III. NOGIRONLARNI TIBBIY, KASB VA IJTIMOIY JIHATDAN TIKLASh
16-modda. Nogironlarni tibbiy, kasb va ijtimoiy jihatdan tiklash vazifalari
O‘zbekiston Respublikasi nogironlarni tibbiy, kasb va ijtimoiy jihatdan tiklash tizimini tashkil etadi va bu tizim qaror topishi hamda rivojlanishiga ko‘maklashadi. Mazkur tizim organizmning izdan chiqqan yoki yo‘qolgan qobiliyatlarini, o‘ziga o‘zi xizmat qilish qobiliyatini, kasb faoliyatining xilma-xil turlaridagi qobiliyatini, shuningdek nogironlarga to‘laqonli turmush tarzini davom ettirish imkonini beradigan va ularning huquqlari hamda mavjud imkoniyatlarini ishga solishni ta’minlaydigan qobiliyatlarini qayta tiklashga hamda ularning o‘rnini qoplashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nogironlarni tibbiy, kasb va ijtimoiy jihatdan tiklash, shuningdek nogironlikning oldini olish sohasida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va mutaxassislar tayyorlashni pul bilan ta’minlaydi hamda bu ishni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |