Kirish qismi


Download 8.22 Kb.
Sana13.01.2023
Hajmi8.22 Kb.
#1090412
Bog'liq
Amir temur davrida saltanat boshqaruvi ikki idoradan


Kirish qismi

Biz o'z tariximiz xaqida nimani bilamiz? Masalan , xonliklar qachon kim tomonidan tashkil etilgan , Chor rossiyasi vaqtida ularning xarbiy salohiyati qanday edi , yoki bo'lmasam Boburning xarbiy taktikalari , qanday qilib kam sonli qoshin bilan muhim g'alabalarga erishgani !!! Balki bular xaqida malumotga ega emasdirsiz. Biz o'zimizga shu vazifalarni ustuvor deb bildik va tariximizni sizga yoritishni maqsad qildik . Bizga qoshiling va tarix haqidagi bilimlaringizni oshiring. O'zbekiston Tarixi haqida so'z ketganda buni Amir Temur siymosisiz tasavvur qilish qiyin . Keling birinchi mavzuyimiz ham Amir Temur va uning hayoti haqida bo'laqolsin.

Amir Temur Hindiston hamda Xitoydan Qora dengizga qadar va Orol dengizidan Fors qo’ltig’iga qadarli g’oyat katta territoriyani o’z ichiga olgan ulkan bir saltanatni vujudga keltirdi.qo`shinni yeti qismga bo`lib idora etishni birinchu marotaba Amir Temur joriy qilgan
Amir Temur davrida davlat boshqaruvi ishlari islom qonun qoidalariga asoslangan.
ibn Arabshohning guvohlik berishicha Sohibqiron qo`shinida ayollardan iborat bo`linmalar ham bo`lgan.
Sohibqiron sharqda birinchi bo`lib qo`shinga o`tsochar qurol- to`pni olib kirgan .


Amir Temur ibn Amir Tarag'ay ibn Amir Barqul 1336 yil 9-aprelda ba'zi manbalarda 8-aprelda kesh shaxri ( Hozirgi Shaxrisabz) yaqinidagi Xo'ja ilgor qishlog'ida tavvallud topgan.

Amir Temurning yoshligi

Amir Temurning yoshligi Keshda kechdi. Yetti yoshga to’lgach, otasi uni o’qishga berdi. Amir Temur yoshlik chog’laridanoq maxsus murabbiylar nazorati ostida chavandozlik, ovchilik, kamondan nishonga o’q uzish, boshqa turli mashq va harbiy o’yinlar bilan mashg’ul bo’lgan. Uning atrofiga bolalikdagi do’stlari va maktabdoshlari (Abbos bahodur, Jahonshohbek, Qimori inoq, Sulaymonshohbek, Idiku Temur, Sayfuddinbek, Hindushoh, Qarqara va boshqalar) to’planishib, harbiy bo’linma sifatida shakllana borgan.Amir Temur harbiy faoliyatini beklarga navkar bo'lib yollanishdan boshlaydi.Harbiy mahorat va oliyhimmatlilik Amir Temurning shuhratini oshirati va uning dovrug`i butun Kesh vodiysiga yoyiladi. chig`atoy xonlaridan bo`lgan Qazog`onning nabirasi Uljoy Turkon Og`oga uylanganidan so`ng Balx hokimi Amir Husayn bilan ittifoq tuziladi


Movarounnahrdagi tartibsizliklar va Amir Temurning siyosat maydoniga kirishi

Mo`g`uliston xoni Tug`luq Temurning 1360-1361 yillarda uyushtirgan bosqinchilik urushlari Movarounnahr beklarini har yoqqa sochib yuboradi. . Amir Temur esa chuqur o`ylangan reja bilan Tug`luq Temurning oldiga boradi va uning yorlig`i bilan Kesh viloyatining dorug`asi etib tayinlanadi. shu tariqa Amir Temurning siyosat maydoniga ilk katta qadami amalga oshiriladi. Lekin biroz vaqtdan so`ng Tug`luq Temur tomonidan tayinlangan Movarounnahr hukmdori Ilyosxo`ja va Amir Temur o`rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelishni boshlaydi. Ular o`rtasidagi ilk jang 1363- yilda Amudaryoning chap sohilida Qunduz shaxri yaqinida bo`lib o`tadi . Bunda Amir Temur va Amir Husayn ittifoqi g`alaba qozonadi. 1364-yil oxoriga kelib esa Movarounnahrdan mog`ullarni butunlay quvib chiqaradilar. biroq 1365-yil bahorida Ilyosxo`ja Movarounnahr ustiga qo`shin tortadi . 1365 - yil 22-may kuni Toshkent va Chinoz o`rtasidagi Chirchiq daryosi bo`yida xal qiluvchi jang bo`lib o`tadi. Tarixda bu jang ``loy jangi `` nomi bilan mashxurdir. bu jangda Amir Husaynning pand berib jangga qo`shilmasligi natijasida Amir Temur chekinishga majbur bo`ladi va ustunlik Ilyosxo`ja tarafga og`ib ketadi va g`alaba qozonadi.Lekin Samarqandga yurish qilgan Ilyosxo`ja oddiy xalq harakatiga mag`lub bo`lib Movarounnahrni tashlab ketishga majbur bo`ladi. Amir Temur va Amir Husayn o`rtasidagi zidduyatlar kuchayib 1366-1370 yillarda bir necha bor to`qnashuvlar sodir boladi. 1370-yilda 10-aprelida Amir Husayn taslim bo`ladi va qatl etiladi. Ertasi kuni chaqirilgan qurultoyda Amir Temur Movorounnahr amiri deb e`lon qilinadi.

Amir Temur davrida ma`muriy , harbiy islohotlar

Amir temur davrida saltanat boshqaruvi ikki idoradan : dargoh va vazirlikdan iborat edi. Dargohni oliy hukmdorning o`zi boshqargan. Devonni esa Devonbegi ( bosh vazir) boshqargan. Devonda harbiy vazir , mulkchilik vaziri soliq ishlari vaziri va moliya ishlari vaziri ish olib borgan .davlatning tarkibiy tuzilishi harbiy siyosiy tartiblarga asoslangan bo`lsada barcha ijtimoiy tabaqalarning tengligini ta`minlash nazarda tutilgan edi. Amir Temur davrida davlat boshqaruvi ishlari islom qonun qoidalariga asoslangan
Amir Temur davlat osoyishtaligini saqlashda va tinchligini ta`minlashda asosan qo`shinga tayanar edi Askariy qo`shinlarni viloyatlardan to`plash bilan Tavochi mansabidagi amaldorlar shug`ullangan. Amir Temur qo`shini o`ntalik askariy birikmalar asosida tuzilgan harbiy qismlardan iborat edi. Lashkar `` tuman ``- o`n minglik ``hazora``- minglik ``qoshun `` yuzlik va ``ayl`` o`nlik birikmalari asosida tashkil etilgan. Sohibqiron sharqda birinchi bo`lib qo`shinga o`tsochar qurol- to`pni olib kirgan . ibn Arabshohning guvohlik berishicha Sohibqiron qo`shinida ayollardan iborat bo`linmalar ham bo`lgan. Qo`shin harakatlangan yoki jang paytida oldinda ``xabarchilar`` ular orasidan ``yasovul `` undan keyinroqda manglay – avangard qism brogan. Manglay bilan qo`shinning asosiy qismlari orasida qo`mondonning qarorgohi va uning yon atrofida zaxira qismlar joylashgan bo`lib u ``izofa`` deb yuritilgan. Amir Temur qo`shinining asosiy jangovar qismlari markaz , o`ng- burong`or . va chap - ``juvong`or qanotlaridan iborat bo`lgan. Har bir qanotning oldida bittadan qo`riqchi – avangardi , yon tomonida esa bittadan qo`riqchi askariy qo`shilmalar – qanbullar bo`lar edi. Shunday qilib qo`shin yeti qism – qo`lllardan iborat edi. Sharafiddin Ali Yazdiy qo`shinni yeti qismga bo`lib idora etishni birinchu marotaba Amir Temur joriy qilgan deb yozadi. Bu qo`llar jangda mustaqil harakat qilib , faqatgina qo`shin qo`mondoniga bo`ysungan.


Amir Temurning xarbiy yurishlari


14-asrning 60-yillarida Movarounnahrda siyosiy va iqtisodiy vaziyat nihoyatda og’irlashib ketadio’z faoliyatining dastlabki bosqichida barcha harakatni Movarounnahrda markazlashgan mustaqil davlat tuzishga qaratadi. Bu boradagi amaliy ishni Balx shahriga joylashib olgan raqibi Husaynga qarshi yurishdan boshlaydi. 1370 yil mart oyida Temur yaxshi qurollangan qo’shini bilan Keshdan chiqib Balxni qamal qiladi va , shaharni egallaydi. Movarounnahrning hukmdori amir Husayn o’ldiriladi . Amir Temur Movarounnahrning yagona hukmdori bo’lgach 1372 yil Temur Xorazmga birinchi bor hujum qildi. Xorazmliklar mag’lubiyatga uchragan bo’lsalar ham, Temurga bo’ysunmadilar. Shu boisdan Temur Xorazmga besh marta yurish qilib, nihoyat, 1388 yilda uni butunlay qo’lga kiritishga muvaffaq bo’ladi.

1382 yilda Temur dastavval Zakavkazyeni zabt etdi. Qora dengizdan Oltoy tog’larigacha cho’zilgan va Dashti Qipchoq deb nomlangan yerlar Jo’ji ulusi tasarrufida bo’lgan. Bu ulusning Uraldan qora dengizgacha bo’lgan markaziy va eng katta qismi Oltin O’rda nomi bilan atalib, bu feodal davlatni 13-asrning 40-yillari boshida Botuxon tashkil qilgan edi.

Temur Oltin O’rdani o’z davlatiga qo’shib olmoqchi emasdi, faqat u shimoli-g’arbda o’z davlati uchun juda xavfli kuch bo’lgan xonlikni zaiflashtirish va uning sharqiy qismini o’z ta’siri ostidagi xonlar tasarrufiga topshirish hamda Saroy Berka orqali o’tadigan karvon yo’lini ham Movarounnahr orqali o’tishi uchun kurashadi. . Oq O’rda xonzodalaridan To’xtamishga bir necha bor harbiy yordam beradi. 1379 yilda To’xtamish Temurning homiyligida Oq O’rdaning taxtini egallashga muvaffaq bo’ladi. Ammo To’xtamish oq O’rdani, keyinroq Oltin O’rdani qo’lga kiritgandan so’ng, xoinlik yo`liga o`tib ketdi 1385 yilda u Tabrizni bosib olish uchun u yerga katta qo’shin yubordi. Hatto 1387-1388 yillarda To’xtamish Temurning navbatdagi harbiy yurishi vaqtida fursatdan foydalanib, Movarounnahrga hujum qildi.

Bu xavfni bartaraf qilish uchun Temur To’xtamishga qarshi 1389, 1391 va 1394-1395 yillarda uch marta katta yurish qiladi Temur va To’xtmish qo’shinlari o’rtasida so’nggi shiddatli jang 1395 yilda Shimoliy Kavkazda Tarak daryosi vodiysida sodir bo’ladi. Fors yerlarini bosib olishda Temur Eronda hukm surgan siyosiy parokandalikdan foydalandi. 14-asrning ikkinchi yarmida Eronda birlashgan yagona davlat mavjud emas edi. Ozarbayjonda Jaloir davlati (1336-1411 yillar), Sabzavorda Sarbadorlar davlati (1337-1381 yillar), Hirotda Kurtlar davlati (1337-1381 yillar) hukm surardi. 1380 yilda Temur bir necha yetuk sarxanglar bilan o’g’li Mironshoh Mirzoni Xurosonni fath etish uchun yuboradi Kurtlar hokimi G’iyosuddin Pirali Temurga qattiq qarshilik ko’rsatadi. Mustahkam shahar devori va mashhur Ixtiyoruddin qal’asiga ega bo’lgan Hirot shahri 1381 yilda shiddatli jangdan so’ng zabt etiladiShunday qilib, butun Xuroson Temur tasarrufiga o’tadi. Temurning Eronning yurishi bu bilan cheklanmadi. U Eronga 1386 yildan boshlab “uch yillik”, 1392 yildan “besh yillik” va nihoyat 1399 yildan “yetti yillik” yurishlar qildi.

1383 yilda Temur Seyiston (Sakiston), son’gra Balujistonni zabt etib, Eronning janubiy va shimoli-g’arbiy viloyatlari tomon askar tortadi 1387 yilda Fors viloyatining hukmdori Shohkujo Temurga jangsiz taslim bo’ladi. Biroq Jaloyirlardan Sulton Ahmad (hukmronligi 1382-1410) qo’shini bilan Temurga qarshi turadi. Ammo jangda muvaffaqiyatsizlikka uchrab Bag’dodga chekinadi. So’ngra Temur bir zarba bilan butun Kavkazni ham bo’ysundiradi
1392 yilda Temur Astrobod va Mozondaronni qo’lga kiritgach, shiddatli muhorabadan keyin to’g’li Eronning asosiy shahri Omulii, so’ngra Luriston va Xuzistonni zabt etadi 1397 yilda Ozarbayjon Temurga butunlay taslim bo’ladi.

1398 yilning mayd oyida Temur 90 ming askar bilan Amudaryodan o’tib Hindistonga yurish qiladi. Dehli ostonasida sodir bo’lgan jang Temurning ko’p yillik yurishlari tarixida eng shiddatli va ko’p talofatli muhoraba hisoblanadi. Dehli hokimi jangda yengiladi. 1398 yilning 15 dekabrida Temur 15 ming askar bilan Dehliga kirib boradi. O’lja olingan boyliklar bilan malakali binokor usta va hunarmandlar Samarqandga jo’natiladi O’sha yerdan orqaga qaytib, 1399 yilning bahorida Samarqandga yetib keladi . 1400 yilning yozida Suriyaga yurish qiladi. Avval Xalab (Aleppo) va Bayrut shaharlari olinib, 1401 yilning boshlarida bir oylik qamaldan so’ng Damashq taslim bo’ladi. Damashq zabt etilgach, Temur qo’shinga biroz dam berish maqsadida Qorabog’ga qaytadi
Boyazidga qarshi birgalikda kurashish taklifi bilan 1401 yilning avgust oyida Konstantinopolning muvaqqat hokimi Ioann VIII Paleolog Qorabog’ga – Temur qarorgohiga elchi yuboradi. O’z navbatida Temur bilan Boyazid o’rtasida ham yozishmalar olib boriladi. Boyazid o’z maktubida Temurga birgalikda Yevropaga qarshi kurashish imkoniga ishora qiladi. Biroq, Temur bunday taklifni rad qilib, usmonli turklar saroyida panoh topgan turkmanlarning isyonkor Oqquyunlu va Qoraquyunlu qabilalarining boshliqlarini unga topshirishni talab qiladi.
Temur bilan Boyazid qo’shinlari o’rtasida jang 1402 yilning 28 iyulida Anqara yonida boshlanadi. Shuning uchun bu muhoraba tarixda “Anqara janggi” bilan ma’lum Bu tarixiy jangda Temurning buyuk sarkardalik qobiliyati va mahorati har tomonlama to’la namoyon bo’ladi. 200 minglik Temur qo’shinining o’ng qanotida o’g’li Mironshoh, chap qanotida nabiralari Sulton Husayn va Xalil Sultonlar bilan kenja o’g’li Shohruh qo’mondonlik qiladi. Samarqanddan yetib kelgan yangi jangovar qismlardan tashkil topgan qo’shin markazini Temurning sevimli nabirasi va valiahdi Muhammad Sulton boshqaradi.
Ikki katta qo’shin o’rtasida boshlangan jang avjiga chiqib, hal qiluvchi pallaga yetganda Boyazid lashkarining Onato’li qismlari Temur tomoniga o’tib ketadilar Temur bu zafarli g’alaba bilan butun Kichik Osiyo yarim orolini zabt etib, O’rta dengizining sharqiy sohilida joylashgan Izmir shahriga yetib boradi.
1404 yilning may oyida Temur Kichik Osiyodan Samarqandga qaytib keladi va o’zining Xitoyga bo’ladigan harbiy yurishiga taraddud ko’radi. 1404 yilning oxirida qahraton qishda u yaxshi qurollangan 200 minglik qo’shin bilan Samarqanddan Xitoy safariga chiqadi. . 1405 yilning boshlarida Sirdaryoga yetib boradi. Qish nihoyatda qahraton edi. Sirdaryo qalin to’ngib qolganidan qo’shin 4 yanvarda muz ustidan bemalol daryoni kesib o’tadi 14 yanvarda u O’trorga yetib kelib, shahar yaqinida o’rdugoh (lager) qurishga majbur bo’ladi. Chunki u yo’lda shamollab, qattiq betob bo’lib qolgan edi. O’trorda uning kasali zo’rayib yotib qoladi. Zudlik bilan uni O’tror hokimi Berdibekning saroyiga oladilar. Saroy tabibi Mavlono Fayzulloh bemor Temurning holati umidsiz ekani to’g’risida ma’lum qiladi.
Manbalardan ma’lum bo’lishicha sohibqiron o’ziga voris etib tayinlangan Pirmuhammadga itoat etishlarini vasiyat qilgan. Hatto Temur hilvatgohida hozir bo’lgan amirlardan Shohmalik va Shayx Nuriddinlar uning vasiyati vojibini og’ishmay so’zsiz va ado etajaklari haqida ahdi va;da ham berganlar. Bu voqeadan so’ng 1405 yilning 18 fevral kuni kechqurun Temur vafot etadi. .
Hindiston hamda Xitoydan Qora dengizga qadar va Orol dengizidan Fors qo’ltig’iga qadarli g’oyat katta territoriyani o’z ichiga olgan ulkan bir saltanatni vujudga keltirish. Bundan tashqari, yana u Osiyoning janubi-g’arbiy tomonlari, Kichik Osiyo, Suriya, Misr va shimoli-g’arbda, Quyi Volga, Don bo’ylari, shimoli-sharqda Balxash ko’li va Ili daryosi bo’ylari hamda janubi-sharqda Shimoliy Hindistongacha bo’lgan mamlakatlarni o’ziga bo’ysundirishga muvaffaq bo’ldi. U Oltin O’rda territoriyasidan o’tgan shimoliy savdo yo’lini O’rta Osiyo orqali o’tgan qadimiy yo’lga yana burib yuborishga zo’r berib harakat qildi.
Download 8.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling