Kirish O’quvchilar maktab formasida. Sinfda O’zbekiston Respublikasi ramzlari va xaritasi bor. O’zbekiston iqtisodiga oid plakatlar. Asosiy g’oya


Download 455.49 Kb.
bet56/78
Sana22.04.2023
Hajmi455.49 Kb.
#1378440
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   78
Bog'liq
ona tili 5 sinf 1 chorak dars ishla

b) tarbiyaviy: o`quvchilarda ona tiliga muhabbat, hurmat tuyg’usini o‘stirish, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og`zaki va yozma nutqni o`stirish, ularni ijodiy fikrlashga undash.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Dars metodi: savol-javob
Dars jihozi : darslik, tarqatma materiallar, rag’bat kartochkalari, doska, bo’r
Darsning blok sxemasi



Dars etaplari

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

2

2

Takrorlash

10

3

Yangi mavzu bayoni

12

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

18

5

O`quvchilarni baholash

2

6

Uyga vazifa

1

Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism
1) salomlashish; 4) yangiliklar;
2) davomat; 5) uyga vazifa.
3) navbatchi hisoboti;
II.O`tilganlarni takrorlash
1.Sodda yig'iq gap deganda nimani tushunasiz?
2.Sodda yoyiq gap deb qanday gapga aytiladi?
3. Hol deganda nimani tushunasiz?
4.Gapirdi kesimini qachon? ,qayerda?, so`roqlariga javob bo`luvchi hollar bilan kengaytiring.
5. Qachon? qayerda? qanday qilib? nima uchun? nima maqsadda? so`roqlari nimalarni aniqlash uchun beriladi?
6.To'ldiruvchi deganda qanday bo'lakni tushunasiz?
7.To'ldiruvchi qanday hokim bo'lakka bog'lanadi?
8.To'ldiruvchi qanday bog'lovchi vositalar yordamida bog'lanadi?
9.Aniqlovchi deganda nimani tushunasiz?


III.Yangi mavzu bayoni
1-topshiriq. Nuqtalar o'rniga quyida berilgan so'zlarning sifatlovchilarini topib ko`chiring.
„, gul,... olma,...uy,...ko'cha.
2-topshiriq. Quyida berilgan kataklarni mos so'zlar bilan to'ldiring.

c hiroyli , zebo , ,so'lim


Hokim bo'lakdan anglashilgan narsaning belgisini bildirib, qanday?, qanaqa?, qaysi?, qancha? so'roqlariga javob bo`ladigan aniqlovchiga sifatlovchi aniqlovchi deyiladi.
155-mashq. Matnni sinchkovlik bilan o'qing. Mazmunini so'zlab berishga tayyorlaning Ajratib ko'rsatilgan so'zlarning qanday so'roqqa javob bo`lishini hamda qaysi gap bo'lagi bo'lib kelayotganini aniqlang.
Bugunga kelib ekologik muammo hayotimizning eng dolzarb masalasiga aylandi. Uzoq yillar davomida bu muammolarni hal etish uchun jiddiy ish olib borishga yo'l berilmadi. U davrlarda bepoyon o'lkamizning beqiyos boyliklarini asrash butunlay yot tushuncha edi. Natijada serunum yerimiz kasallandi, beg'ubor havo, musaffo suvlar bulg'andi. Hozirda tabiatga qarash butunlay o'zgardi.
Topshiriq. Quyidagi savollarga javob bering:
1. Ekologiya dej nimani tushunasiz?
2. Matnda qaysi davr voqeligi aks etgan?
156-mashq. Hayvonlar, qushlar hamda o'simliklar dunyosiga munosabatingizni ifodalab bir nechta gap tuzing. Ularda sifat, ot, olmosh bilan ifodalangan sifatlovchi aniqlovchilarni qo'llang.

Download 455.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling