Nazorat turi: Test
Test miqdori : 20 ta
Tekshiriladigan bkmlar soni : 20 ta
Reglament : 45 daqiqa
Darsning borishi
1.Tashkiliy qism
Darsning blok sxemasi
№
|
Dars etaplari
|
Ajratilgan aqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
2
|
2
|
Nazorat turi bilan tanishtirish
|
4
|
3
|
Nazoratga qo`yilgan talablar bilan tanishtirish
|
12
|
4
|
Nazorat
|
20
|
5
|
O`quvchilarni baholash
|
5
|
6
|
Uyga vazifa
|
2
|
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism
1) salomlashish; 4) yangiliklar;
2) davomat; 5) uyga vazifa.
3) navbatchi hisoboti;
II.Nazorat turi bilan tanishtirish
__O’qituvchi tomonidan o’quvchilarga nazorat turi tushuntiriladi.
III.Nazoratga qo`yilgan talablar bilan tanishtirish
___O’qituvchi o’quvchilarni nazoratga qo’yilgan talablar bilan tanishtiradi. Ya’ni nazorat testini ishlagandan so’ng ustidan bo’yab boshqa variant yozilsa, xato hisoblanadi. 20 ta testni 20 daqiqa ichida o’quvchilar ishlab topshirishi kerak, ya’ni har bir test uchun 1 daqiqadan vaqt ajratiladi.
IV.Nazorat: TEST
1. Til nega ijtimoiy hodisa hisoblanadi?
1)til jamiyatga xizmat qiladi;
2)til odamlarning o'zaro munosabatga kirishuviga, aloqa qilishiga xizmat qiladi;
3)tilni bir shaxs yaratgani uchun ijtimoiy hodisa hisoblanadi;
A) 2 va 3 B) 2 C) 1 va 3 D) 1 va 2
2.Tinish belgilari va ularni yozma nutqda to'g'ri qo'llash yo'l-yo'riqlarini o'rgatuvchi tilshunoslik bo'limi qanday nomlanadi?
A) sintaksis B) punktuatsiya C) fonetika D) grafika
3.So'zlarning bog'lanishi necha xil bo'ladi?
A) 5 B) 4 C)3 D)2
4.So'roq so'z birikmasi tarkibidagi so'zlarning qaysi biriga beriladi?
A) hokim so'zga B) tobe so'zga C) hokim yoki tobe so'zga D) so'z birikmasi tarkibidagi barcha so'zlarga
5.Chiroyli bino. Ushbu so'z birikmasidagi hokim so'z qaysi qatorda berilgan?
A) chiroyli B) bino C) chiroyli bino D) to'g'ri javob yo'q
6.Qanday vosita orqali ifodalangan so'roq gaplar ha yoki yo'q javoblarini talab qiladi?
A) so'roq olmoshlari yordamida B) so'roq yuklamari yordamida
C) so'roq ohangi yordamida D) undov so'z yordamida
7.Qaysi gapda egadan keyin tire qo'yilmagan?
A) Duo olgan omondir B) Qarg'ish olgan yomondir C) Ota-ona ulug'dir D) Aqlli qariya oqib turgan daryo
Do'stlaringiz bilan baham: |