Kirish O’quvchilar maktab formasida. Sinfda O’zbekiston Respublikasi ramzlari va xaritasi bor. O’zbekiston iqtisodiga oid plakatlar. Asosiy g’oya


Download 455.49 Kb.
bet26/78
Sana22.04.2023
Hajmi455.49 Kb.
#1378440
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   78
Bog'liq
ona tili 5 sinf 1 chorak dars ishla

Darak gap

So’roq gap

Buyruq gap

Istak gap

Mustaqillikning oydin yo’lidan ketyapmiz

O’zbekiston BMTga qachon a’zo bo‘lgan

Ona yurtingni ko’z qorachig’iday asra

Ertaga yomg’ir yog’masa edi







































IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
Savol va topshiriqlar
1.Gapning ifoda maqsadi deganda nimani tushunasiz?
2.Ifoda maqsadiga ko'ra gapning qanday turlarini bilasiz?
3.Gapning ifoda maqsadiga ko'ra turlariga misollar keltiring.
V.O`quvchilarni baholash
VI.Uyga vazifa
82-mashq. O'zingiz yoqtirgan badiiy asardan gapning ifoda maqsadiga ko'ra turlarining har biriga 2 tadan misol yozing.

Ko’rib chiqild: O I B D O’ D. Sohibova


Ona tili

5-“A” “B” -sinf


Sana:__________________________
Mavzu: Darak gap
Darsning maqsadlari:
a) ta`limiy: darak gap haqida bkmlar hosil qilish;
b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish;
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodi: savol-javob
Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar
Darsning blok sxemasi



Dars etaplari

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

2

2

Takrorlash

10

3

Yangi mavzu bayoni

15

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

15

5

O`quvchilarni baholash

2

6

Uyga vazifa

1

Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
1) salomlashish; 4) yangiliklar;
2) davomat; 5) uyga vazifa.
3) navbatchi hisoboti;
II.O`tilganlarni takrorlash
1.Gapning ifoda maqsadi deganda nimani tushunasiz?
2.Ifoda maqsadiga ko'ra gapning qanday turlarini bilasiz?
3.Gapning ifoda maqsadiga ko'ra turlariga misollar keltiring.
III.Yangi mavzu bayoni
1-topshiriq.Oromgohda ko'rganlaringiz haqida hikoya qilib bering unda qanday
gaplardan foydalanganingizni ayting.
2-topshiriq. Maktab direktori nomiga ariza yozing. Qanday gaplardan
foydalanganingizni ayting.
Darak gapda biror voqea-hodisa haqida xabar beriladi. Shuning darak gaplarning kesimi darak-xabar ma'nosini bildiruvchi so`zlar yordamida ifodalanadi. Masalan: Vatanimizning har bir qarich yerini qadrlaymiz.
Darak, xabar ma'nosini bildiruvchi gaplarga darak gaplar deyiladi. Darak gaplar oxiriga yozuvda doimo nuqta qo`yiladi.
83-mashq .Gaplarni o'qib, ularning nima sababdan darak gap ekanligini aytib bering.
Quduq yonida uch xotin uchrashib qolishdi. Biri o'z o'g'lini juda sho`x, yerga ursa osmonga sapchiydi, deb maqtandi. Ikkinchisi o'g'lining ashula aytishini ulug'ladi. Uchinchi ayol o'g'li haqida hech narsa demadi.
Shunda uchala ayolning o'g'illari kelib qolishdi. Birinchi bola hushtak chalib , osmonga tosh otdi. Ikkinchisi ashula boshladi. Uchinchi ayolning o`g`li kelib,onasining qo'lidan paqirni olib, unga yordamlashdi.
Aytinglar-chi, kimning o'g'li yaxshi ekan?
(O'. Hoshimov)
84-mashq. So'roq gaplarni darak gaplarga aylantirib ko'chiring.
Vatanning muqaddas tushuncha ekanligini bilasizmi? Dunyoda onadan
ulug`roq bormi?Kitobning bilim manbayi ekanligini kim ham bilmaydi
deysiz? Yaxshilik yerda qoladimi? Yaxshi do'st o'rtog'iga xiyonat qiladimi?
85-mashq. Harflarni o'z o'rniga qo'yib chiqsangiz, darak gap
shaklidagi xalq maqoli kelib chiqadi. Uni toping.

K

T

I

N

I

O

M

B

B

B

M

A

I

I

A

I

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash
Savol va topshiriqlar
1.Qanday gaplarga darak gap deyiladi?
2.Darak gaplar oxiriga qanday tinish belgisi qo'yiladi?
V.O`quvchilarni baholash
VI.Uyga topshiriq.
86-mashq. Quyidagi so'zlardan foydalanib, darak gaplar tuzing. Gapda so'zlarning bog'lanishiga diqqat qiling.
I. Go'zallik, husn, emas, mehnat.
2. Mehnat, mehnat, tag, rohat. .
3. Mehnat, kel, boylik, turmush, bo'l, chiroyli.
4. Daryo, suv, bahor, tosh, odam, qadr, mehnat, osh.
5. Hurmat, savlat, mehnat, davlat

Ko’rib chiqild: O I B D O’ D. Sohibova


Ona tili



5-“A” “B” -sinf
Sana:__________________________
Mavzu: So`roq gap
Darsning maqsadlari:
a) ta`limiy: So`roq gap haqida bkmlar hosil qilish;
b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish;
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash.
Dars metodi: savol-javob
Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar
Darsning blok sxemasi



Dars etaplari

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

2

2

Takrorlash

10

3

Yangi mavzu bayoni

15

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

15

5

O`quvchilarni baholash

2

6

Uyga vazifa

1

Darsning borishi: I.Tashkiliy qism
1) salomlashish; 4) yangiliklar;
2) davomat; 5) uyga vazifa.
3) navbatchi hisoboti;
II.O`tilganlarni takrorlash
1.Qanday gaplarga darak gap deyiladi?
2.Darak gaplar oxiriga qanday tinish belgisi qo'yiladi?
III.Yangi mavzu bayoni
1-topshiriq. Kim, nima, qachon so'roq bildiruvchi so'zlar ishtirokida gap tuzing. Gaplarning farqini ayting.
2-topshiriq. Quyida berilgan gaplarning qanday javob talab qilishiga ko'ra farqini ayting.
1. Siz qaysi yozuvchilarni sevasiz?
2. Abdulla Qodiriyning O'tkan kunlar» romanini o'qiganmisiz?
So'roq ma'nosini bildirgan gaplar so'roq gaplar hisoblanadi.
So'roq gaplar so'roq olmoshlari (kim?, nima?, qayer?, qancha? kabi), so'roq yuklamalari (-mi, -chi, -a (-ya) yoki so'roq ohangi yordamida ifodalanadi. Masalan: - Tunda yo'lga chiqamiz. - Tunda?
Yozuvda so'roq gap oxiriga so'roq (?) belgisi qo'yiladi.
87-mashq. Darak gaplarni so'roq gaplarga aylantirib, daftaringizga ko'chiring.

Darak gaplar

So’roq gaplar

Bepoyon sahro




Quyosh olov seli purkaydi




Ufq qadar yastangan sarhadsiz qumlikda qilt etgan tirik jon ko’rinmaydi




Ahyon-ahyonda ko’hna sardobalar uchraydi




(X. Sultonov)


88-mashq. So'roq gaplarni hosil qiluvchi vositalarga diqqat qiling. Savollarga
og'zaki javob bering.
Mustaqil yurt deganda nimani tushunasiz? Bo'sh paytingizda onangizga yordam
berasizmi? Ogohlik nima degani? Bolalar qanday sifatlarga ega bo'lishi kerak? Jaloliddin Manguberdi kim bo'lgan? Qanday xalq ertaklarini o'qigansiz? Kelajakda kim bo'lmoqchisiz?
87-mashq. Nuqtalar o'rniga so'roq olmoshlari yoki so'roq yuklamalarini qo'yib
gaplarni daftaringizga ko'chiring.
-... tishlaysan? - dedi Til duduqlana-duduqlana Tishga.
-...uchingdan ozginasini uzib tashlamoqchi edim-da!-javob qildi Tish.
-...Gunohim ...?
-…Shuni ham bilmaysan..., ko'ringanga zahar sochasan, hamma sendan bezor.
Sal qisqartirib qo'ysam, shirinroq bo'lar ...ding?
Qissadan hissa: Tilning zahari - jonning azobi.

Download 455.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling