Kirish. Qurilish materiallari va buyumlarining umumiy asoslari. Qurilish materiallarining asosiy xossalari


-rasm. Fasadbop keramik plitkalar


Download 1.95 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/138
Sana15.06.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1481467
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   138
Bog'liq
ҚМ ва Б КБКИЧ ва ДПКМТ

5.4-rasm. Fasadbop keramik plitkalar 
Ichki devorlarga qoplanadigan plitkalar. Devor qoplanadigan plitkalar 
mayolika va fayans turlariga bo‘linadi. Fayans plitkalari kaolin, dala shpati va 
kvars qumi aralashmasi, mayolika esa qizil gillardan press avtomatlarda yarim 
quruq, presslash usullarida tayyorlanadi.
Plitkalar sirlangan va sirlanmagan, gulli va gulsiz, relefornamentli, shaffof, 
yaltiroq va yaltiramaydigan, bir xil rangli va turli rangli bo‘lishi mumkin. Plitkalar 
shakli va ishlatish joyiga qarab kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, fason shaklli bo‘ladi.
Ichki bezak plitkalari 150x150 mm, 150x100 mm, 150x75 mm va qalinligi 
4-6 mm va boshqa o‘lchamlarda ishlab chiqariladi (5.5-rasm). Ichki devor 
plitkalarining suv shimuvchanligi 16% gacha, egilishdagi mustahkamlik chegarasi 
12 MPa bo‘lishi, 125±5
0
S dan 15-20
0
S gacha harorat o‘zgarishida darzlar hosil 
bo‘lmasligi kerak.
Gilam nusxa-koshinkor plitkalar quyma usulda tayyorlanadi. Plitkalar
20 tur o‘lchamlarda ishlab chiqariladi: chekkalari 25, 35, 50, 75, 100 va 
125 mm kvadrat, 25x100 mm to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida va boshqa o‘lchamlarda 
bo‘lishi mumkin. Plitkalarning qalinligi 2,5 mm, tashqi yuzasi esa turli rangli va 
fakturali bo‘ladi.
9
Building of materials S.K. Duggal, New Age International (P) Ltd 2008,page 35,36


Ichki devorlarni bezak plitalari turar joy, jamoat va sanoat binolarining 
sanitariya-gigiena xonalarini bezashda, konstruksiyalarni namdan va vaqtincha 
alangadan saqlash maqsadida qoplanadi.
  
5.5-rasm. Ichki devorlarga qoplanadigan plitkalar 
  
Polbop keramik plitkalar qiyin eriydigan va erimaydigan gil va 
qo‘shimchalar asosidagi xom ashyoni pishirib olinadi. Polbop plitkalar suv 
o‘tkazmaydigan, kislota va ishqor eritmalari, yog‘ va shirin moddalar eritmalariga 
chidamli, edirilishga bardoshli bo‘lishi kerak. Suv shimuvchanligi 4% oshmasligi 
shart. Plitkalar kvadrat,to‘g‘ri to‘rtburchak, besh, olti, sakkiz qirrali bo‘lishi 
mumkin. Ular 16 tipda (200-4)x(17349)x(10-13) mm o‘lchamlarda ishlab 
chiqariladi.
Plitkalar yuzasi silliq, relefli, bir va bir necha rangli, yaltiroq va 
yaltiramaydigan, rasmli va rasmsiz bo‘lishi mumkin. Hozirgi kunda seriografik 
usulda qoplangan yirik o‘lchamli plitkalar (200x200x11 mm) jamoat va turar joy 
binolari pollarini bezashda ishlatilmoqda.
Pollarni qoplash uchun tomonlari 23 va 48 mm bo‘lgan qalinligi 6 va 8 mm 
kvadrat va to‘g‘ri burchakli mozaika plitkalar ishlatiladi. Plitkalar oq va rangli 
bo‘lishi mumkin, suv shimuvchanligi esa 4% gacha bo‘ladi. Mozaik plitkalardan 
gilam nusxalar tayyorlanishi pollar qilishda mehnat sarfini kamaytiradi.
Polbop plitkalar jamoat binolarining vestibyullarida, yo‘laklarida, 
laboratoriya xonalarida ishlatiladi. 5.Maxsus keramik materiallar va buyumlar  

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling