Kirish. Nerv tizimining fiziologiyasi va reflektor faoliyati. Markaziy va vegetativ nerv tizimi


Neyronning tuzilishi va funktsiyalari


Download 0.9 Mb.
bet9/11
Sana19.10.2023
Hajmi0.9 Mb.
#1709857
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1 - ma\'ruza

Neyronning tuzilishi va funktsiyalari.

  • Asab hujayrasining tanasi (soma) va uning o’simtalari birgalikda neyron deb ataladi. Har qanday asab hujayrasi tana qismidan (soma, yosh perikarion) va turli xildagi o’simtalardan - dendritlar (lotincha dendron - daraxt) va aksonlardan (lotincha axon - o’zak, o’q) iborat.
  • 1-rasm .Neyron tuzilishini asosiy tiplari.
  • A-arqonsimon (ichak bo’shliqlilarda);
  • B-psevdounipolyar (umurtqalilarning sensor neyroni);
  • V-multipolyar (umurtqalilarda);
  • G-umurtqasizlar MATning tipik neyroni.

Neyronlar turkumi.

  • Neyronlar, ularning somasidan chiqadigan o’simtalari soniga qarab unipolyar (somadan bitta o’simta chiqadi), bipolyar (ikkita o’simtalik) va multipolyar (somadan chiquvchi o’simtasi ikkitadan ko’p bo’ladi) turlarga bo’linadi.
  • Unipolyar neyronlar turli hayvonlarda bo’ladi, lekin ular asosan umurtqasiz hayvonlarda keng tarqalgan, masalan, mollyuska va hasharotlarda. Bu jonzotlarda neyron tanasidan hujayra o’simtasi chiqadi va u aksonni tashkil qiluvchi va ko’pchilik dendritlarni hosil qiluvchi - markaziy o’simta deb ataluvchi o’simtaga qo’shiladi. Multipolyar hujayralar - umumrtqalilar neyronlarining asosiy turi. Past tabaqa umumrtqasizlarning (masalan, kovakichlilar) neyronlari tana va o’simtalarga ajralmagan ipsimon shaklga ega.
  • Unipolyar va psevdounipolyar neyronlardan chiqqan bitta o’simta somadan uzoqlashmasdan T-shaklida ikkiga shoxlanadi, ulardan biri akson, ikkinchisi dendrit hisoblanadi. Psevdounipolyar neyronlar somatik reflekslar yoyining afferent qismini tashkil qiladi.
  • Bipolyar neyronlar ikkita o’simta, ya’ni akson va dendritdan tashkil topgan bo’lsa, multipolyar neyronlar ko’p dendrit va bitta akson bilan xarakterlanadi. Bipolyar neyronning, jumladan, uzunchoq miyada chiqayotgan o’simtasi akson bo’lsada, uni periferik uchi dendritniki kabi 3 tadan 160 tagacha shoxlangan bo’ladi.
  • Neyronlarning bajaradigan vazifasidan kelib chiqqan holda tuzilgan tasnifiga binoan afferent yoki sezuvchi (sensor), kontakt yoki oraliq va efferent yoki markazdan qochuvchi neyronlar farqlanadi (2-rasm).
  • 1-dendritlar; 2-neyron tanasi (soma); 3-aksonlar.

Download 0.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling