17-modda. Nogironlarni tiklashning yakka tartibdagi dasturi
Nogironlarni tibbiy, kasb va ijtimoiy jihatdan tiklash nogironlarni tiklashning yakka tartibdagi dasturiga muvofiq amalga oshiriladi. Bu dastur nogironlarning jamoat birlashmalari vakillari ishtirokida xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari vakolat bergan davlat idoralari tomonidan tibbiy-ijtimoiy ekspertiza asosida belgilanadi.
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Nogironga tavsiya etiladigan tiklashning yakka tartibdagi dasturida tiklash choralarining aniq hajmi, turlari va amalga oshirish muddatlari, shuningdek ijtimoiy yordam turlari ko‘rsatiladi.
Nogiron taqdim etadigan tiklashning yakka tartibdagi dasturi tegishli davlat idoralari, shuningdek korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlar ijro etishi majburiy bo‘lgan hujjatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |