Kirish Qishloq xo’jaligini tutgan o’rni


Download 0.54 Mb.
bet3/8
Sana09.05.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1448017
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O\'zbekistonda fermer va dehqon xo’jaliklarini rivojlantirish vazifalari

Subsidiya (lotincha: subsidium — yordam, nafaqa, qoʻllabquvvatlash) — davlat byudjeti, mahalliy byudjetlar mablagʻlari yoki maxsus fondlardan jismoniy va yuridik shaxslarga, mahalliy organlarga, boshqa davlatlarga beriladigan pul mablagʻi yoki natural shaklidagi yordam.
O‘tkazilgan islohotlar natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining 99 foizidan ortig‘i fermer va dehqon xo‘jaliklari hamda tomorqa yer maydonlarida yetishtirilishiga erishildi.
Shu bilan birga, fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishda, tizimda bozor mexanizmlarini joriy etishda, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini yanada rivojlantirishda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini barqaror oshirib borishda hamda yer maydonlaridan samarali foydalanishda qator muammo va kamchiliklar kuzatilmoqda. Xususan:
birinchidan, fermer xo‘jaliklarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, fermerlik harakatini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan O‘zbekiston fermerlari kengashi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni yetarli darajada bajara olmadi;
ikkinchidan, aholi ixtiyoridagi 480 ming gektardan ortiq tomorqa ekin maydonlaridan foydalanish samaradorligi past darajada qolmoqda. Uzoq yillar foydalanilmayotgan tomorqa yer egalarining erga nisbatan munosabatini tubdan o‘zgartirish bo‘yicha tizimli ish olib borilmayapti;
uchinchidan, fermer va dehqon xo‘jaliklarining yer maydonlari hamda tomorqa yer uchastkalaridan samarali foydalanish ustidan parlament, vakillik va jamoatchilik nazorati lozim darajada o‘rnatilmagan;
to‘rtinchidan, fermer xo‘jaliklarining asosiy qismi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan cheklanib qolmoqda, ularning qayta ishlash, saqlash, tayyor mahsulotlarni sotish va xizmatlar ko‘rsatish kabi ko‘p tarmoqli faoliyatini yo‘lga qo‘yishda mavjud imkoniyatlardan foydalanilmayapti;
beshinchidan, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini moddiy-texnika resurslari bilan ta’minlash va ularga xizmat ko‘rsatishda zarur infratuzilmalar yaratilmagan hamda sohada bozor mexanizmlari yetarli darajada shakllanmagan;
oltinchidan, aksariyat fermer xo‘jaliklarining bugungi moliyaviy ahvoli zamonaviy, resurs tejovchi qishloq xo‘jaligi texnika vositalarini xarid qilish, ishlab chiqarishda ilg‘or agrotexnologiya, innovatsiya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish imkonini bermayapti;
yettinchidan, fermer, dehqon xo‘jaliklari a’zolari va tomorqa yer egalarining qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni zarur ma’lumot va axborotlar bilan ta’minlash hamda boshqa xizmatlar ko‘rsatish tizimi, shuningdek fermer xo‘jaliklarida mehnat munosabatlarini tashkil etish holati bugungi kun talablariga javob bermaydi.2

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling