23-modda. Nogiron bolalarning maktabdan tashqari tarbiyasi
Nogiron bolalarni har tomonlama uyg‘un rivojlantirish, ularda ijtimoiy faollikni, mehnatga qiziqishni tarbiyalash, ularni fan, texnika, san’at va sportga jalb etish maqsadida xalq ta’limi idoralari, boshqa davlat idoralari nogiron bolalarning maktabdan tashqari tarbiyadan bahramand bo‘lishlarini ta’minlashga, buning uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga majburdir.
24-modda. Nogiron bolalarga doimiy muassasalarda tarbiya va ta’lim
Doimiy ishlaydigan muassasalarda yashaydigan nogiron bolalarga ana shu muassasalar ijtimoiy-maishiy hamda mehnat ko‘nikmalarini hosil qilish bilan uzviy bog‘langan holda tarbiya va ta’limning uzluksizligini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |