Kirish O’quvchilar maktab formasida. Sinfda O’zbekiston Respublikasi ramzlari va xaritasi bor. O’zbekiston iqtisodiga oid plakatlar. Asosiy g’oya


Umumlashtiruvchi so'z uyushiq bo'laklardan oldin kelsa, umumlashtiruvchi so'z bilan uyushiq bo'laklar o'rtasiga ikki uuqla (:) qo'yiladi


Download 455.49 Kb.
bet65/78
Sana22.04.2023
Hajmi455.49 Kb.
#1378440
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   78
Bog'liq
ona tili 5 sinf 1 chorak dars ishla

Umumlashtiruvchi so'z uyushiq bo'laklardan oldin kelsa, umumlashtiruvchi so'z bilan uyushiq bo'laklar o'rtasiga ikki uuqla (:) qo'yiladi.
Ma sal an: Bog'imizda mevalar: olma, o'rik, shaftolilar bor.
Umumlashtiruvchi so'z uyushiq bo'lakdan keyin kelsa, uyushiq bo`lak va umumlashtiruvchi so'z o'rtasiga tire (-) qo'yiladi.
Masalan: Kutubxonamizda Abdulla Oripov, Erkin Vohidov,Usmon Azimov - barcha taniqli shoirlarning asarlari bor.
168-mashq. Matnni o'qib, mazmunini sharhlab bering. Uyushiq bo`laklar va umumlashtiruvchi so'zni topib, izohlang.
Bir g'oz suvda suzib yurib, o'ziga o'zi maqtandi:
Olamda men kabi iqtidorli bo'lmasa kerak. Menda uch hunar: yugurish, suzish, uchish bor. Shuning uchun yer, suv, havo - uch makon mening izmimda. Bir o'zimda uch qobiliyat mujassam!
G'ozning bu so'zlarini eshitib turgan Qurbaqa dedi: Birodar, muncha maqtanmasang ham bo'lar edi. Sen aytayotgan qobiliyat uch jonivorning: kiyikning, baliqning, lochinning ishidir. Valekin kiyikdek yugurolmaysan, suvda baliqdek suzolmaysan, havoda lochindek ucholmaysan, chala-chulpa uch hunarni bilguncha, birini yaxshilab bilganing yaxshi edi. (Abdulla Avloniy)
169-mashq.Umumlashtiruvchi bo`laklarni topib, tinish belgilarining ishlatilishini tushuntiring.
1 Yaxshi xulqlar: diyonat, qanoat, shijoat, vijdon, Vatanni suymak va boshqalar insonni ulug'laydi. (Abdulla Avloniy) 2. G'azab, jaholat, jaholat , g'iybat, tama, zulm-yomon xulqlar kishini tubanlik qa'riga tashlaydi. (Abdulla Avloniy) 3. Quyosh, havo, suv-hammasi bizning eng qadrli do'stimiz.
170-mashq. Uyushiq bo'laklardan avval yoki keyin umumlashtiruvchi so'z qo'yib gaplarni ko'chiring. “O’yla, izla, top” metodi orqali mashq bajariladi.

T/r


Download 455.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling