Kirish O’quv fani o’qitilishi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar
Download 18.34 Kb.
|
fan xaqida malumot
Kirish 1.O’quv fani o’qitilishi bo’yicha uslubiy ko’rsatmalar. Ushbu dasturda “O’simlikshunoslik” fanining mazmuni, dala va yem-xashak ekinlarining xalq xo’jaligidagi aҳamiyati, tarqalishi, ekin maydoni, tashqi muҳitga talabi, morfologiyasi, biologiyasi, sistematikasi, yuqori ҳosilni tahminlaydigan zamonaviy ilg’or texnologiyalarni o’rgatishni o’z ichiga oladi. Fanning rivojlanishi, istiqboli va Respublikamizdagi iqtisodiy isloҳatlar bilan bog’liqligi, qishloq xo’jaligini rivojlantirishda fanning aҳamiyatini qamraydi. “O’simlikshunoslik” fanining asosiy maqsadi - dala ekinlarini va g’o’zani kam mablag’ sarflab yuqori ҳosil yetishtira oladigan va boshqara oladigan yuqori malakali mutaxassisni shakllantirish, ҳamda dalachilikda va paxtachilikda fan yutuqlari va ilg’orlar tajribasini qo’llashni o’rgatishdan iboratdir. Fanning vazifasi – uni o’rganuvchilarga: - talabani ushbu fan bo’yicha olgan nazariy va amaliy bilimlarini kurs ishlari va bitiruv malakaviy ishlarini bajarish; - ҳar bir ekin turini yetishtirish texnologiyasini tuproq- iqlim sharoitini; - g’o’zani yetishtirish texnologiyasini; - fan va texnika yutuqlarini; - xorijiy ilg’or texnologiyalari bilan bog’lash bilan maҳalliy sharoitda qo’llash bo’yicha ko’nikmalar ҳosil qilishdir. “O’simlikshunoslik” o’quv fanini o’zlashtirish jarayonida bakalavr: dala ekinlarining biologiyasini shakllanish sharoiti; kelib chiqish markazlari; ekinlarni fotosintetik faoliyati dala va yem-xashak ekinlarni intensiv usulda yetishtirish to’g’risida; fan va ilg’or ishlab chiqarish yutuqlarini o’rganish; - g’o’zani sug’orish usullari va mehyorini aniqlashni; - tumanlashtirilgan g’o’za navlarini; - ҳosilni aniqlashni; - g’o’zani marfologiyasi va biologiyasini; - tashqi muxitga bo’lgan talablarini; - o’simliklarning oziq-ovqatda, chorvachilikda va sanoatda tutgan o’rni - dala ekinlarining ҳozirgi ҳolati va istiqboli ҳaqida ҳaqida tasavvurga ega bo’lishi; - dala ekinlarini ҳosilini aniqlash; - dala ekinlarining intensiv usulda yetishtirish texnologiyalarini; o’tmishdosh ekinlarni to’g’ri tanlashni; erni ekish uchun tayyorlashni; mineral o’g’itlarni ekinlar uchun to’g’ri mehyorini aniqlashni; qishloq xo’jalik mashinalaridan, gerbitsidlardan foydalanishni; tumanlashtirilgan ekinlarning navlarini; - ekinlarni ҳosilini aniqlashni; - g’o’zani sug’orish usullari va mehyorini aniqlashni; - rayonlashtirilgan g’o’za navlarini; - ҳosilni aniqlashni; - g’o’zani marfologiyasi va biologiyasini; - tashqi muxitga bo’lgan talablarini bilishi va ulardan foydalana olishi; - talaba dala ekinlarini yetishtirishda muqobil navni tanlash; - o’tmishdosh ekinlarni tanlash; - yerni ekish uchun tayyorlash; - mineral o’g’itlarni ekinlar uchun tanlash; -tumanlashtirilgan ekin navlarini; -ekinlarni sug’orish usullar va mehyorini aniqlash; - qishloq xo’jalik mashinalaridan va gerbitsidlardan foydalanish va qo’llay olish ҳamda ҳosilni yig’ishtirib olish yuzasidan ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak. talaba yer maydoni, urug’lik, o’g’it, yadoximikatlar, defoliant va desikantlar ҳisobi to’g’risida, erni ekishga tayyorlash, urug’ni ekishga tayyorlash, ekish qator oralariga ishlov berish, o’g’itlash, sug’orish, dalani terimga tayyorlash; ҳosilni yig’ishtirib olish ishlari bo’yicha malakalarga ega bo’lishi kerak; Download 18.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling