Kirish mustaqil ishi mavzusining dolzarbligi
Ish bilan ta’minlash davlat xizmatiga
Download 43.45 Kb.
|
ishsizlikning kelib chiqish sabablari va namoyon bo\'lish shakllari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Ish bilan ta’minlash davlat xizmatiga ishga joylashish masalasida ishidan ajralgan, birinchi marta ishsiz qolgan, shuningdek, uzoq tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini davom ettirish istagini bildirgan har bir fuqaro murojaat qilishi mumkin. Agar ish bilan ta’minlash xizmati 1 kun davomida uni ish bilan ta’min etmasa, 11-kuni ishsiz maqomini oladi. Ish bilan ta’minlash xizmatiga murojaat etgan dan keyin 10 kun davomida taklif qilingan ishdan ikki marta bosh tortgan shaxs ishlik maqomiga ega bo’lmaydi, ammo u 30 kalendar kundan so’ng, umumiy asosda ish qidiruvchi shaxs sifatida ish bilan ta’minlash xizmatida yangidan ro’yxatga olinadi. Agar biror shaxs mehnat birjasi hisobida turganda ilgarigi ixtisosi bo’yicha ishlash qobiliyatini yo’qotsa yoki zaruriy kasb malakasi bo’lmaganligi sababli munosib ish topolmagan bo’lsa, yohud ishsizning kasb malakasiga mos ish bo’lmaganligi munosabati bilan kasbni o’zgartirish zaruriyati tug’ilsa, ish bilan ta’minlash davlat xizmati uni kasb tayyorgarligidan o’tadigan, qayta tayyorlaydigan yoki boshqa kasbga o’qitadigan joyga yuboradi. Bu vaqtda unga stipendiya beriladi, o’qigan vaqti esa umumiy mehnat stajiga kiradi. Belgilangan taritbga ko’ra, ishsiz deb tan olingan shaxs ishsizlik nafaqasini oladi, bu ishini va ish haqini yo’qotgan yoki uzoq tanafusdan keyin o’z ishiga tiklanishga xarakat qilib yurganlar uchun 12 oylik davr mobaynida 26 kalendar haftasidan oshmasligi, ilgari ishlamagan yoki birinchit marta ish qidirayotgan shaxslar uchun 13 haftadan oshmasligi kerak. 16 yoshgacha bolasi yoki qaramog’ida boshqa boqimandalar bo’lgan ishsizlarga nafaqa miqdori 10 foiz ko’payadi. Ishsiz shaxs nafaqa olish davrida faol ravishda ish izlashi va kamida har ikki haftada bir marta ish bilan ta’minlash davlat xizmatiga uchrashib qo’yishi kerak. Uzrsiz sabablarga ko’ra, belgilangan muddatda ish bilan ta’minlash davlat xizmatiga kelmaganda, mehnat intizomini buzganligi uchun ishdan bo’shatilganda nafaqa berish 3 oygacha to’xtatib qo’yilishi yoki nafaqa miqdori qisqartirilishi mumkin. Korxona, muassasa, tashkil etilishi va shtatlar qisqartirilishi bilan bog’liq bo’lgan shaxslarni ishga joylash o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bunday shaxslar ishdan bo’shatilayotganligi to’g’risida ikki oy oldin shaxsan qo’l qo’ydirilib ma’muriyat tomonidan taqdim etiladi. Ma’muriyat xodimni ishdanbo’shayotganligi to’g’risida ogohlantirish bilan birga unga shu korxona, muassasa va tashkilotning o’zida boshqa ishni yozma ravishda taklif qilib ko’rishi kerak. Bu ham ishga joylashtirishning bir shakli bo’lib, farqi shundaki, bu vazifani ishga joylashtiruvchi organ emas, balki korxona, muassasa hal qiladi. Korxona faoliyatining tugatilishi munosabati bilan xodim ishsiz qolsa, ularni ish bilan ta’minlash majburiyati shu korxona, muassasa, tashkilotni tugatish haqida qaror qabul qilgan organ zimmasiga yoki yuqori organ zimmasiga tushadi. Korxona, muassasa, tashkilotning tugatilishi, qayta tashkil etilishi, shuningdek, shtatlarning qisqartirilishi bilan bog’liq xodimlar ishdan bo’shatilganda, birinchidan, o’rtacha bir oylik maoshi miqdorida pul beriladi, ikkinchidan, ish qidirish davrida o’rtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi, ammo bu davr ikki oydan oshmasligi kerak. Agar xodim ishdan bo’shatilgandan keyin o’n kun davomida ish bilan ta’minlash davlat xizmatida ish qidiruvchi sifatida ro’yxatdan o’tsa, unda u ilgarigi uchunchi o’rtacha oylikni olish huquqiga ega bo’ladi. Shtat qisqartirilishi, korxona, muassasa, tashkilotning tugatilishi va qayta tashkil etilishi munosabati bilan ishsiz qolgan xodimning umumiy mehnat staji pensiyaga chiqish imkoniyatini bersa, qonunda belgilangan muddatdan ikki yil avval pensiyaga chiqish huquqiga ega bo’ldilar.
