O’zbekistonning eng yangi tarixini o’rganish
Bugungi kunda yaqin va uzoq tariximiz bilan birgalikda, tarixning eng yangi davrini ham o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi
O’zbekistonning eng yangi tarixi davrini o’rganishning ahamiyati shundaki, bunda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar va o’zgarishlar haqida ma’lunotlarga ega bo’lamiz hamda o’rganamiz
Buyuk kelajak bilan bog’liq istiqboldagi strategik maqsadlarimizni ham teran anglaymiz
- Tarixiy hodisa va voqealarni, hujjat va faktlarni ilmiy, xolisona o‘rganish va tahlil qilish;
- tarixni milliylik va umuminsoniylik asosida o‘rganish va tahlil qilish;
- tarixni haqqoniy, tarixiy-falsafiy mantiqiylik asosida o‘rganish va yozish;
- tarixga milliy va umuminsoniy xotira va qadriyat sifatida hurmat va ehtirom bilan e’tiborli bo‘lish;
- xalq, buyuk davlat arboblari va rahbarlari, iste’dodli va qobiliyatli, fidokor va qahramon kishilarning tarixda tutgan o‘rniga alohida e’tibor berish;
- tarixiy voqea va hodisa, hujjat va faktlarning to‘g‘ri va noto‘g‘riligini aniqlashda tarixiy-tanqidiylik usuliga amal qilish;
- tarixni o‘rganishda tarixiy izchillikka amal qilish;
- tarixni ilmiy-ijodiy qiyoslash va tanqidiy asosda o‘rganish;
- etnografiya, arxeologiya, antropologiya, geneologiya va boshqa fanlarning yutuqlari hamda usullaridan foydalanish;
- tarixni o‘rganishga vorisiylik va uzviylikka, eng muhimi mantiqiylikka amal qilish.
O’tgan davr mobaynida mamlakatimiz tarixidagi voqealar ko’lami va o’sish sur’ati fan va ta’lim oldiga ularni tizimli ravishda o’rganish vazifasini qo’ydi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 27 yanvardagi “O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida O’zbekistonning eng yangi tarixi bo’yicha Jamoatchilik Kengashini tuzish to’g’risida”gi Qarorning qabul qilinishi hamda Kengashning ishchi organi bo’lgan Muvofiqlashtiruvchi –metodik markazning tashkil etilishi bunday tizimli anglashning muhimligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |