Kirish mustaqil ishi mavzusining dolzarbligi


Mustaqil ishining maqsadi


Download 43.45 Kb.
bet2/8
Sana18.06.2023
Hajmi43.45 Kb.
#1569688
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ishsizlikning kelib chiqish sabablari va namoyon bo\'lish shakllari

Mustaqil ishining maqsadi. Mustaqil ishining maqsadi ishsizlikning nima ekani
haqida tushunchaga ega bo’lish, uning iqtisodiy-ijtimoiy oqibatlari bilan tanishish,
va O’zbekistonda ishsizlik darajasi bilan tanishib, uning oldini olish istiqbollarini haqida fikr yuritish. Mazkur maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilab olindi:
-ishsizlik tushunchasining iqtisodiy mazmuni bilan tanishish
-ishsizlikning kelib chiqish sabablari va namoyon bo’lish shakllarini o’rganish
-ishsizlik natijasida kelib chiqadigan ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarni tahlil qilish
-O’zbekistonda ishsizlik darajasini pasaytirish va uni oldini olish istiqbollarini o’rganib , qanday qilib ishsizlikning oldini olish va aholining bandligini ta’minlash xususida so’z yuritish.
Mustaqil ishining predmeti. Mustaqil ishining predmeti bu ishsizlikning kelib chiqish sabalari va nayon bo’lish shakllarini tadqiq etish va unga qarshi kurash usllari bilan tanishib, O’zbekistonda ham ishsizlik darajasini pasaytirish xususida fikr yuritish.
Mustaqil ishining nazariy va uslubiy asoslari. Mustaqil ishining nazriy asoslari shundan iborat - ishsizlik tushunchasining iqtisodiy mazmuni bilan tanishish , ishsizlik darajasi va ishsizlik hamda inflatsiyaning o’zaro bir –biriga bo’g’liqligini o’rganish, Mustaqil ishining uslubiy asoslari esa , ishsizlikning kelib chiqish sabalari va namoyon bo’lish shhakllarini hayotiy tajribalar orqali tushuntirib berish, ishsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini to’g’risidagi amaliy ishlanmalar bilan tanishish hamda O’zbekistonda ishsizlikning darajasini pasaytirish va uning oldini olish istiqbollariga oid qonun hujjatlari yoki ilmiy-amaliy ishlanmalarni ko’rib chiqib xulosa chiqarishdan iborat.

Mustaqil ishining tuzilishi.Ushbu mustaqil ishi kirish, xulosa , va o’zaro bir biri bilan ma’zmunan bog’langan 4 ta rejadan iborat bo’lib, umumiy hajmda 22 betni tashkil qiladi.

1.Ishsizlik tushunchasining iqtisodiy mazmuni
Ishsizlik va unga bog’liq muammolar mehnat bozoridagi ijtimoiy – mehnat munosabatlarining asosiy mazmunini tashkil qiladi. Ishsizlik muammosini o’rganishdan asosiy maqsad aholining bandligini yaxshilash orqali mamlakat ishlab chiqarishini kengaytirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. Jamiyatdagi ishsizlik darajasini pasaytirish uchun qo’shimcha ishchi o’rinlarini yaratish, ularni ishga tushirish aholining tabiiy o’sishidan orqada qolmasligi kerak.
Iqtisodiy nuqtai nazardan ishsizlik deganda – ishchi kuchining ish-joyi bilan ta’minlanmaganligi va natijada, uning biron –bir qonuniy daromad manbaiga egabo’lmasligining muayyan (aniq) holati tushuniladi. Odatda jahon mamlakatlari ishsizlik tushunchasini BMT, Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT), iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish jamiyati talablariga ko’ra ishlab chiqishadi.
Xalqaro tashkilotlarning bergan ta’rifiga binoan “ishsizshaxslar” deganda –ishga ega bo’lmagan, ishlashga tayyor va ish izlayotgan fuqarolar tushuniladi. Mana shu asosiy shartlarga rioya qilgan holda, turli mamlakatlarda fuqaroni ishsiz shaxs deb e’tirof etish uchun qo’shimcha shartla rtalab qilinadi.
O’zbekistonning amaldagi qonunchiligiga ko’ra, “Ishsizlar–16 yoshdan to pensiya bilan ta’minlanish huquqini olishgacha bo’lgan yoshdagi, haq to’lanadigan ishga yoki daromad keltiradigan mashg’ulotga ega bo’lmagan, ish qidirayotgan va ish taklif etilsa, unga kirishishga tayyor bo’lgan yoxud kasbga tayyorlashdan, qayta tayyorlashdan o’tishga yoki malakasini oshirishga tayyor bo’lgan mehnatga layoqatli shaxslar (bundan ta’lim muassalarida ta’lim olayotganlar mustasno). Ushbu moddaning birinchi qismida ko’rsatilgan, ishga joylashishda ko’mak olish uchun mahalliy mehnat organlariga murojaat qilgan va ulartomonidan ish qidiruvchi sifatida ro’yxatga olingan shaxslar ishsiz deb e’tirof etiladi”.
Ishsiz shaxslar deb e’tirof etish uchun quyidagi to’rt shart mavjud bo’lishi lozim:

Download 43.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling