13-modda. Nogironlarning madaniy-tomoshagoh muassasalariga va sport inshootlariga kirishini ta’minlash
Xalq deputatlari Kengashlari, ularning boshqarmalari va bo‘limlari, boshqa tarmoq bo‘linmalari nogironlar madaniy-tomoshagoh muassasalariga va sport inshootlariga bemalol kirishi va madaniy kamol topish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish maqsadida ulardan bemalol foydalanishi uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, shuningdek ularga maxsus sport anjomlari berilishini ta’minlashga majburdirlar. Nogironlar mazkur xizmatlardan bepul yoki yengil shartlar bilan foydalanadilar.
(13-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
14-modda. Nogironlar uchun ijtimoiy-madaniy obyektlar hamda sport inshootlari qurishni pul bilan ta’minlashda, ularni jihozlashda va ta’minlashda korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlarning ishtiroki
Korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar nogironlar uchun ijtimoiy-madaniy obyektlar hamda sport inshootlari qurishni pul bilan ta’minlashga, jihozlar sotib olishga va ularni ta’minlashga mablag‘ ajratishga haqlidir. Mazkur maqsadlarga ajratilgan mablag‘dan soliq olinmaydi.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |