Kirish O’quvchilar maktab formasida. Sinfda O’zbekiston Respublikasi ramzlari va xaritasi bor. O’zbekiston iqtisodiga oid plakatlar. Asosiy g’oya


Download 455.49 Kb.
bet27/78
Sana22.04.2023
Hajmi455.49 Kb.
#1378440
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   78
Bog'liq
ona tili 5 sinf 1 chorak dars ishla

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash

Savol va topshiriqlar
1. Qanday gaplar so'roq gap hisoblanadi?
2.So'roq gaplar qanday vositalar yordamida ifodalanadi?
3. So'roq gap oxiriga qanday tinish belgisi qo'yiladi?
V.O`quvchilarni baholash
VI.Uyga topshiriq. 90-mashq.
O'qiyotgan badiiy asaringizdan so'roq gaplarga misollar yozing.

Ko’rib chiqild: O I B D O’ D. Sohibova


Ona tili



5-“A” “B” -sinf
.Sana:__________________________
Mavzu: So`roq olmoshlari yordamida ifodalangan gaplar
Darsning maqsadlari:
a) ta`limiy: So`roq olmoshlariyordamida ifodalangan gaplar haqida bkmlar hosil qilish;
b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish;
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodi: savol-javob
Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar
Darsning blok sxemasi



Dars etaplari

Ajratilganvaqt

1

Tashkiliy qism

2

2

Takrorlash

10

3

Yangi mavzu bayoni

15

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

15

5

O`quvchilarni baholash

2

6

Uyga vazifa

1

Darsning borishi: I.Tashkiliy qism
1) salomlashish; 4) yangiliklar;
2) davomat; 5) uyga vazifa.
3) navbatchi hisoboti;
II.O`tilganlarni takrorlash
1. Qanday gaplar so'roq gap hisoblanadi?
2.So'roq gaplar qanday vositalar yordamida ifodalanadi?
3. So'roq gap oxiriga qanday tinish belgisi qo'yiladi?
III.Yangi mavzu bayoni
1-topshiriq. Shaxsni, miqdorni, o'rinni aniqlash uchun beriladigan so`roqlarni toping
va ularni gap ichida keltiring.
2-topshiriq. Belgini, paytni, narsa va hodisalarni aniqlash uchun beriladigan
so'roqlami toping va ular ishtirokida gap tuzing.So`roq gaplar tarkibida ko'pincha
so'roq olmoshlari ishtirok etadi.
So'roq olmoshlari yordamida ifodalangan so'roq gaplar so`roqqa javob bo'luvchi
so'zni talab qiladi.
Masalan: - Ko'chatlarga kim suv quydi? -Salim.
91-mashq.Nuqtalar o'rniga so'roq olmoshlaridan mosini qo'yib, gaplarni
daftaringizga ko'chiring. Savollarga javob berishga harakat qiling.
1.Uchi ochilmagan qalamning ... qirrasi bor?
2. Boku ... davlatning poytaxti sanaladi?
3. Qo'rqma, yuraging yorilmasin, ... yotibsan?
4. Ketsang, yana ... kelasan?
5. Bobo,... odobli? Menmi Shuhratmi, ayting, axir?
92-mashq

So’roq olmoshlari

So’roq olmoshlari asosidagi gaplar

























93-mashq.Matnni o'qing. So'roq gaplarni topib, ifodalanish usullarini tushuntirib bering.
Sobir buvajonini o'zining kutilmagan, ba'zan esa qiyin savol bilan ajablantirib, hatto
shoshirib ham qo'yardi. Bir kuni buvasining yelkasida bog'chaga ketayotgan Sobir, o'zim
yuraman, deb yerga tushdi. Chopqillayman deb qoqilaverdi. Shunda buvasi:
-Ko'zingga qarab yur, bo'tam, - degandi, Sobir:
-Ko'zimga nima bilan qarayman, - deb buvasini kuldirdi.
Boshqa safar u buvasidan so'rab qoldi:
-Aql nimada, buvajon!
-Aql ...-Nodir buva o'ylabolib,dedi:-Bu-es-hush. Miyada bo'ladi
-Miyada bo'lsa, uni qanaqa qilib yeb bo`ladi?
-Kimdan eshitding buni?
-Oyim aytdi-ku: «Aqlingni yeb qo'yibsan!» deb.
Bu ham Nodir buvaning soqolini selkillatib kulishiga sabab bo'ldi. (Hakim Nazir)
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash

Savol va topshiriqlar
1.So'roq olmoshlari yordamida ifodalangan so'roq gaplar so'roq yuklamalari yordamida
ifodalangan so'roq gaplardan qanday farq qiladi?
2.Belgini (rang, maza, hajm va boshqalar), o'rinni, miqdorni, shaxsni, narsani bildiruvchi
so'roqlarni aniqlang.

Download 455.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling