Kirish. Mutaxassislik fanlarining maqsadi va vazifalari
Boshlang‘ich sinflarda ona tilidan beriladigan bilimlar mazmuni va mashg‘ulot turlari
Download 205.75 Kb.
|
1. Mutaxassislik fanlarining predmeti va vazifalari
Boshlang‘ich sinflarda ona tilidan beriladigan bilimlar mazmuni va mashg‘ulot turlari.Boshlangich sinflarda ona tili mashg‘ulotlari turi va mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi: O‘qish, yozuv, grammatik materialni o‘rganish, kuzatishlar hamda o‘quvchilarning ijtimoiylari bilan bog‘liq holda, ularning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish. Birinchi sinfga kelgan bolalarga savod o‘rgatish, ya’ni ularni elementar o‘qish va yozishga o‘rgatish, bu ko‘nikmalarni malakaga aylantirsh. Adabiy til normalarini, ya’niimloviy va punktuatsion savodli yozuvni, orfoepik to‘gri talaffuzni o‘rganish nutq va uslubiy elementlarni egallash. Grammatika, fonetika, leksikadan nazariy materiallarni o‘rganish, tildan ilmiy tushunchalarini shakllantirish. O‘quvchilarni o‘qish va grammatika darslari orqali badiiy, ilmiy-ommabop va boshqa adabiyotlar namunasi bilan tanishtirsh , ularda tabiiy asarni idrok etish ko‘nikmasini xosil qilish. Bu vazifalarning hammasini boshlang‘ich sinflarda ona tili predmeti hal etadi va boshlangich sinflar ona tili dasturida aks etadi. Boshlang‘ich sinflar ona tili dasturining tuzilishi. Dastur davlat hujjati bo‘lib, unda o‘quv predmetining mazmuni va hajmini, shuningdek, shu predmetdan bilim, ko‘nikma va malakalar darajasiga qo‘yilgan asosiy talablarni belgilaydigan bo‘ladi. Dastur talablarini o‘qituvchi va o‘quvchilar bajarishlari shart, uni kengaytirish va qisqartirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Boshlangich sinflarning ona tili dasturi ikki qismdan iborat: 1.Uqtirish xati. 2.Asosiy qismi. Uqtirish xatida ona tili predmetining tutgan o‘rni, uning vazifalari ko‘rsatilib, metodik yo‘l-yo‘riqlar beriladi. Dasturning asosiy qismi 4 bo‘lim, u har bir sinfda o‘quvchilar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar ko‘rsatilgan. Dasturning bo‘limlari: xat - savod o‘rgatish va nutq o‘stirish «O‘qish va nutq o‘stirish», «Grammatika, imlo va nutq o‘stirish/dan iborat. Har bir bo‘lim bir necha qismlardan iborat. Masalan, «O‘qish va nutq o‘stirish» bo‘limi, «Sinfda o‘qish» va «Sinfdan tashqari o‘qish»ni sinfda o‘qish o‘z navbatida «O‘qish mavzularini», «O‘qish ko‘nikmalarini», «Matn ustida ishlash» qismlarini o‘z ichiga oladi va hokazolar. Download 205.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling