Markaziy nerv tizimida ketadigan nerv jarayonlar va ular faoliyatini o‘rganish uchun foydalaniladigan uslublar: magnit-rezonans tomografiya, kompyuter tomografiyasi, yadro-emmision tomografiya. - Elektroensefalografiya (bosh miya po‘stlog‘idagi summar bioelektrik faollikni tahlil qilish) usuli - miya po‘stlog‘ida paydo bo‘ladigan biotoklarni elektroensefalograf asbobi yordamida yozib olinadi va tahlil qilinadi. Bunda chizilib boradigan egri chiziqga – elektroensefalogrammaga qarab, miya faoliyati to‘g‘risida fikr yuritiladi (X.Berger, 1929).
- Bosh miyada potensiallarni chaqirish – tashqi ta’sirotga javoban va uni ta’siri boshlanishi bilan qat’iy ma’lum vaqtli aloqa holatida nerv strukturalarida paydo bo‘ladigan usuli. Odamlarda bosh miyada potensiallarni chaqirish maxsus texnik tuzilmada xar xil signallar orasidan kerakli va foydali signallarni birin-ketin to‘planishini, yoki summatsiyasini ajratib olinadi. Bunda ta’sirot berilgandan keyin boshlanadigan elektroensefalogrammadagi bir necha yozuvlar umumlashtiriladi va tahlil qilinadi (B. Rockstroh et al., 1982).
- Miyada elektr faollikni topografik xaritalash usuli avvalgi ikki usul – elektroensefaloramma va potensiallarni chaqirish usullari bilan olingan ko‘plab ma’lumotlarga tayanadi. Bu usul tekshirilayotgan odamning bosh miyasi ma’lum bir nuqtasidagi o‘zgarishlarni juda aniq va xar tomonlama tahlil qilishga yordam beradi (N.L. Gorbachevskaya va b., 1991).
Kompyuter tomografiya – miya moddalari zichligida kuzatiladigan birozgina o‘zgarishlarni aniq va har tomonlama tasvirlaydigan yangi usul. Bu usul rentgen va hisoblash texnikasi yutuqlari xamkorligi asosida yaratilgan va u texnikaviy hal qilish va matematik ta’minlanish tomonidan prinsipial yangiligi bilan ajralib turadi. Rentgenografiya va kompyuter tomografiyasi usullarini bir-biridan farqi shuki, u xam bo‘lsa, agar rentgenorafiya usuli bilan tananing faqat bitta qismidagi o‘zgarishlarni ko‘rsatsa, kompyuter tomografiya usuli bilan bir organni, ya’ni a’zoni turli tomonlaridan tasvirga olinadi va shunday qilib tanani yoki a’zoni ma’lum bir nuqtasini va xattoki o‘sha nuqtani har bir sohasini ko‘ndalang kesimi bo‘yicha tasviri kompyuterda ko‘rsatiladi va shu asosida har tomonlama tahlil qilinadi. Bosh miyada tomografik tekshirish olib borish uchun neyromotograf priboridan foydalaniladi. - Kompyuter tomografiya – miya moddalari zichligida kuzatiladigan birozgina o‘zgarishlarni aniq va har tomonlama tasvirlaydigan yangi usul. Bu usul rentgen va hisoblash texnikasi yutuqlari xamkorligi asosida yaratilgan va u texnikaviy hal qilish va matematik ta’minlanish tomonidan prinsipial yangiligi bilan ajralib turadi. Rentgenografiya va kompyuter tomografiyasi usullarini bir-biridan farqi shuki, u xam bo‘lsa, agar rentgenorafiya usuli bilan tananing faqat bitta qismidagi o‘zgarishlarni ko‘rsatsa, kompyuter tomografiya usuli bilan bir organni, ya’ni a’zoni turli tomonlaridan tasvirga olinadi va shunday qilib tanani yoki a’zoni ma’lum bir nuqtasini va xattoki o‘sha nuqtani har bir sohasini ko‘ndalang kesimi bo‘yicha tasviri kompyuterda ko‘rsatiladi va shu asosida har tomonlama tahlil qilinadi. Bosh miyada tomografik tekshirish olib borish uchun neyromotograf priboridan foydalaniladi.
- Neyron faolligini aniqlash usuli (N.P. Bexterev va b., 1985). Neyron - asab hujayrasi odam va hayvonlarni markaziy asab tizimining morfofunksional birligi bo‘lib, u orqali har xil axborotlarni organizmga etkazib berib turadi. Yakka neyronning faolligi diametri 0,1 dan 1 mikrongacha bo‘lgan mikroelektrodlar yordamida qayd qilinadi. Bosh miyaning kerakli nuqtalariga maxsus tuzilmalar yordamida bu elektrodlar kiritilib mahkamlab qo‘yiladi va kuchaytirgich - ossillografga ulanadi. Ossillograf u erda hosil bo‘layotgan elektr zaryadlaridagi o‘zgarishlarni yozib oladi. Bu usul bilan yakka neyrondagi o‘zgarishlarni ham va bir guruh neyronlardagi o‘zgarishlarni ham yozib olib tahlil qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |