Kirish O’quvchilar maktab formasida. Sinfda O’zbekiston Respublikasi ramzlari va xaritasi bor. O’zbekiston iqtisodiga oid plakatlar. Asosiy g’oya


Download 455.49 Kb.
bet24/78
Sana22.04.2023
Hajmi455.49 Kb.
#1378440
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   78
Bog'liq
ona tili 5 sinf 1 chorak dars ishla

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Diktant matnini o`qib eshittirish

3 daqiqa

3

Diktant mazmunini so`rash

2 daqiqa

4

Qiyin va notanish so`zlarni aniqlash

1 daqiqa

5

Diktant

32 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
1) salomlashish; 4) yangiliklar;
2) davomat; 5) uyga vazifa.
3) navbatchi hisoboti;


II. Diktant matnini o`qib eshittirish.
O’qituvchi tomonidan diktant matni o’qib beriladi.
III. Diktant mazmunini so`rash.
O’qituvchi o’quvchilardan o’qib berilgan diktant mazmunini so’raydi.


IV. Qiyin va notanish so`zlarni aniqlash.
Qiyin va notanish so’zlar o’qituvchi tomonidan aytib eshiladi va doskaga yozib ko’rsatiladi.


V. Diktant


MAHALLA-TARBIYA MASKANI

Biz uchun oilamiz ko‘z ochib ko‘rgan dargoh bo‘lsa, mahallamiz muqaddas Vatanimiz ichidagi mo‘jaz vatandir. Zotan, mahalla oilalardan tashkil topadi. Farzandlar oila bag‘rida kamol topgani kabi oila ham mahalla ko‘z oldida barpo bo‘ladi, uning ichida ravnaq topadi. Mahalla oilaning eng yaqin maslahatchisi, ishonchli tayanchidir.


Xursandchilik kunlari ham, boshga ish tushgan onlarda ham bir-biriga hamdard va hamnafas bo‘lish mahalladoshlarning qadimdan kelayotgan o‘lmas xususiyati. Zero, o‘zbek mahallasi shunday bir dargohki, unda insonlar bir-biri bilan opa-singil, aka-uka, quda-anda, do‘st-birodar bo‘lib ketadi. Odamlar o‘zaro quvonch va g‘amlarga sherik, farzand tarbiyasida mas’ul, yutuqlar ham kamchliklar ham mahalla ahliga baravar bo‘lib tushadi. Zero, xalqimiz “Otang-mahalla, onang-mahalla” degan naqlni bilib aytgan.
Darhaqiqat, mahalla o‘zbeklarning tarixan shakllangan, yagona maqsad bilan yashab, faoliyat ko‘rsatuvchi, xalqning turmush tarzi, ruhiyati, ijtimoiy hayotining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi ijtimoiy institutdir. Mahalla milliy an’analarimiz, urf-odatlarimiz, axloqiy-ma’naviy qadriyatlarimizni avloddan avlodga sog‘-omon yetkazuvchi muqaddas maskan bo‘lib kelyapti.
Insonlarning millati, dini, irqi, tili, ijtimoiy kelib chiqishdan qat’iy nazar, ularni ezgulik yo‘lida jipslashtiruvchi katta oila hisoblangan o‘zbek mahallasi barchaning bir-biriga o‘zaro hurmati, muhabbati, mustahkam do‘stligi asosida yashaydi, faoliyat ko‘rsatadi.
(173 so‘z).
VI.Uyga vazifa: Test tuzish.

Sana :_______________________________________________________
Sinf:_______________________________________________________

Download 455.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling