Kirish Musulmon Uygonish davri va uning o‘ziga xos xususiyatlari. Musulmon Uyg’onish davrida islom va ilmning o‘zaro munosabati. Reja


Download 30.59 Kb.
bet1/2
Sana26.01.2023
Hajmi30.59 Kb.
#1128722
  1   2
Bog'liq
Kirish


Kirish
Musulmon Uygonish davri va uning o‘ziga xos xususiyatlari. Musulmon Uyg’onish davrida islom va ilmning o‘zaro munosabati.
Reja

  1. Musulmon Renessansi va uning vujudga kelishidagi tarixiy shart -sharoit.

  1. Fanda Daholik fenomeni.

  2. Milliy istiqlol g’oyasi va O‘rta Osiyo allomalarining ilmiy merosi.

  3. O‘rta Osiyodagi yirik ilmiy markazlar.

  4. O‘rta Osiyo lik allomalar ijodida ilmlar tasnifi.

  5. Diniy va dunyoviy ilmlarning rivojlanishi.

Sharq Uyg`onishi, Sharq Renessansi haqida gap ketganda turli soha olimlari-tarixchilar, adabiyotshunoslar, madaniyatshunoslar va san`atshunoslar bu masalaga befarq bo`lmaganlaridek, qarashlar ham asosan ikkiga bo`linadi. Uyg`onish atamasi (ital’yancha-frantsuzcha-Renaissans-Uyg`onish) ni dastavval shu madaniyat sohiblari-italyan gumanistlari ishlatganlar jumladan italiyalik yozuvchi J. Bakachcho bu atamani Djotto ijodiga qarata, «u antik san`atni uyg`otdi» deb birinchi bor ishlatgan edi. Butun bir davrni anglatuvchi tushuncha sifatida san`at tarixchisi J. Vazari (1511-1574 y.) tarafidan uning «Mashhur san`atkorlar hayotidan lavhalar» kitobida (1550) tilga olingan. Bu tushuncha birinchi paytda antik madaniyat an`analarini Italiyada «ming yillik yovvoyilikdan so`ng» tiklanishini anglatib, so`ngroq ilmiy tadqiqotlarda keng ishlatila boshlandi. Ya. Burxart Uyg`onish (Renessans) ni alohida tipdagi madaniyat deb baholadi. Masalaga qiziqish ortib, ilmiy izlanishlar ko`paya borgani sayin Uyg`onish tushunchasi, bu davr madaniyatining xronologik va geografik chegaralari, uni davrlashtirish xususida ziddiyatli, turlicha fikrlar bildirila boshlandi. Y. Xeyzing o`zining «o`rta asrchilikning kuz fasli» asarida Uyg`onish davri-o`rta asr madaniyatining intixo davri deb hisoblasa, boshqa olimlar Uyg`onish davri yangi davr madaniyatining boshlanishi deb sanaydilar. Ko`pchilik olimlar Evropa Uyg`onish klassik tarzda davrlashtirib u XIV-XVI asrlarga xos deb bilsalar, boshqalar Uyg`onish madaniyatini bir muncha ilgariroq XII asr – Karolinglar Renessansidan boshlab, Ispaniya, Italiya shimolidagi mamlakatlardagi (Shimoliy Uyg`onish) Uyg`onishni XVII asr bilan yakunlaydilar1.


1950 yillarning o`rtalaridan e`tiboran «Sharq» Uyg`onish davri masalasida jiddiy munozara bahs ketdi. Xitoy madaniyati tarixi tahlilida akademik N. Konrad Uyg`onish davrini qadimgi, o`rta asrlar singari insoniyat tsivilizatsiyasining barcha mintaqalariga xos umumbashariy hodisa deb qaraydi. Umumjahoniy jarayon hisoblagan Uyg`onish Sharqda (Xitoy) VI-VIII asrlarda boshlanib, g`arb sari siljigan va XIV asrda Evropa hodisasiga aylangan. Uyg`onishning bunday talqiniga qarshi bu hodisa turli mamlakatlarda mintaqaviy, ayrim ko`rinishlarda amal qilishi mumkin, lekin u umumjahoniy fenomen bo`lishi mumkin emas, deb hisoblovchilar ham bor. Uyg`onish davri Xitoyda (Konrad), Kuriyada (Ten), eron-Tojikistonda (Braginskiy, Nikitin), Hindistonda (TSelishev), Turkiyada (Mellov), Armanistonda (CHaloyan), Ozorboyjonda (Gajiev), Gruziyada (Nutsubidze, Natadze) kechkanligi haqida ayrim ma`lumotalar keltiriladi. Ayni choqda har ikki qarash tarafdorlarini Evropa Uyg`onish davrini mutlaqo betakror hodisa deb qarovchi mualliflar (A. Losev, M. Petrov) jiddiy tanqid qiladilar.
O`zbekistonda Sharq Uyg`onish davri masalasi mahalliy materiallarni umumlashtirgan holda etarli ishlanmagan. Markaziy Osiyo mintaqasidagi Uyg`onish haqida gap borganda IX-XII asrlar avvalo xorijiy madaniyat va qaror topgan islomiy eti`qodga nisbatan rivojlangan va boyigan qadimiy madaniyat negizida milliy Uyg`onish deb qaralmog`i lozim. Markaziy Osiy uzoq yillik tarixida ko`p bosqin va talonchiliklarni ko`rdi, ularga qarshi ozodlik va mustaqillik uchun kurash olib bordi. haqiqat shundaki, har bir bosqindan so`ng milliy davlatchilik va madaniyat tiklandi. Mustaqillikka intilish g`oyasi va harakati o`zga xalqlar tomonidan yaratilgan madaniyatlarni inkori emas. Markaziy Osiyo madaniyatida umuminsoniy ahamiyatga molik jamiki madaniyat yutuqlari ijodiy uyg`unlashganidek, ayni paytda mintaqa madaniyati boshqa xalqlar madaniyatlariga samarali ta`sir ko`rsatdi va ularni boyitdi.
Mavjud adabiyotlar va fikrlar tahlili asosida Markaziy Osiyodagi xalqlar Milliy madaniy Uyg`onishni uch davrga bo`lishi mumkin:

  1. IX-XII asrlar- arab bosqinidan keyingi davr.

  2. XIV-XV asrlar mo`g`ul istilosidan keyingi davr.

  3. XX asr boshi va hozirgi davr kolonial bosqin va Sovet davridan keyingi siyosiy, milliy, madaniy Uyg`onish.

Mustaqillik va milliy madaniyat Uyg`onish hodisalari mohiyatan, ichki jihatdan uzviy bog`liq bo`lib, bu xususda akad. M.M.Hayrullaev shunday yozadi: «Mustaqillik va Uyg`onish, Mustaqillik va yuksalish uzviy bog`liqdir, u bizdan aql-idrokni, bilimni, istedodu qobiliyatni, faollikni, kuch-g`ayratni talab etadi»2.
Markaziy Osiyoda Uyg`onish davri madaniyatining belgilari quyidagicha:

  • dunyoviy ilmlarga intilish, din va diniy bilimlarni jamiyat, insonlar manfaati nuqtai nazaridan talqin etish;

  • Turli xalqlarning ma`naviy-madaniy merosi o`tmish madaniy qadriyatlaridan (arab, eron, yunon madaniyati boyliklari) foydalanish;

  • Tabiatni, mavjud hayotni, mavjudotni o`rganishga qiziqishning kuchayishi, uning sirlarini ochishga va undan foydalanishga intilishning ortib borishi, shu munosabat bilan tabiatshunoslik ilmlarining rivojlanishi;

  • Bilishda aqlni mezon deb bilish, aqliy bilish, ratsionalistik usul, ilmiylik rolining oshib borishi;

  • Insonga muhabbat, uning axloqiy, aqliy xislatlarini, qobiliyatlarini o`rganish va fazilatlarini ochib berishga intilish, mantiq ilmiga katta e`tibor berish, komil insonni tarbiyalash, etuk fozil jamoa haqidagi fikrlarni asoslab berish;

  • Diniy tasavvur, diniy ta`limotlar rivojida diniy-axloqiy mavzuning ustunligi, inson hulqi, manfaatlarining diniy g`oyalarda etakchi mavzuga aylanishi, ichki ma`naviy kamolot, Ollohga sub`ektiv ichki mukammallashuv, ma`naviy-ruhiy ko`tarilish, yuksalish yordamida erishuv va uning sifatlariga muyassar bo`lishga qaratilgan faoliyat;

  • Og`zaki va yozma so`zga katta e`tibor, uning ijtimoiy-axloqiy qudratini kuylash, ta`riflash, she`riyat, filologiya, badiiy madaniyatning yuksak rivoji, so`z san`ati, ritorika bilan shug`ullanish madaniylikning muhim belgisiga aylanib qolishi3.

IX-XII asrlarda Markaziy Osiyo mintaqasida madaniyat yuksalishi parvoz bosqichga chiqqanligi to`g`risida gap borar ekan, ayni shu hudud jahonni hayratga solgan buyuk mutafakkirlarni etishtirib berganligi, ilm-ma`rifat, betakror kashfiyotlar beshigi- tarixda «Musulmon madaniyati», «arab madaniyati» deb nomlangan tushunchalar bilan baholangani bejiz emas. o`rta asr tarixchilari va sayyohlari ushbu davrda Markaziy Osiyoda iqtisod, savdo o`sganligi, ko`rkam shaharlar qad ko`targanligi, ilm-ma`rifat gurkirab rivojlanganligi haqida ma`lumot beradilar. Monumental me`morchilik, tasviriy san`at, musavvirlik va musiqa san`ati beqiyos darajada rivojlangan, kutubxonalar faoliyat ko`rsatgan4. O`sha paytda «Buxoroda baland tosh devorlar bilan o`ralgan saroylar, turli rasmlar bilan bezatilgan mehmonxonalar, mohirlik bilan barpo etilgan bog`lar, hiyobonlar, hovuzlar» mavjud bo`lganligi haqida manbalarda qayd etiladi. Abdul Vafo al Buzjoniy o`zining «Geometrik qoidalarning hunarmandlarga kerakli tomonlari haqida» asarida turli geometrik usullar yordamida har xil naqshlar, bino bezaklari yasash yo`llari, quruvchi ustalarning tajribalari, badiiy usullari haqida hikoya qiladi. Boshqa manba`larda bu davrdagi tasviriy va musvvurlik san`ati, hususan portret chizish haqida ma`lumotlar keltiradi5.
Arxeologik qazilmalar va qo`lyozma manba`lardan ma`lum bo`lishicha o`sha davrda musiqa va musiqashunoslik ham keng rivoj topgan va u matematika ilmining tarkibiy qismi sanalgan. Mazkur davrning buyuk olimi Abu Nasr Farobiy musiqaning nazariy asoslari, kuylar, asboblar, musiqa madaniyatining mezonlari, atamalari tahliliga bag`ishlangan «Katta musiqa» kitobining muallifidir. («Kitob al musiqi al Kabir»). o`rta asr musulmon sharqi musiqa nazariyasiga bag`ishlangan ushbu kitob 2 qism, 3 kitobdan iborat bo`lgan. Farobiy «Katta musiqa» dan tashqari «Musiqa haqida so`z», «Ritmlar tartibi haqida kitob», «Ritmga qo`shimcha qilinadigan siljishlar haqida» asarlarining ham muallifidir6.
Uyg`onish davri madaniyatining buyuk namoyondalari o`z ijod, izlanishlarida bevosita qadimgi madaniyat merosga tayandilar. Avvalgi ma`ruzada Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi yunonlar, rimliklar, mesopotamiyaliklar, hindistonliklar va xitoyliklarning madaniyati bilan yaqindan tanish bo`lganligi, bu tillarni yaxshi bilganliklarini qayd etgan edik. Yurtni xarobaga aylantirgan, madaniy yodgorliklarni xonavayron qilgan, ilm ahllarini quvg`in etgan (Ibn Kutayba) arab bosqiniga qaramay, qadimgi boy madaniyat izsiz yo`qolmadi. Islom butun madaniyatga, tilga, udum-an`analarga ma`lum darajada o`z ta`sirini o`tkazgan bo`lsada, uning mohiyati o`zgarmadi. Bu xalqimizga xos ezgulik, mehr-shafqat, insonparvarlik, hayr-muruvvat, oqkungillik, bag`rikenglik, ilmga tashnalik, o`zga xalqlarga ishonch ehtirom fazilatlaridir. Yunon, Hind, Xitoy madaniyatini juda yaxshi bilgan Markaziy Osiyoning ilm ahligina o`zga xalqlarni boshqalar madaniyati bilan yaqindan tanishtirishi mumkin edi. Shuning uchun ham mashhur matematik al-Xorazmiy hindlarning hisob tizimini, Farobiy Yunonistonlik Arastuning falsafiy ta`limotini, Ibn Sino Gippokrat tibbiyotini yangi davrda yangi bosqichga ko`tardi, imom al-Buxoriy islomiy ta`limotni asosladi Muhammad Payg`ambardan keyingi ikkinchi shahsga aylandi.
Uyg`onish davrida milliy madaniyatni yuksaltirishga e`tibor davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Mustaqillikni qo`lga kiritgan Somoniylar shajarasining birinchi hukmdorlari milliy madaniy qadriyatlarni barqaror etmasdan turib to`la davlat mustaqilligiga erishish mumkin emasligini angladilar. Jumladan, ona yurt madhi bu davrda shu darajaga ko`tariladiki, zardo`shtiylik eslanmay qoldi. Arab yozuvida badiiy ijodni ta`qiqlamagan holda, samoniylar oddiy xalq anglaydigan tilda yozgan mualliflarni to`la qo`llab-quvvatladilar. Somoniylar nafaqat adabiyot ahliga, barcha olimlarga homiylik ko`rsatib, Sheroz kutubxonasi bilan raqobat darajasida bo`lgan ulkan kutubxonani asosladilar. Ulug` alloma ibn Sinoning hotirlashicha, kutubxona ko`pxonali bo`lib, xonalarning birida arab kitoblari, she`rlari boshqasiga fikhga oid kitob tahlangan. Shu tartibda har bir xonada fanning ma`lum sohasiga doir kitoblar jamlangan.
Kitob yozishning kuchayishi, hattotlik san`atining, uni bezash, naqshlar bilan ko`rkam qilish musavvirlik san`atining rivoj topishiga olib kelgan.
Umuman bu davrda qo`lyozmalarni ko`chirish, tayyorlash, to`plash madaniy hayotning muhim sohasiga aylangan. Ma`lumki, asar faqat qo`lda bir nushadangina yozilar edi. Bosmaxona esa bir necha asrdan so`nggina paydo bo`lgan. Yozilgan asarni nushasini ko`paytirish, boshqalarga etkazish, undan nusha olish zarur edi. Shuning uchun nusxa ko`chirish, asarni ko`paytirishga katta e`tibor berildi. Asta-sekin maxsus nusha ko`chirish san`ati va hunari shakllandi, shu tufayli bir joyda yozilgan asarlarni boshqa shahar, o`lkalarida tarqatish imkoni vujudga keldi.
Maxsus nusxa ko`chirish bilan shug`ullanuvchilar, husni xat sohiblari paydo bo`lib, ular buyurtma yoki sotish uchun asarlardan nusha ko`chirish bilan shug`ullanganlar. Kitobdan nusha ko`chirish, kitob savdosining keng yo`lga qo`yilishi hamda ma`rifat ahlini tinimsiz faoliyati tufayli Buxoro, Samarqand, Marv, Nishopur, Bag`dod, Damashq singari shaharlarda katta kutubxonalar vujudga keldi. Bozorlarda kitob rastalari ko`paydi, kitob savdosi, uni tarqatish bilan shug`ullanuvchilar faoliyati kengaydi. Markaziy Osiyoga Bag`dod, Misr, eron va Ispaniyaning turli shaharlaridan qo`lyozmalar keltirilib, yurtdoshlarimizning qo`lyozma asarlari boshqa o`lkalarga olib ketiladigan bo`ldi7.
VIII asr oxiri-IX asr boshida xalifalikni larzaga keltirgan oІir siyosiy vaziyat abbosiylarning Movarounnahr va Xurosonda olib borayotgan siyosatini o`zgartirishga majbur etdi. Birin-ketin O`rta Osiyoda tohiriylar, safforiylar, somoniylar davlatlari tashkil topdi. Mamlakatda sodir bo`lgan bunday siyosiy o`zgarishlardan so`ng Movarounnahr Xurosondan ajralib o`z mustaqqilligini to`la tiklab olish imkoniga ega bo`ldi. Movarounnahrni birlashtirib mustahkam davlat tuzgan davlat arbobi Ismoil Somoniy, 900 yilda Xurosonni ham safforiylardan tortib olib ulkan davlat barpo etdi. Xalifa somoniylar davlatini tan olishga va unga hukmronlik yorliІini yuborishga majbur bo`ldi. Shu tariqa IX asr oxirlariga kelib Movarounnahr xalqlari Arab xalifaligidan abadiy xalos bo`ladi va arab xalifaligidan mustaqil bo`lgan yirik feodal davlat-Somoniylar davlati tashkil topadi.
Somoniylar mamlakatni boshqarishda davlat ma`muriyatini tashkil etadilar. Mamlakat o`nta devon (devoni vazir, devoni mustafi, devoni amir al-mulk, devoni sohib ash-shurat, devoni sohibi muayid yoki borid, devoni mushrif, devoni mumallikayi xos, devoni muhtasib, devoni avqof, devoni qazo az-ziya) boshqaruvida idora etilgan. Somoniylar hokimiyati yirik zamindorlarning manfaatini himoya qiluvchi mustaqil feodal davlat edi («mulki sultoniy», «mulk erlari», «vaqf erlari») X asr oxiriga kelib mamlakatda avj olib ketgan o`zaro urushlar uning iqtisodiy va siyosiy qudratiga katta putur etkazdi va somoniylarning ³oraxoniylar davlatidan maІlubiyatga uchrashiga olib keldi. XI asr boshlarida somoniylar davlati hududlarida ikki davlat: ³oraxoniylar va ²aznaviylar davlatlari paydo bo`ldi.
Јoraxoniylar davlatni el-yurt va viloyatlarga bo`lib idora qildilar. XI-XII asrlarda O`rta Osiyoda mulkchilikning yangi turi-iqta` tartiboti o`rnatiladi («mulki sultoniy», «iqta`», «vaqf erlari», «mulk erlari»). XII asrning 30-yillari oxirida Movarounnahr Sharqdan kelgan ko`chmanchi Јoraxitoylar hujumiga duchor bo`ldi.
IX-XII asrlarda mamlakat ma`naviy hayotining asosi islom mafkurasi edi. Somoniylar islom mafkurasining rivojiga katta ahamiyat berdilar. Buxoro Sharqda islom dinining eng nufuzli markaziga aylandi. Masjid, madrasa va xonaqolar qurish uchun maxsus joylar ajratildi. Arab tili va uning imlosi joriy etildi.
Movarounnahrda ko`p o`tmay hatto ona tilidan ko`ra arab tili va yozuvini yaxshiroq bilgan bilimdonlar paydo bo`ldi. Mahalliy bilimdonlar o`z vatanida quvІin ostiga olinib, ko`pgina tolibi ilmlar xalifalikning markaziy shaharlari-Damashq, Јohira, BaІdod, Kufa va Basraga borib bilim olishga va arab tilida ijod qilishga majbur bo`ladilar. Davlatni boshqarishda abbosiylar ma`muriyati ko`plab bilimdon siymolarga muhtoj edi, chunki arablar orasida shu davrda davlat ishiga yaroqli bo`lgan bilimdorlar hali oz, borlari ham zaif edi.
Eng mashhur madaniyat markazi shu davrda BaІdod shahri edi. BaІdodda «Bayt ul hikma» (donishmandlar uyi) tashkil etilgan edi. «Bayt ul hikma»da Ahmad FarІoniy, Muhammad ibn Muso Xorazmiy, Ahmad ibn Abdulloh Marvaziylar ta`lim olganlar. IX-X asrlarda O`rta Osiyoda fan ilmiy asoslarga ega edi. Uning ildizlari O`rta Osiyo, ayniqsa, Xorazm, shuningdek Bobil, eron, Ґindistonning antik dunyosiga va qadimgi madaniyatiga borib taqalar edi. IX-XII asrlarda arab tilida asarlar yozgan eng mashhur olimlar Ahmad FarІoniy, Muhammad ibn Muso Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abusalx Masihiy, Abulhayr Xammar, Abunosir Arron va boshqalar edi.
1998 yil Ahmad FarІoniyning 1220 yilligi nishonlandi. Ahmad FarІoniy astronom, matematik, geograf edi. BaІdod yaqinda Raqoq nomli mavzeda rasadxona qurilishiga boshchilik qilib, astronomiya maktabini tashkil etadi. Uning «Astronomiya asosi», «Samoviy harakatlar», «Yulduzlar haqidagi fan» nomli asarlari mashhurdir.
Muhammad ibn Muso Xorazmiy mashhur matematik, astronom, geograf, tarixchi edi. Vatandoshimiz algebra faniga asos soldi. Uning «Al-jabr», «Zij», «Јuyosh soati haqida risola», «Sur`at ul-arz», «Usturlob holati haqida risola» kabi asarlari Sharq va o`arb mamlakatlarida ilmiy fikrlarning rivojiga samarali ta`sir ko`rsatdi.
Abu Nasr Farobiy Sharq falsafasining uluІ mutafakkiri bo`lib, qadimgi dunyo falsafiy merosini saqlashda va rivojlantirishda katta hissa qo`shdi. U 160 dan ortiq asar yozgan, ulardan «Aristotelning «Metofizika» asari maqsadlari haqida», «Musiqa kitobi», «Baxt-saodatga», «Siyosat al-madoniya» shular jumlasidandir.
Abu Ali ibn Sino ikki sohaga- meditsina va falsafaga qiziqdi va bu sohalarda katta yutuqlarni qo`lga kiritdi. («Al-qonun fit-tib», «Kitob ush-shifo», «Donishnoma», «Risolat at-tayr»). XVII asrga qadar Evropada tibbiyot tajribasi va fani Ibn Sino Іoyalari ta`siri ostida bo`lgan.
Xorazm madaniyati xorazmlik uluІ olim Abu Rayhon Beruniyning nomi bilan boІlangan. Abu Rayhon Beruniy 150 dan ortiq ilmiy asar yozgan bo`lib, «O`tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar», «Ґindiston», «Meteorologiya» kabi yirik asarlari shular jumlasidandir. Beruniy ilm-fanning hamma sohalarini yaxshi bilgan qomusiy olim edi. U astronomiya, geologiya, gidrostatika, geografiya, tarix fanlarga katta hissa qo`shdi.
XI-XII asrlarda ijtimoiy fanlar ham anchagina taraqqiy etdi. Masalan, shoir Abu Abdullo Rudakiyning prozaik asarlari, Abulqosim Firdavsiyning «Shohnoma»si, Gardiziyning «Zayn-ul-bahor» («Go`zal xabarlar») asari, Majididdin Admoning «Tarixi mulki Turkiston» («Turkiston tarixi»), Nizomulmulkning «Siyosatnoma»si, Yusuf Xos Xojibning «ЈutadІu bilik» asarlari shu davrga oid bo`lib, undan tashqari shu davrlarda Zamaxshariy, Mahmud ЈoshІariy, Amak Buxoriy, So`zani Samarqandiy kabilar ham ijod etdilar.
Bu davr O`rta Osiyoda me`morchilik san`ati ham gurkirab rivojlandi. Buxoroda Dehgaron, Masjidi kalon, Namozgoh, MaІoki Attoriy masjidlari, Surxondaryodagi Jarqo`ton minorasi, Ko`hna Urganchda Faxriddin Roziy maqbarasi, Marvdagi Sulton Sanjar maqbarasi, Talxojanbobo masjidi va boshqa yodgorliklar me`morchilik san`atining yorqin namunalari hisoblanadi8.
Somoniylar, Qoraxoniylar, G'aznaviylar, Saljuqiylar va Xorazmshohlar sulolalari hukmronlik qilgan IX-XII asrlarda Movarounnahr sarhadlarida yashagan ulus-elatlar o'rtasida nisbatan osoyishtalik, totuvlik, yaqinlik va hamjihatlik vujudga keldiki, buning orqasida o'lkada moddiy ishlab chiqarish, madaniy rivojlanish jarayoni ancha tezlashdi, shaharlar hayoti yuksaldi, savdo-sotiq, hunarmandchilik o'sdi, aholi farovonligi ko'tarila bordi.
Movarounnahr shaharlarining jug'rofiy nuqtai nazaridan Buyuk ipak yo'lining eng muhim tutash nuqtalarida joylashganligi, shu bois bu yerda ishlab chiqarilgan, yetishtirilgan har turli ziroatchilik, chorvachilik, hunarmandchilik mahsulotlari, zargarlik, zeb-ziynat mollarining ayirbosh qilib turilganligi orqasida o'lkaning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti jiddiy yuksalishga yuz tutdi. Buyuk ipak yo'liga tutash aholi manzilgohlarida obod va ko'rkam shaharlar vujudga keldi. Jumladan, birgina Xorazm vohasida X asr boshlarida 10 ga yaqin shaharlar mavjud bo'lsa, XI asr o'rtalariga kelib bunday shaharlar soni 40 taga yetdi.
Somoniylar hukmronlik qilgan IX-XI asrlarda ishlab chiqarish tarmoqlari to'xtovsiz kengayib borgan, ko'plab irrigasiya inshootlari, sug'orish kanallari, suv ayirgichlar qurilishi natijasida dehqonchilik madaniyati ancha o'sadi. Somoniylar poytaxti Buxoroga har tomondan olimu-donishmandlar, sayyohu-tijoratchilar, me'moru-hunarmandlar oqib kela boshlagan9.
Somoniylar, G'aznaviylar, Saljuqiylar, Xorazmshohlar sulolasiga mansub ma'rifatparvar hukmdorlarning ilm-fan va madaniyatga doimiy rag'bat berishlari orqasida ko'plab, iste'dod sohiblarining salohiyati, ijodi o'sib, yuksalib borgan. O'sha davr hukmdorlari tashabbusi bilan bunyod etilgan va faoliyat ko'rsatgan kutubxonalarda son-sanoqsiz noyob, qimmatbaho kitoblar, qo'lyozmalar to'planganki, bulardan hozirgi avlod kishilari ham bahramand bo'lmoqdalar.
IX-XII asrlarda Movarounnahrda ilm-fan yuksaldi, hozirgi zamon fanining ko'plab tarmoqlari va yo'nalishlariga chinakam poydevor yaratildi. Xususan, matematika, algebra, astronomiya, tibbiyot, biologiya, geodeziya, jug'rofiya, falsafa singari dunyoviy fanlarning ta'mal toshi shu davrda qo'yildi.



Download 30.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling