Kirish O’quvchilar maktab formasida. Sinfda O’zbekiston Respublikasi ramzlari va xaritasi bor. O’zbekiston iqtisodiga oid plakatlar. Asosiy g’oya


Download 455.49 Kb.
bet31/78
Sana22.04.2023
Hajmi455.49 Kb.
#1378440
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   78
Bog'liq
ona tili 5 sinf 1 chorak dars ishla

Dars etaplari

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

2

2

Takrorlash

10

3

Yangi mavzu bayoni

15

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

15

5

O`quvchilarni baholash

2

6

Uyga vazifa

1

Darsning borishi: I.Tashkiliy qism
1) salomlashish; 4) yangiliklar;
2) davomat; 5) uyga vazifa.
3) navbatchi hisoboti;
II.O`tilganlarni takrorlash
1.-mi yuklamasi qanday yoziladi?
2.-chi va -a (-ya) yuklamalarining yozilishini misollar asosida tushuntiring
3.So'roq olmoshlari yordamida ifodalangan so'roq gaplar so'roq yuklamalari
yordamida ifodalangan so'roq gaplardan qanday farq qiladi?
4.Belgini (rang, maza, hajm va boshqalar), o'rinni, miqdorni, shaxsni, narsani
bildiruvchi so'roqlarni aniqlang
5.Qanday gaplar so'roq gap hisoblanadi?
6.So'roq gaplar qanday vositalar yordamida ifodalanadi?
7. So'roq gap oxiriga qanday tinish belgisi qo'yiladi?
III.Yangi mavzu bayoni
1-topshiriq. O'qi, bajar fe'llari ishtirokida ikkita gap tuzing. Tuzgan gaplaringizning
darak va so'roq gaplardan nimasi bilan farq qilayotgar ayting.
Buyurish, da'vat qilish ma'nolarini bildirgan gaplar buyruq gap sanaladi.
Masalan: Chiroyli yoz.
Buyruq gaplarning kesimi buyruq shaklidagi fe'llar orqali ifodalanadi. Buyruq gap
oxiriga nuqta qo'yiladi.
100-mashq. «Kattaga hurmatda, kichikka izzatda bo'l» maqolini qanday
tushunasiz? Sizning orangizda bunga amal qilmaydigan bolalar bormi?
101-mashq.Gaplarni o'qing, buyruq gapni hosil qiluvchi vositalar haqida so`zlang.
Kim bilan do'stlashish kerakligi haqida siz ham o'ylab ko'ring.
Agar sen haqiqiy do'st topmoqchi bo'lsang, quyidagilarga amal qil:
_ Do`stingdan hech narsani ayama.
-uning nuqsonlarini yashir, faqat o'ziga ayt, toki ularni tuzatib olsin.
-Do`sting gapirganda diqqat bilan quloq tut!
_ Uning gaplaridan ayb qidirma.
-Unga hurmat bilan munosabatda bo'l.
-U yo'qligida orqasidan yomonlama.
-Do`sting quvonsa, quvon, qayg'ursa, qayg'ur.
-Kerak bo`lganda uni himoya qil! (Husayn Voiz Koshifiy)
102-mashq. Gaplarni ko'chiring. Buyruq gapni hosil qilayotgan qo`shimchalar, vositalar tagiga chizing, izohlang.


Download 455.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling