lumotlaridan ko’rinadiki, Rossiyada 2014-2016 yillarda M2 pul agregati miqdorining o’sish tendentsiyasi kuzatilgan. Ammo, o’sish sur’ati yuqori bo’lmagan. Bu esa, pullar taklifini tartibga solish nuqtai-nazaridan ijobiy holat hisoblanadi.
2-rasm ma’lumotlaridan ko’rinadiki, Rossiyada 2015 yilda naqd pullar miqdorini 2014 yilga nisbatan kamayishi kuzatilgan. Ammo, naqd pullarning M2 pul agregatidagi tarkibidagi salmog’i 2016 yilda yuqoriligicha qolgan.

4-jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, 2015-2017 yillarda O’zbekistonda M0 va M2 pul agregatlari miqdorining o’sish tendentsiyasi kuzatilgan. Ayniqsa, 2017 yilda M0 va M2 pul agregatlari miqdorining 2016 yilga nisbatan o’sish sura’ti yuqori bo’lgan. Bu esa, 2017 yil 5 sentyabrda, valyuta siyosatini liberallashtirish munosabati bilan, milily valyutaning AQSh dollariga nisbatan keskin qadrsizlanishi natijasida xorijiy valyutadagi depozitlarning mso’mdagi qiymatini oshib ketganligi bilan izohlanadi. 2017 yilning 1 yanvar holatiga ko’ra, xorijiy valyutadagi depozitlarning so’mdagi qiymati 8758 mlrd. so’mni tashkil etgan bo’lsa, ushbu qiymat 2018 yilning 1 yanvar holatiga kelib, 25699 mlrd. so’mni tashkil etdi.


4-jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, tahlil qilingan davr mobaynida naqd pullarning M2 pul agregati tarkibidagi salmog’i nisbatan yuqori bo’lgan. Bu esa, naqd pulsiz hisob-kitoblarni takomillashtirishda muammolarning mavjudligidan dalolat beradi.

4. Pul multiplikatori (kredit multiplikatori va bank multiplikatori) o’rtasidagi nisbat
Pullar markaziy emissiya banki faoliyati natijasida yaratiladi. Pullarni yaratish jarayoni ikki bosqichdan iborat bo’ladi. Birinchi bosqichda markaziy emissiya banki asosiy yo’nalishlar bo’yicha, shu jumladan, hukumatga, tijorat banklari, chet mamlakatlar, alohida korxonalarga bevosita kreditlarni berish yo’li bilan (agar amaldagi qonunlarda shunday tartib nazarda tutilgan bo’lsa), shuningdek, rasmiy oltin va valyuta zaxiralarini ko’paytirish orqali o’z aktivlarini ko’paytiradi. Shuningdek, markaziy emissiya banki aktivlarining ko’paytirilishi ayni bir vaqtda uning passivlarining ham tegishlicha o’sishini anglatadi, ya’ni pul bazasining tashkil etilishiga olib keladi. Pul bazasi muomaladagi naqd pullardan, shuningdek, tijorat banklarining mamlakat Markaziy bankidagi majburiy va majburiy bo’lmagan (ixtiyoriy va ortiqcha) zaxiralaridan iborat bo’ladi.
Ikkinchi bosqichda tijorat banklari o’z mijozlari – korxonalar, tashkilotlar, aholini kreditlash uchun markaziy emissiya bankidan olgan kreditlardan foydalanadiki, bu pul massasining yaratilishiga olib keladi. Pul massasi tijorat banklari tizimidagi pul bazasining oshishi natijasida vujudga keladi va muomaladagi naqd pullardan va mijozlar hisobvaraqlaridagi pullar qoldiqlaridan iborat bo’ladi. Pul massasi bilan pul bazasi o’rtasidagi nisbat pul multiplikatori deb ataladi. Tijorat banklarining o’z mijozlariga beradigan kreditlari bilan Markaziy bankning tijorat banklariga beradigan kreditlari o’rtasidagi nisbat kredit multiplikatori deb ataladi.Muomaladagi pullar miqdorining o’sishi to’laligicha Markaziy bankning kredit emissiyasi bilan oldindan belgilanadi va har qanday yo’nalish bo’yicha muqarrar tarzda pul bazasining o’sishiga va multiplikatorning ta’sirida pul massasining ko’payishiga olib keladi. Pul massasining ko’payishi o’z navbatida inflyatsiya sur’atlariga ham ta’sir ko’rsatadi. Odatda, banklar tomonidan berilgan kreditlar to’xtovsiz harakatda bo’lib, kredit multiplikatsiyasini tashkil etadi. Kredit multiplikatsiyasi orqali muomaladagi pul oqimi ko’payadi. Bugungi kunda respublikamizda iqtisodiyotni rivojlantirishga yo’naltirilayotgan bank kreditlari hajmining oshishi, bank kreditlaridan foydalanayotgan turli mulkchilik va xo’jalik yuritish shaklidagi mijozlar miqdori ko’payishi va banklar tomonidan berilayotgan kreditlarni oqilona joylashtirish va ular samaradorligini oshirish, berilgan kreditlar hamda ular bo’yicha hisoblangan foizlarni o’z vaqtida undirib olishni ta’minlash Markaziy bank tomonidan tijorat banklari kredit portfeli ustidan doimiy nazorat olib borish zarurligini talab etmoqda. Bank multiplikatori – pullarning tijorat banklararo harakati davrida tijorat banklarining depozit hisobvaraqlaridagi pullarning ko’payishi jarayonidan iborat. Pul massasining ko’paytirishning ushbu mexanizmi faqat ikki pog’onali bank tizimi (markaziy va tijorat banklari) amal qiladigan va to’liq faoliyat yuritadigan sharoitda ishlashi mumkin. Bank multiplikatori mexanizmining amal qilishi jarayonida banklar mijozlarining hisobvaraqlarida pul mablag’larining to’planishi yuz beradi. Ushbu mexanizmning amal qilishi intensivligini hisob-kitob qilish uchun bank multiplikatori koeffitsientini hisoblash formulasi qo’llaniladi:
1–R x 100% bunda: R – Markaziy bank belgilab qo’ygan majburiy zaxiralash normasi.
Bank multiplikatori mexanizmi quyidagi usulda faoliyat yuritadi: Markaziy bank qandaydir tijorat bankiga 100 birlik miqdorda kredit beradi va o’z navbatida ushbu tijorat banki o’zining mijoziga ham xuddi shu birlikda kredit beradi. Mijoz ushbu 100 birlikdan iborat kreditdan o’z majburiyatlarini to’lash uchun foydalanadi. Pul mablag’lari boshqa iqtisodiy sub’ektga borib tushadi va u bu mablag’larni o’zining tijorat bankidagi depozitli hisobvarag’ida joylashtiradi. Bankning ikkinchi mijozining hisobvarag’ida 100 birlik mavjud bo’ldi. Bank ushbu summadan majburiy zaxiralash fondiga muayyan foizni ajratadi. Bankda, masalan, erkin mablag’larning 85 ta birligi qoladi va bank ushbu mablag’larni yana kreditga beradi. Bu operatsiya faqat shunday farq bilan takrorlanadiki, to’rtinchi mijozning hisobvarag’ida endi 85 ta birlik mavjud bo’ladi. Bunday operatsiya muayyan muddat davomida takrorlanadi va natijada mijozlarning banklardagi hisobvaraqlarida Markaziy bank birinchi marta bergan 100 ta birlikdan oshadigan summa (100+85+ va hokazo) paydo bo’ladi. Shunday qilib, mazkur mexanizm iqtisodiyotga taqdim etilgan pul massasini muayyan summagacha naqd pulsiz shaklda ko’paytirishga imkon beradi, ushbu holatda belgilab qo’yilgan majburiy zaxiralash normasi qanchalik yuqori bo’lsa, kreditning aylanishi shunchalik tez tugaydi va bu mexanizmning amal qilishi natijasida qo’shimcha ravishda iqtisodiyotda shunchalik kam miqdordagi pullar paydo bo’ladi.


Xulosa
Iqtisodiy siyosat olib borishga javobgar boʻlgan shaxslar duch keladigan ikkita eng muhim amaliy muammo mavjud. Bular – iqtisodiyot uchun pul-kredit siyosatining natijalari paydo boʻlishining kechikishi va monetar siyosat ta’sir koʻrsatadigan kanallarning noaniqligi; Oʻzbekiston iqtisodiyotida pul massasi va inflyatsiya oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlikning mustahkam emasligi, shu bilan birga iqtisodiy oʻsish sur’atlariga qandaydir yaqqol ta’siri koʻrinmayotganligi, inflyatsiyaga ta’sir etuvchi monetar omillarning ta’tqiqot obyekti sifatidagi ahamiyatini kamaytirmoqda. Mamlakatimizda bank ishining institutsional asoslarining kuchsizligi, moliyaviy bozorlarning yetarli darajada rivojlanmaganligi va umuman aytganda, bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarga qaramay moliyaviy resurslarni oqilona taqsimlash amaliyotidagi yechimini kutayotgan kamchiliklarning hali- hamon toʻplanib qolayotganligi pul-kredit siyosatining bilvosita instrumentlaridan samarali foydalanishga toʻsqinlik qilmoqda.Bank multiplikatori mexanizmi quyidagi usulda faoliyat yuritadi: Markaziy bank qandaydir tijorat bankiga 100 birlik miqdorda kredit beradi va o’z navbatida ushbu tijorat banki o’zining mijoziga ham xuddi shu birlikda kredit beradi. Mijoz ushbu 100 birlikdan iborat kreditdan o’z majburiyatlarini to’lash uchun foydalanadi. Pul mablag’lari boshqa iqtisodiy sub’ektga borib tushadi va u bu mablag’larni o’zining tijorat bankidagi depozitli hisobvarag’ida joylashtiradi. Bankning ikkinchi mijozining hisobvarag’ida 100 birlik mavjud bo’ldi. Bank ushbu summadan majburiy zaxiralash fondiga muayyan foizni ajratadi. Bankda, masalan, erkin mablag’larning 85 ta birligi qoladi va bank ushbu mablag’larni yana kreditga beradi. Bu operatsiya faqat shunday farq bilan takrorlanadiki, to’rtinchi mijozning hisobvarag’ida endi 85 ta birlik mavjud bo’ladi. Bunday operatsiya muayyan muddat davomida takrorlanadi va natijada mijozlarning banklardagi hisobvaraqlarida Markaziy bank birinchi marta bergan 100 ta birlikdan oshadigan summa (100+85+ va hokazo) paydo bo’ladi.


Download 27.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling