Undalmalar gapning boshida, o'rtasida va oxirida ishlatiladi.
Masal an:1. Navbahorim, o'zing ayt... O'zing, navbahorim,ayt .O'zing ayt, navbahorim. (Quddus Muhammadiy)
Undalmalar gapning qayerida kelishidan qat'i nazar boshqa bo'laklardan vergul bilan ajratiladi. Tahlilda uning ostiga ikkita to'lqinli chiziq chiziladi.
Masalan: Sen, Murod, nega indamaysan?
Undalmalar his-hayajon bilan aytilsa, ulardan so'ng undov belgisi qo'yiladi. Masalan: Men sizni quyosh deb atayman,
176-mashq. Matnni o'qing. Undalmalarni topib izohlang, tinish belgilariga diqqat qiling.
Bir bola ko'chada yig'lab o'tirar edi. O'tib ketayotgan kishilardan biri: «O`g'lim, sanga nima bo'ldi? Nega muncha yig'laysan?» - deb so`radi. Bola: «Bir tiyin aqcham bor edi, yo'qotib qo'ydim. Shuning uchun yig'layapman»,-dedi. U kishining bolaga rahmi kelib, «Mana, o'g'lim, aqchang yo'qolgan bo'lsa, man sanga boshqasini beraman»,- deb cho'ntagidan bir tiyin aqcha chiqarib berdi. Bola aqchani olib yana avvalgidan ortiq yig'lamoqqa boshladi. U kishi: «Yana nimaga yig'laysan?»-desa, bola: «Oh, otajon! Agar o'z aqcham yo'qolmagan bo`lsa edi, hozir aqcham ikki tiyin bo`lar edi», -dedi.
Ko'zing och bo'lmasin, o'g'lim, ko'zing och,
Qanoatsiz kishini uxlatib qoch. (Abdulla Avloniy)
1-topshiriq. Matnga sarlavha toping. Unda qanday ibratli fikr ifodalangan deb o'ylaysiz?
2-topshiriq. Matn oxirida berilgan baytning birinchi misrasida «ko'zing och" birikmasi ikki marta qo'llangan. Ular orasidagi ma'no farqini tushuntiring.
177-mashq. Undalmalar gapning qaysi o'rnida kelayotganligign e`tibor bering, tinish belgilarining ishlatilishini tushuntiring.
1.Do'stim, biror narsaga muhtoj bo'lsang, yashirma. (Ertakdan)2.Xush kelibsizlar, qo'noqlar, poyqadamingizga hasanot. (Mirkarim Osim)3. Biror boshqa kasb qilsang bo'lmaydimi, bolam. (G'afur G'ulom Bilasan-ku, jon bolam, kam uyqu bo'lib qolganman.(O'.Hoshimov)
Do'stlaringiz bilan baham: |