Xulosa Olimlarning fikricha, bir yil ishsiz yurish umrning besh yilga qisqarishi bilan barobar ekan. Ishsizlik insonda ruhiy siniqlik, befarqlik, jinoyatga moyillik, jamiyatdan va atrofdagilardan sababsiz norozilik, oiladan sovish kabi zararli illatlarni paydo qiladi. Borgan sari ma’naviy qashshoqlashgan inson jamiyatning eng xavfli bo‘g‘iniga aylanadi. Mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning haq-huquqlarini himoya qilish, bandligini ta’minlash, bir so‘z bilan aytganda, ertangi kun avlodlarini yanada yaxshi yashashi yo‘lia samarali ishlar olib borilmoqda.Yurtimizda olib borilayotgan islohotlar zamirida avvalo, xalq farovonligini ta’minlash va inson erkinligini himoya qilish, kelajak avlodni jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk qilib tarbiyalash, yigit-qizlarning kasblar bo‘yicha bilim va mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning bandligini ta’minlash kabi oliy maqsad mujassam. Yoshlar ittifoqi ma’lumotiga ko‘ra, 3 mingdan ortiq ishsiz fuqaro tikuvchilik, to‘quvchilik, elektrik, payvandchilik, bo‘yoqchilik, suvoqchilik, kompyuter texnikasi operatori kabi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha kasblarga o‘qitildi. Shundan ming nafari milliy hunarmandchilikning gilam to‘qish, ganchkorlik, teridan, daraxtdan va temirdan badiiy mahsulotlar tayyorlash, milliy qandolatchilik yo‘nalishlari bo‘yicha “ustoz-shogird” usulida kasbga tayyorlandi. Ayni kunda yurtimizda yaratilayotgan ish o‘rinlarining qariyb 75 foizi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. O‘zbekiston Respublikasi – Firibgarlik, tovlamachilik, bezorilik kabi jinoyatlar, zo‘ravonlik va turli yot g‘oyalar bilan to‘qnash kelish – bularning barchasi bir ishning boshini tutmaslikdan kelib chiqadi, – deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqining bandlikka ko‘maklashish va ijtimoiy himoya bo‘limi bosh mutaxassisi Bunyod G‘ofurov. Mamlakatimizda aholining 60 foizini yoshlar tashkil etar ekan, ularning ilm olishi, kasbiy mahoratini oshirishi va bandligining ta’minlanishi dolzarb masala hisoblanadi. Xorijga ishlashga ketayotganyoshlar uchun xorijiy davlatlarning mehnat qonunchiligi va til o‘rgatish bo‘yicha 190 ta bepul to‘garak tashkil etildi. Asosiysi, mamlakatimizda yoshlar muammolarini, xususan, ishsizlik masalasini hal etishga jiddiy yondashilmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar Iqtisodiyot nazariyasi(B.X. Xodiyev , SH.SH.SHodmonov) Abdullaev Yo. «Bozor iqtisodiyoti asoslari». Toshkent: «Mehnat»-1997 yil. Abdurahmonov Q.H., Xolmo’ninov Sh.R. «Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi». Toshkent-2004 yil. Usmonov S.N, Dodoboev Yu.T. «Bozor iqtisodiyoti asoslari». Toshkent: «Fan»-1999 yil. O’zbekiston Respublikasi “Aholini ish bilan ta’minlash to’grisida”gi qonuni O’zbekiston Davlat Statistika Qo’mitasi Wikipideya ma’lumotlari Download 43.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling