Kirish mustaqil ishi mavzusining dolzarbligi


Download 43.45 Kb.
bet1/8
Sana18.06.2023
Hajmi43.45 Kb.
#1569688
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ishsizlikning kelib chiqish sabablari va namoyon bo\'lish shakllari


Reja:
Kirish3
1.Ishsizlik tushunchasining iqtisodiy mazmuni
2.Ishsizlikning kelib chiqish sabalari va uning namoyon bo’lish shakllari
3.Ishsizlikning ijtimoiy iqtisodiy oqibatlari
4.O’zbekistonda ishsizlik darajasini pasaytirish va oldin iolish istiqbollari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


KIRISH
Mustaqil ishi mavzusining dolzarbligi. Jamiyat a’zolarining ehtiyojlari yuksalib borar ekan, ana shu ehtiyojlarni qondirishning yagona yo‘li iqtisodiy o‘sishdir. Iqtisodiy o‘sish tufayligina ijtimoiy taraqqiyotga erishiladi. Iqtisodiy o‘sish mamlakatning kuch-qudrati o‘sayotganini ko‘rsatadi. Mikroiqtisodiy o‘sish firma, korxona va ayrim sektor (tarmoq) miqyosidagi rivojlanishni ifoda etadi va ularda o‘sish yaratilgan tovarlar va xizmatlarning bozor narxida hisoblangan hajmiga qarab aniqlanadi. Mikroiqtisodiy miqyosda tadbirkorlar o‘z oldilariga iqtisodiy o‘sish orqali maksimal darajada foyda olishni qo‘yadilar. Makroiqtisodiy o‘sish milliy iqtisodiyot, ya’ni muayyan mamlakat miqyosidagi iqtisodiy taraqqiyotni ifoda etadi va yalpi milliy mahsulotning (YAMM) ko‘payishini bildiradi. Makroiqtisodiyotda iqtisodiy o‘sishga erishishning optimal maqsadi barcha aholini hayot kechirishini yaxshilash, turmush darajasini ko‘tarishdir. Ekstensiv iqtisodiy o‘sishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko‘payishi tufayli erishiladi. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi o‘zgarmay qoladi, chunki har bir ishlovchiga to‘g’ri keladigan mahsulot miqdori, ya’ni mehnat unumdorligi avvalgicha qoladi. Ekstensiv o‘sishning afzalligi shundaki, u iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning eng oson yo‘li. Bunda tabiiy resurslarni tezda o‘zlashtirish hamda nisbatan tez fursatda ishsizlikni qisqartirish mumkin. Iqtisodiy o‘sishning intensiv turi yanada progressivroq ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo‘llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek mavjud ishlab chiqarish potensialidan yaxshiroq foydalanish yo‘li bilan erishiladi. Real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda, alohida-alohida mavjud bo‘lmaydi, balki bir-biri bilan qo‘shilgan tarzda bo‘ladi. Birinchi Prezidentimiz Islom karimov istiqlolning ilk yillaridan odamlarning mulkdor bo’lishini kafolatlash , o’z aqli va salohiyati bilan mahsulot yarataman degan insonni qo’llab quvvatlash yo’lida kurashdi. Bunda, avvalo, bozor iqtisodiyotining asosi bo’lgan xususiy mulk ustuvorligini mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi, uni jadal amalga oshirish uchun qulay ishbilarmonlik muhiti yaratishga kirishildi . Davlatimiz rahbari Sh. Mirziyoyev Birinchi Prezidentimiz g’oyalarini izchil davom ettirish yo’lida yangi strategik vazifalarni kun tartibiga qo’ydi. Xalqimiz bugun izchil va barqaror rivojlanayotgan , erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini barpo etish yo’lini avvalo, o’zi va oilasi uchun yanada barqaror va to’kin hayotga erishishning mustahkam zaminini yaratish uchun ter to’kib harakat qilmoqda.

Download 43.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling