1) determinizm prinsipi - tabiatda, organizmda sodir bo‘ladigan har qanday hodisalarning sababi bo‘lgani kabi katta yarim sharlar po‘stlog‘ida yuz beradigan hodisalar ham muqarrar ravishda biror sababga bog‘liq. Biz ayrim hollarda ba’zi jarayonlarning sababini hali bilmas ekanmiz, bu - ularning sababi yo‘q degan ma’noni bildirmaydi, aksincha ilmiy tekshirish usullarini mukammal emasligini ko‘rsatadi. Fanning kelgusidagi taraqqiyoti hanuz noaniq bo‘lib kelayotgan hodisalarning sababini bilib olishga imkoniyat yaratadi; - 1) determinizm prinsipi - tabiatda, organizmda sodir bo‘ladigan har qanday hodisalarning sababi bo‘lgani kabi katta yarim sharlar po‘stlog‘ida yuz beradigan hodisalar ham muqarrar ravishda biror sababga bog‘liq. Biz ayrim hollarda ba’zi jarayonlarning sababini hali bilmas ekanmiz, bu - ularning sababi yo‘q degan ma’noni bildirmaydi, aksincha ilmiy tekshirish usullarini mukammal emasligini ko‘rsatadi. Fanning kelgusidagi taraqqiyoti hanuz noaniq bo‘lib kelayotgan hodisalarning sababini bilib olishga imkoniyat yaratadi;
- 2) tahlil va sintez prinsipi - miya po‘stlog‘i ta’sirotlarni tahlil qilib, ayrim qism larga ajratadi va shu qismlarni darrov o‘zaro birlashtirib, yaxlitlaydi, sintez qiladi. Po‘stloqning tahlil faoliyati tufayli predmetlarning alohida-alohida shakli farq qilinadi, rangi, hidi ajratiladi, sintez faoliyati tufayli predmet to‘g‘risida yaxlit tushuncha hosil qilinadi va ta’sirotni keltirib chiqargan predmet haqida yakun yasaladi;
- 3) tuzilish-struktura prinsipi – bu prinsipning mohiyati, organizmda istalgan jarayon zaminida belgili struktura yotadi, ya’ni har bir jarayonni anatomo-fiziologik birlik - struktura keltirib chiqarishdan iborat. Demak, organizmdagi barcha jarayonlar moddiy bo‘lgani kabi, po‘stloqdagi jarayonlar ham moddiydir, chunki ularning ham moddiy asosistruktura zamini bor.
- 1) tirik organizmdagi mo‘‘tadil funksiyalarni tinimsiz ravishda o`zgaruvchi va rivojlanuvchi sharoitga bog‘liq holda bajarilish qonuniyatlarini o‘rganishni;
- 2) tirik organizmdagi funksiyalari tarixiy, filogenetik, xususiy va ontogenetik rivojlanishini va ularning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganishni o‘z oldiga qo‘yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |