Kirish. Qurilish qurilmalarining chizmalari. Beton va temir-beton, Metall va Yog`och qurilmalarining chizmalari haqida umumiy ma`lumotlar


Temir-beton, metall va yog‘och konstruksiyalarining ish chizmalari haqida ma`lumot


Download 15.72 Kb.
bet3/3
Sana13.02.2023
Hajmi15.72 Kb.
#1192908
1   2   3
Temir-beton, metall va yog‘och konstruksiyalarining ish chizmalari haqida ma`lumot.
Bino va uning konstruktsiyalarining chizmalari
Binoning konstruktiv va arxitektura elementlari haqida ma’lumot.
Binonig konstruktiv elementlari uning alohida mustaqil qismi hisoblanadi va 14 chizmada ko’rsatilgan: 1-poydevor; 2-qavatlararo orayopma; 3- yordamchi devor; 4- ichki asosiy devor; 5 - eshik o’rni; 6- tashqi asosiy devor; 7- deraza o’rni; 8- peremichka; 9- zinapoya yo’lagi; 10- zinapoya maydonchasi; 11- karniz; 12 - prostenok; 13 - otmostka; 14 - tsokol.
Asos - tuproq qavati. Unga poydevor (poydevor) tiralib turadi va asos bino og’irligini qabul qiladi. Asoslar tabiiy (tuproq) va sun’iy (svay va h.z.) bo’ladi.
Poydevor - bu binoning yerda joylashgan qismi bo’lib, unga devor va ustunlar tiralib turadi. Poydevor bino og’irligini yerga o’tkazish va taqsimlash uchun xizmat qiladi. Poydevorning yuqori qismi uning sirti, pastki qismi asosi deb aytiladi. Yerning pastki sathidan poydevor asosigacha bo’lgan masofa qo’yish chuqurligi deyiladi. Tasmasimon poydevor binoning barcha asosiy devorlari ostida joylashgan. Masalan: tashqi devorlar ostida (14 - chizma). Shuningdek poydevor ustun shaklidagi alohida turgan yoki svayli ko’rinishda bo’ladi. Poydevor uchun material sifatida but toshi, but betoni, g’isht, eg’och va h.z.lar xizmat qiladi. Hozirgi davrda poydevorning eng keng tarqalgan turi bu yig’ma beton va temir betonli poydevorlardir. Poydevorning yuqori yuzasi devor enidan 5-6 sm enliroq qilib bajariladi. Bloklardan qilingan poydevor uchun bunday ish bajarilmaydi. 15- chizmada quyidagi poydevorlar ko’rsatilgan: a-tasmali; b - ustunli; v-tekis; g-svayli. 16- chizmada tasmali yig’ma elementlardan tuzilgan poydevor ko’rsatilgan. (trapetsiyali asosda 1 ichi bo’sh bloklardan 2 tuzilgan).
O’zbeokiston hududida poydevorning keng tarqalgan turlari quyidagilardir: tog’ oldi va tog’ rayonlarida - xarsang toshdan qilingan poydevorlar; shaharlarda va boshqa rayonlarda yig’ma temir-beton bloklar va atroflarida quyma temir-beton, hamda beton poydevorlar.
Download 15.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling