Kirish Optik tola va uning tuzilishi


Optik toladagi dispersiya hodisasi va ularning turlari


Download 403.95 Kb.
bet5/6
Sana21.04.2023
Hajmi403.95 Kb.
#1368659
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mustaqil ish 1

Optik toladagi dispersiya hodisasi va ularning turlari
Optik tolada signallarni uzatish sifatiga ta’sir qiluvchi eng muhim omillardan biri dispersiya hisoblanadi. Dispersiya — bu yorug‘lik impulslari oxirlarining cho‘zilishi, ya ’ni impulslarning kengayishidir. Impulslar kengayib, bir-birini qoplaydi, simvollararo buzilishlar yuzaga keladi va qabul qilishda impulslar ketma-ketligidan uzatilgan foydali informatsiyani ajratib bo'lmay qoladi.
Dispersiya o‘tkazish qobiliyatini kamaytirib, optik tizimlarning ish tezligini chegaralaydi. Dispersiya — impulslarning kengayishi, L uzunlikli kabelning kirish va chiqishidagi impulslar davomiyligining kvadratik farqi sifatida quyidagi formuladan aniqlanadi:

Odatda, dispersiya bir kilometr hisobida me’yorlashtiriladi va ps/km da o‘lchanadi.


Modalararo dispersiya


Modalararo dispersiya tola bo‘ylab modalarning turli yo‘nalishlarda turli vaqtda tarqalishi bilan bog‘liq. Ko‘p modali tolaga sonli apertura burchagi doirasida bir necha ruxsat etilgan m odalar kiritilishi mumkin. Modalar turli yo‘nalishlarda tarqaladi va uzatuvchi manbadan qabul qilgichga turli vaqtlarda yetib keladi. Eng katta to'lqin uzunlikli moda 2 ta qaytishga ega bo‘lsa, eng kichik to‘lqin uzunlikli moda tolaning shu kesimida 7 ta qaytishga ega. Natijada kichik to‘lqin uzunlikli moda energiyasi katta to‘lqin uzunlikli moda energiyasiga qaraganda kechikadi. Qabul qilingan impulslar yig‘indisida bir impulsni qo'shni impuls intervaliga tushishidan qo‘shni im puls xato qabul qilinadi. Modalararo dispersiya ko‘p modali uzatish tizimlarining kamchiligi hisoblanadi. Bu turdagi dispersiya buzilishlarining bir modali tolalarni qo‘llash orqali bartaraf etish mumkin. Chunki undan faqat bitta asosiy moda uzatiladi.

Xromatik dispersiya


Xromatik dispersiya ham dispersiyaning boshqa turlari kabi impulslarning kengayishi tufayli hosil bo‘ladi. Xromatik dispersiyani material va to‘lqin uzatuvchi (tola) dispersiyalarining yig‘indisi tashkil etadi:



kenglikdagi impulsni 1 km uzunlikdagi tola orqali o ‘tgandagi ps da kengayishidir. Masalan; bir modali standart tolalarda 1550 nm to‘lqin uzunligida xromatik dispersiya qiymati 17 ps/nm km atrofida bo‘ladi. Dispersiyaning bu turi bir modali tolalarga ham, ko‘p modali tolalarga ham xos. Lekin bir modali tolalarda ko‘proq namoyon bo'ladi.


Download 403.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling