O’zbekistonning eng yangi tarixini tizimli ravishda tarixiylik va xolislik prinsiplariga asoslangan holda o’rganishni tashkil etish, shuningdek, buyuk tarixiy-madaniy merosga ega bo’lgan va jahon sivilizatsiyasining rivojiga ulkan hissa qo’shgan o’zbek xalqining tarixiy o’tmishi va bugungi kuniga baho berishda bir yoqlama yondashuvlarga, aqidaparastlikka yo’l qo’ymaslikka yo’naltirilgan bo’lib, unda O’zbekiston ilmiy jamoatchiligi oldiga o’quv, ilmiy, o’quv-metodik adabiyotlarni tayyorlash va yangi avlod nashrlarini chop etish bo’yicha ishlarni muvofiqlashtirish, ularda O’zbekistonning eng yangi tarixini umumjahon va mintaqaviy jarayonlar bilan, shuningdek, hozirgi O’zbekiston hududida shakllangan xalqlar va davlatlar sivilizatsiyasining tarixiy-madaniy merosi bilan uzviy bog’liq holda ko’rib chiqishni ta’minlash kabi vazifalar belgilab qo’yildi
Yoshlarni mamlakatimiz poytaxti va tarixiy shaharlarimizning diqqatga sazovor joylari, maydon va hiyobonlari, muzeylariga tashriflarini ko’proq tashkil etish lozim. Samarqand, Buxoro, Xiva, Marg’ilon, Qo’qon, Termiz, Shahrisabz kabi qadimiy shaharlarimiz yoki poytaxt Toshkent sahridagi “Mustaqillik maydoni”, “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi, ikkinchi jahon urushida jonini fido etgan xalqimizning munosib farzandlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida bunyod etilgan “G’alaba bog’i”, “Shon-sharaf” muzeyi, “Matonat madhiyasi” monumenti, “Хоtira maydoni”, sohibqiron Amir Temur xotirasiga bag’ishlab barpo qilingan “Amir Temur xiyoboni” ga uyushtiriladigan har bir tashrif yoshlarda mustaqilligimiz, ona-yurtimizning shon-shuhratiga yuksak hurmat tuyg’ularini yuksaltirishi tabiiy.
O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 20 noyabrdagi “O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonuni
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni
O‘zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”
“Maktab ta’limini rivojlantirishning umummilliy dasturi”
Do'stlaringiz bilan baham: |