4-modda. Nogironlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish
Nogironlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish davlat tomonidan sud yo‘li bilan yoki qonunda belgilangan boshqa tartibda ta’minlanadi.
Fuqaro vakolatli davlat idorasi (TMEK)ning uni nogiron deb topgan yoki nogiron deb topmaganligi xususidagi qaroriga norozilik bildirib TMEKning yuqori idorasiga murojaat qilishga haqlidir. Agar shu qaror ham nogironni qoniqtirmasa, unda u sud yo‘li bilan e’tiroz bildirishga haqlidir.
Nogironlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini buzishda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslar va boshqa fuqarolar qonunda belgilangan moddiy, intizomiy, ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar.
5-modda. Nogironlar muammolariga doir qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilishda jamoat birlashmalari va fuqarolarning ishtirok etishi
Jamoat birlashmalari o‘z ustavlariga muvofiq hamda fuqarolar nogironlarni ijtimoiy himoya qilish bilan bog‘liq muammolarni hal etishda, shuningdek tegishli tadbirlarni pul bilan ta’minlashda ishtirok etishlari mumkin. Xalq deputatlari Kengashlari ularga bu borada har tomonlama ko‘maklashishlari shart.
(5-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |