Kirish Nazariyada pul va valyuta kategoriyalari mavjud bo‘lib, pul va valyuta ikkalasi bir narsa, ammo hamma vaqt ham pul valyuta bo‘lavermaydi


Download 96.27 Kb.
bet4/6
Sana25.04.2023
Hajmi96.27 Kb.
#1397890
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Valyuta siyosati

3. Milliy valyuta tizimi va uning elementlar. Milliy valyuta kursiga xalqaro pul o‘tkazmalarining ta’siri
Valyuta tizimi bu – xo‘jalik aloqalarining baynalminallashuvi asosida tarixan shakllangan, valyuta amali bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir.
Valyuta tizimini valyuta, valyuta munosabatlari, valyuta munosabatlarini amalga oshiruvchi va ularni tartibga soluvchi hamda muvofiqlashtiruvchi organlar yig‘indisi sifatida ham ko‘z oldiga keltirish mumkin.
Valyuta tizimining mohiyati, tashkil etilish shakllari va roli jamiyat iqtisodiy tuzumi bilan belgilanadi. Valyuta tizimi 3ga bo‘linadi, ya’ni milliy, jahon va hududiy valyuta tizimlari.
Milliy valyuta tizimi – mamlakat pul tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, valyuta munosabatlarining yig‘indisi sifatida maydonga chiqmaydi, balki ushbu munosabatlarning faqat qonunchilik aktlari bilan tashkil etilish tartibini belgilaydi. Valyuta munosabatlarini tashkil etishning bunday tartibi birinchi navbatda valyuta tizimi elementlarini belgilashni o‘z ichiga oladi.
Milliy valyuta tiziminingqonunchilik asosida belgilanadigan elementlariga quyidagilar kiradi:

  1. milliy valyuta va uning nomi;

  2. milliy valyuta paritetini belgilash;

  3. milliy valyutaning konvertatsiya shartlari;

  4. milliy valyuta kursining rejimi;

  5. xalqaro kredit muomala qurollaridan foydalanishni chegaralash;

  6. xalqaro zahira aktivlari tarkibiy qismlari o‘rtasidagi nisbatni aniqlash;

  7. mamlakat xalqaro hisob-kitoblarini chegaralash (reglamentatsiya);

  8. milliy valyuta va oltin bozorlari faoliyati rejimi;

  9. valyuta cheklanishlarining o‘rnatilish tartibi;

  10. valyuta munosabatlariga xizmat ko‘rsatuvchi va ularni muvofiqlashtiruvchi milliy organlar maqomi.

Yuqorida zikr etilgan elementlar yig‘indisi, xalqaro valyuta-kredit va hisob-kitob munosabatlarini amalga oshirish uchun davlat tomonidan belgilanadigan valyuta mexanizmidir.
Valyuta kursi – bu, bir valyutaning boshqa bir valyutadagi bahosi yoki xorijiy valyutaning milliy valyutadagi ifodasidir. Masalan,O‘zbekiston Respublikasida 1 AQSh dollari = 10530 so‘m yoki Rossiyada 1 AQSh dollari = 30,35 rubl. Valyuta kursi pulning xalqaro harakati jarayoniga taalluqli va umumiy asosda milliy iqtisodning jahon xo‘jaligi bilan aloqalarini ifodalaydi.
Valyuta kursining zarurati quyidagilarda aks etadi:

  • Tovar va xizmatlar savdosi, kapital va kreditlar harakatida valyutani o‘zaro almashtirish;

  • Milliy va jahon bozorlarida narxlarni hamda turli mamlakatlarda milliy va xorijiy valyutada ko‘rsatilgan qiymat ko‘rsatkichlarini taqqoslash;

  • Firma va banklar tomonidan xorijiy valyutadagi hisob varaqlarini davriy qayta hisoblash.

Tashqi jihatdan, valyuta kursi bozor ishtirokchilariga talab va taklif asosida aniqlanadigan, bir valyutani boshqasiga qayta hisoblashda qo‘llaniladigan koeffitsient sifatida namoyon bo‘ladi. Ammo valyuta kursining asosiy qiymati bo‘lib valyutalarning xarid qobiliyati hisoblanadi.

Download 96.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling