Milliy dasturning maqsad va vazifalari bosqichma-bosqich ro‘yobga chiqariladi.
Birinchi bosqich (1997-2001 yillar) – mavjud kadrlar tayyorlash tizimining ijobiy salohiyatini saqlab qolish asosida ushbu tizimni isloh qilish va rivojlantirish uchun huquqiy, kadrlar jihatidan, ilmiy-uslubiy, moliyaviy-moddiy shart-sharoitlar yaratish.
Ushbu bosqichda quyidagilarni amalga oshirish zarur:
«Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq Ta’lim tizimi mazmunini tarkibiy qayta qurish va tubdan yangilash;
pedagog va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash hamda ularning malakasini oshirishni zamon talablariga javob beradigan darajada tashkil etish;
Ta’lim oluvchilarning tayyorgarlilik darajasi, malakasi, madaniy va ma’rifiy-axloqiy saviyasining sifatiga nisbatan qo‘yiladigan zaruriy talablarni belgilab buruvchi davlat Ta’lim standartlarini yaratish va joriy etish;
o‘quv-uslubiy majmualarning hamda Ta’lim jarayonini didaktik va axborot ta’minotining yangi avlodini ishlab chiqish va joriy etish;
- o‘rta maxsus kasb-hunar Ta’limi uchun zarur moddiy-texnika, o‘quv-uslubiy va kadrlar bazasini tayyorlash.
Ikkinchi bosqich (2001 – 2005 yillar) – Milliy dasturni to‘liq ro‘yobga chiqarish, mehnat bozorining rivojlanishi va real ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan hisob unga aniqliklar kiritish.
Majburiy umumiy o‘rta va o‘rt maxsus, kasb-hunar ta’limiga, shuningdek,
o‘quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga qarab, tabaqalashtirilgan Ta’limga o‘tish to‘liq amlga oshiriladi.
Ta’lim muassasalarini maxsus tayyorlangan malakali pedagog kadrlar bilan to‘ldirish ta’minlanadi, ularning orasida raqobatga asoslangan muhit vujudga keltiriladi.
Ta’lim muassasalarining moddiy-texnika va axborot bazasini mustahkamlash davom ettiriladi, o‘quv tarbiya jarayonini yuqori sifatli o‘quv adabiyotlari va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlanadi. Uzluksiz Ta’lim tizimini axborotlashtirish amalga oshiriladi.
Ta’lim xizmati ko‘rsatish bozorini shakllantirish mexanizmlari to‘liq ishga solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |