Kirish Monetar ekspansiyasi Uning qisqa muddatdagi ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari Pul agregatlari va pul multiplikatoriga ta`sir etuvchi omillarning korrelyatsion-regression


Pul agregatlari va multiplikatori xorijiy davlatlar tajribasi


Download 27.83 Kb.
bet4/6
Sana27.01.2023
Hajmi27.83 Kb.
#1130853
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kirish Monetar ekspansiyasi Uning qisqa muddatdagi ijtimoiy-iqti

Pul agregatlari va multiplikatori xorijiy davlatlar tajribasi

Pul agregatlari - bu pul massasini miqdoriy jihatdan o’lchashda qo’llaniladigan ko’rsatkichlardir. Pul agregatlarini qo’llashda har bir mamlakat pul bozori instrumentlarining va pul aylanmasining o’ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi. Chunonchi, AQShda to’rtta, Buyuk Britaniyada beshta, Shveytsariyada uchta pul agregati qo’llaniladi.


Markaziy bank tomonidan nazorat ob’ekti sifatida pul agregatini tanlashda uninng tarkibidagi o’zgarishlarni hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, iqtisodchi olimlarning fikriga ko’ra, AQSh FZT tomonidan XX asrning 90-yillarida monetar siyosatning indikatori sifatida M1 pul agregatidan foydalanilganligi muomaladagi naqd pul miqdorining ko’payganligi bilan izohlanadi: “AQShda naqd pullarning pul sifatida va M1 pul agregatining komponenti sifatidagi ahamiyati oshdi. Masalan, 1973 yilda AQShda odam boshiga 325 dollar miqdorida naqd pul to’g’ri kelgan bo’lsa, 1993 yilga kelib bu ko’rsatkich 1050 dollarga etdi. Naqd pullarning M1 pul agregatidagi salmog’i 1960 yilning oxiridagi 20,5 foizdan 1992 yilning so’ngida 30 foizdan yuqori darajaga etdi”.

AQShning Kolumbiya universitetining professori F.Mishkinning fikriga ko’ra, pul massasini baholashda pul massasining qisqa muddatli tebranishlari muhim emas, balki uning uzoq muddatli tebranishlarini tahlil qilish lozim. F.Mishkin o’zining ushbu xulosasini aniq ma’lumotlar tahlili asosida asoslab bergan.


2-jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, pul massasining o’sish sur’atlari bo’yicha oylar kesimida sezilarli farqlanishlar kuzatilgan bo’lsada, yillik o’lchamda farqlanish kuzatilmagan.



. AQShda M1 va M2 pul agregatlari miqdori,

mlrd. AQSh dollari
1-rasm ma’lumotlaridan ko’rinadiki, AQShda, 2012-2016 yillarda M1 va M2 pul agregatlari miqdorlarining o’sish tendentsiyasi kuzatilgan. Bu esa, 2008 yilda yuz bergan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozidan keyin jismoniy va yuridik shaxslarning tijorat banklaridagi depozitlari miqdorlarini oshib borayotganligi bilan izohlanadi. Tahlil qilingan davr mobaynida M1 pul agregatining M2 pul agregati tarkibidagi salmog’ining kichik bo’lganligi AQSh tijorat bankklarining depozit bazasining barqarorligidan dalolat beradi. Chunki, AQShda muddatli va jamg’arma depozitlari jami depozitlarning 6 foizdan ortiq qismini tashkil etadi.

3-jadval.




Download 27.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling