Kirish Optik tola va uning tuzilishi


Optik toladagi so‘nish hodisasi


Download 403.95 Kb.
bet4/6
Sana21.04.2023
Hajmi403.95 Kb.
#1368659
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
mustaqil ish 1

Optik toladagi so‘nish hodisasi
Optik signal tola orqali uzatilganda yorug‘lik to ‘lqinlarining tola muhiti bilan chiziqli va nochiziqli o‘zaro ta’siri natijasida signal quwatining yo‘qolishidan optik signal so‘nadi. Ulardan asosiylari yorug‘lik nurining yutilishi va sochilishi hisoblanadi. Bunda so‘nishning o‘zgarish qonuni quyidagi umumiy ko‘rinishga ega:


bunda PQ — tolaga kiritiladigan quwat; L — tola uzunligi; a — so'nish doimiysi yoki toladagi yo‘qotishlar. Bu munosabatni qo‘llab solishtirma yo‘qotishlarni dB/km da baholash ifodasini olishimiz mumkin [1]
asolishtirma=
Umumiy holda so‘nish optik signallarning sochilishi va yutilishidan hosil bo‘luvchi yo‘qotishlar va kabel yo‘qotishlaridan yuzaga keladi. Yutilish va sochilishdan hosil bo‘ladigan yo‘qotishlar xususiy yo'qotishlar, kabel yo‘qotishlari esa qo‘shimcha yo‘qotishlar deyiladi. To‘liq tola yo‘qotishlarini ularning yig‘indisi ko‘rinishida yozish mumkin:


Optik tolaning xususiy yo'qotishlari
Xususiy yo‘qotish!arga yutilish va sochilishdan hosil boMadigan yo'qotishlar kiradi. Yutilishdan hosil bo‘ladigan yo‘qotishlar ichki va tashqi boMadi. lchki yutilish yo‘qotishlarini toza kremniy materiali hosil qilishi mumkin. Har bir material molekulyar tuzilishiga ko‘ra maMum loMqin uzunliklarida signallarni yutishi mumkin.
Masalan, Sio2 ni ultrabinafsha diapazonda χ < 4 mkm to’lqin uzunligida elektron rczonanslari mavjud. Shuningdek, infraqizil diapazonda χ > 7 mkm loMqin uzunligida tebranuvchi rezonanslari mavjud. Demak, bu rczonanslar yutish polosasi ko‘rinishida mavjud boMadi. Ikkinchi va uchinchi oynalarda yutilishning bu turi 0,03 dB/km dan ko‘p bo‘lmagan yo‘qotishlarga olib keladi. Tashqi yutilish yo‘qotishlari yorugMikning tola qo‘shimchalarida yutilishidan hosil bo’ladi.
Zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari bu yo‘qotishlar ta’sirini juda kichik darajaga kamaytirgan. Bu yo‘qotishlarni quyidagi qo‘shimchalar hosil qiladi: temir, mis, nikel, inagniy, xrom. Zamonaviy ishlab chiqarish jarayonida bu metallarning tarkibi bir milliard qismgacha kamaytirilgan. Shuning uchun ular umumiy tashqi yutish yo‘qotishlarining juda kichik qismini tashkil etadi.
Bulardan farqli ravishda gidroksil ion ( ON) lar qoldigMning mavjudligi, ya’ni ishlab chiqarish jarayonida tolada suv qoldiqlarining qolishi tashqi yutish yo‘qotishlarini sezilarli darajada oshiradi. Optik tola tarkibida ON ionlari birni yuz milliondan kam qismini tashkil etish kerak. Zamonaviy optik tolalarda mikroqo‘shimchalar miqdori juda kichikligi uchun tashqi yutilish yo‘qotishlari minimal boMib, ularni bisobga olmasa ham boMadi. Lekin ON konsentratsiyasi birdan million qismni tashkil etganda, 1390 nm to’lqin uzunligida yo‘qotishlar 50 dB boMishi mumkin [14].
Nurning sochilishidan hosil bo’ladigan yo‘qotishlar ichki yo‘qotishlar hisoblanib, optik tola o ‘zagining defektlari: havo puffakchalari, yoriqlar, tolaning bir turda emasligi, ya’ni qo‘shimchalar qo‘shilishidan shisha zichligining tasodifiy o'zgarishi tufayli yuzaga kcladi. Bu omillar yorugMik oqimi yo‘nalishini o‘zgartirib, ogishiga olib keladi, natijada sinish burchagi oshib, yorug‘lik nuri qobiqdan tashqariga sochilib ketadi. Bundan tashqari, optik tolaning bir turda emasligi, ya’ni qo'shimchalar mavjudhgi yorug‘lik oqimining ma’lum qismining teskari tomonga aks etishi — teskari sochilishga olib keladi.





Download 403.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling