Reja: Asfaltli qorishmalar va betonlar tayyorlash
Download 0.71 Mb.
|
Asfalt beton qorishmasining o
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan adabiyotlar
Asfalt beton qorishmasining o'ziga xos xususiyatlari Reja: Asfaltli qorishmalar va betonlar tayyorlash Asfalt beton qorishmasining o'ziga xos xususiyatlarini o’rganish Asfalt bog‘lovchilar tarkibi Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar Asfaltli qorishmalar va betonlar tayyorlashda neft bitumlari hamda kukun to‘ldirgich asosidagi mikrokompozit asfalt bog‘lovchi vazifasini o‘taydi. Asfalt bog‘lovchilar tarkibiga kiritilgan kukun to‘ldirgichlar bitum sarfmi kamaytirish bilan birga qorishma va betonlar yumshash haroratini oshiradi. Mineral kukun ohaktosh, dolomit, asbest, shlak, kul va boshqa tabiiy va sun’iy tosh materiallarini maydalab olinadi. Asfalt bog‘lovchilar mustahkamligi bitum va kukun to‘ldirgich nisbati va qotgan mikrokompozitning zichligiga bogliq bo‘ladi. Bitum eritilgan holatida mineral kukun to‘ldirgichlar yuzasida uzluksiz o‘ta yupqa qatlam hosil qilishi optimal nisbatda bo‘lganini bildiradi. Hosil bo‘Igan bunday fibrillar mikrostruktura asfalt asosida olinadigan kompozitsion materiallar xossalarini yaxshilaydi. Asfalt qorishma va betonlar uchun mayda to‘ldirgich sifatida tozalangan tabiiy va sun’iy qumlar ishlatiladi. Ular tarkibidagi chang va loysimon aralashmalar miqdori massa bo‘yicha 3 foizdan oshmasligi kerak. Yirik to‘ldirgich sifatida tog‘ va daryo shag‘ali, zich hamda sovuqqa chidamli tabiiy tosh materiallar asosida olingan chaqiqtoshlar, metallurgiya donador shlaklari ishlatiladi. Ohaktosh, dolomit kabi cho‘kindi tog‘ jinslari chaqiqtoshlari bitum bog‘lovchisi bilan yaxshi yopishgani uchun keng ko‘lamda ishlatish tavsiya etiladi. Chaqiqtosh sovuqqa chidamlilik bo‘yicha markasi F 50 dan kam bo‘lmasligi kerak. Asfalt qorishmasi tarkibida bitum massabo‘yicha 9-11 foizni tashkil etadi. Qorishma zavod sharoitida maxsus isitiladigan qorgichlarda (140-170° S) tayyorlanadi. Ular 132 qurilishda trotuarlar, sanoat binolari, omborxonalar pollarini qoplashda, yassi tomlami gidroizolyatsiya qilishda, plitali va parketli pollar uchun asos sifatida va Boshqa joylarda ishlatiladi. Asfalt qorishmalari dastabki tekislagichlar bilan tekislanadi hamda mexanik kichik katoklar yordamida zichlashtiriladi. .*• Asfal-tbetonlar bog‘lovchi, mayday va yirik to‘ldirgichni sinchiklab aralashtirib, zichlashtirib tayyorlangan kompozitsion material. Uning g'ovakligi 5-7 foiz. G‘ovakligi 5 foizdan kam boMgan zich asfalt-beton suv o‘tkazmaydi. G‘ovakIikning me’yordan ortishi asfalt betonning suv shimuvchanligining ortishiga, sovuqqa chidamliligining pasayishiga sabab boMadi. U biologik aktiv muhitlar (bakteriyalar) ta’sirida yemiriladi. Biologik muhitlarga bardoshlilikni oshirish uchun tarkibiga antiseptiklar qo‘shish tavsiya etiladi. Asfalt betoni tarkibi uzluksiz tizimda,ya’ni boglovchi mayda toMdirgich oraliq bo‘shlig‘ini to‘Idirishi (10-15 foiz ko‘proq), qorishma esa yirik toMdirgich oraliq bo‘shligMni toMdirishi (10-15 foiz ko‘proq) maqsadga muvofiq Asfalt-betonning siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 20°S da 2,2- 2,4 MPa, 50°S da 0,8-1,2 MPa. Asfalt qorishmalari hamda betonlari issiq, iliq va sovuq holatda yotqiziladi. Asfalt-beton qorishmalari, odatda issiq holatda 140-170°S haroratda tayyorlanadi va yotqiziladi. U issiq holatda tayyorlash asosiy jarayonlaridan iborat: chaqiqtosh, qum, kukun toMdirgich 133 kabi mineral tashkil etuvchilar quritilib, 180-200°S da qizdiriladi va qorgichga dozirovkalab solinadi; bitum 150-170°S da qizdiriladi va qorgichda to‘ldirgichlar bilan sinchiklab aralashtiriladi. Asfalt-beton qorishmalar maxsus isitgich bilan jihozlangan yoki termosli mashinalarda tashiladi. U maxsus ukladchiklar vositasida yotqizilib, tekislanadi va presslab zichlashtiriladi. Asfalt-beton 1-2 soat davomida sovigach mustahkamlikka ega boiadi. lliq asfalt-beton bitumni 110-120°S qizdirib, shu haroratda qizdirilgan mineral to‘ldirgichlar bilan aralashtiriladi. Asfalt-beton 60°S gacha sovigach qiyrilish obyektlariga olib boriladi vayotqiziladi. Sovuq holatdagi asfalt-beton organik erituvchilarda eritilgan bitum va bitum emulsiyalariga mineral to‘ldirgichlar aralashtirib olinadi. Sovuq holda tayyorlangan asfalt-betonning mustahkamligi va sifati issiq holda olinganga nisbatan pastroq bo‘ladi. Barchamiz asfaltlangan yo'llar va uchastkalarga shu qadar o'rganib qolganmizki, ularning yo'qligi ajablantiradigan va yoqtirmaydi. Ushbu turdagi qoplamalar deyarli hamma joyda mavjud. Nafaqat yo'llar asfalt bilan qoplangan, balki yo'lak va sport maydonchalari ham qurilgan. Bunday yuzalar sezilarli mexanik yuklarga bardosh berishga qodir. Shuni ta'kidlash kerakki, ushbu sun'iy material ayniqsa bahordan kuzgacha bo'lgan davrda mashhur bo'lib kelmoqda. Chaqilgan toshli va qum-shag’alli qatlamlarni hamma toifali yo’llaming to’shamasi asosida va past toifali yollar uchun qoplama sifatida qo’llanadi. Bunday hollarda zarralararo tutashuv turidagi tuzilish namoyon bo’lib, ezilishga katta qarshilik, yuqori ko’rsatkichli ichki ishqalanish burchagi, kichik miqdordagi ilashishlik holatida yuz berishi namoyon bo’ladi. Oxirgi hol ularni qoplama sifatida qo’Ilashni chegaralab qo’yadi, chunki kuch ta’sirida tez qatlamlashib buzila boshlaydi. Shuning uchun ham bu qatlamlar bosqichli qurilishlarda yoki ustki ishlovli qatlamlar sifatida qo’llanadi. Bunday ashyoli qatlamlarga asos qismidagiga nisbatan yuqori talablar qo’yiladi. Qo’llanadigan ashyolarga qarab, ish bajarish uslublari tanlanadi. Qatlam oddiy yoki saralangan chaqilgan toshdan quriladi. Qatlam mustahkamligini oshirish tarkibini tanlash yo’li bilan amalga oshiriladi. Kuyindili chaqilgan toshli qatlamni beton tarkibini tanlashdek amalga oshiriladi. Bunda bog’lovchi sifatida kuyindi uni qo’llanadi. Bunday qatlam boshqa turdagilarga nisbatan ancha mustahkam bo’ladi. Shag’al va qum-shag’al aralashmali asoslarga maydalangan tosh aralashtirilib quriladi. Shunda qatlam mustahkamligi ortib borishini ta’minlovchi ichki ishqalanish burchak miqdori yuqorilashadi. To’shama asosini va qatlamini qurish uchun ishlatiladigan chaqilgan toshga qo’yiladigan talablar 14.1-jadvalda berilgan. Yo’l quyidagi ish turlaridan iborat: hovuzli yuza qurish; poyandozli qatlam qurish; chaqilgan toshni ish joyiga tashib kelish va uni joylashtirish; chaqilgan toshni bir me’yorli qalinlikda tarqatish; suv sepib katok yordamida shibbalash; maydaroq zarrali chaqilgan toshni tashib kelish; tarqatgich yordamida tarqatib misvok bilan supurib yoyish; suv sepib katok bilan zichlash; chaqilgan toshning maydasini tashib kelish; uni tarqatgich bilan yoyish; so’ng misvokda supurib yoyish va yuzani katok bilan zichlash. Ikki qatlamli asos qurishda yana uch jarayon qo’shiladi: chaqilgan toshni ostki qatlamga tashib kelish, uni tarqatish va zichlashlar. Ostki qatlamdagi chaqilgan tosh oralig’i mayda zarralari bilan to’ldirib borilmaydi. Chaqilgan toshli qatlamlar ifloslanish va ortiqcha sarflashdan saqlanish uchun hovuzli yuzada quriladi. Hovuzli yuzani qurib, poyandoz qatlam tayyorlangach, transport yordamida chaqilgan tosh tashib keltiriladi. So’ng, tarqatgich mashinasi yordamida tarqatiladi. Bunday mashina yo’q joylarda ashyo avtogreyder yoki buldozer yordamida tarqatiladi. Avtogreyder bilan tarqatishda chaqilgan tosh yo’l o’qi bo’ylab to’kib chiqiladi. Agar yo’l chetiga to’kilsa, so’ng yo’l o’qiga surib boriladi. To’kilgan ashyolar oralig’i chaqilgan toshli qatlam qalinligi, zichlanishlik koeffitsienti (1,25-1,30) va to’kilgan gumbaz hajmiga qarab aniqlanadi.Qumli poyandoz asosda chaqilgan toshni tarqatish ancha mushkul hisoblanadi. Chunki, greyder bilan chaqilgan toshni tekislab yoyish vaqtida qum bilan aralashib, uni zichlash qiyinlashadi va qatlamlar tekisligi buziladi. Ayrim hollarda bunday qatlamlarni qaytadan qurishga to’g’ri keladi.Bunday buzilishga chek qo’yish uchun chaqilgan toshli chelni yoyishdan avval qumli asos yuzasini suv sepuvchi mashina bilan me’yor holda namlanadi va bu yuzaga mayda (3—5 mm. li) chaqilgan tosh chiqindisi, chig’anoq kabilardan 1—2 sm qalinlikda qatlam hosil qilish lozim. Qulay uslub tarqatgich yordamida bajarilib, birdaniga asos eni bo’yicha bir tekis yoyishga imkon yaratiladi. Chaqilgan toshli qatlam tekislanganidan so’ng shibbalanadi. Awal, yengil vaznli (5—6 t) katoklar bilan bir izdan 5—6 martadan o’tkaziladi. Bu shibbalash birlamchi jarayon bo’lib, «joylashuv» deb ataladi. Bunda chaqilgan tosh donalari qatlamlararo turg’un holatini egallaydi. So’ng esa, 10—12 t.li og’ir vaznli katoklar bilan bir izdan 20—30 marotaba o’tib shibbalanadi. Bunday shibbalash vaqtida qatlamga 20—30 1/m2 hisobida suv sepib turiladi. Shibbalash chaqilgan tosh donali yuzada o’zgarmas holat shakllanguncha davom etadi. Zichlangan qatlam ustiga tarqatgich yordamida 25—15 yoki 20—10 mm. li chaqilgan tosh donalari 100 m2 yuzaga 1,5—1,8 m3 hisobida yoyib chiqiladi. So’ng temir misvok bilan oraliqlar to’ldirilib tekis qatlam hosil bo’lguncha yoyiladi. Bu qatlamga 10—15 1/m2 hisobida suv sepib og’ir katok bilan shibbalanadi. Maydaroq donalar yirik donalar oralig’idagi bo’shliqlarni to’ldirib mustahkam qatlam tashkil qiladi. Buning uchun katok bir izdan 6—7 marta o’tib shibbalaydi. Shibbalash uchun katok turi qo’llanayotgan chaqilgan toshning sifati va shibbalash davriga qarab tanlanadi. Shibbalash sari qatlam mustahkamligi orta borishi hisobiga so’nggi qo’llanadigan katok vazni ham ortishi kutiladi. Yassi yuzali temir g’ildirakli katoklarga ta’luqli monand tavsiyalar 14.5-jadvalda berilgan. Birinchi davrdagi siqib joylashuvda, chaqilgan tosh donalari o’zaro tiralish nuqtalari oz bo’ladi. Shuning uchun ham birlamchi shibbalash yengil katoklar bilan bajarilib, ularning tezligi 1,5— 2,0 km/soatdan oshmasligi kerak. Bir izdan shibbalab o’tish soni joyida sinov yo’li bilan aniqlanadi (14.4 я-rasm). Ikkinchi davrdagi shibbalash biroz zichlanib, mustahkamligi va zarralararo tiralish nuqtalari ortgan qatlam yuzasida bajariladi (14.4 A-rasm). Shibbalashda yuqori kuchlanish yirik bo’laklar o’rtasida namoyon bo’ladi. Bunda, yopisliib ilashishlik miqdori uncha yuqori bo’lmay, shibbalash jarayoniga deyarli ta’sir qilmaydi. Yo’l qurilishida toshli ashyolarga organik bog’lovchilar bilan joyida ishlov berib qatlam qurish, ayniqsa, issiq iqlimli hududlarda keng tarqalgan. Bunday qatlamlar mustahkamligi ishlov berilmagan ashyolardan qurilgan qatlamlarnikidan birmuncha yuqori bo’ladi. Shuning uchun ham bn qatlamlar faqat asos qismda ishlatilmay, qoplama o^rnida ham keng qo’llanadi. Organik bog’lovchilar bilan ishlov berilgan toshli ashyolarni tarkibiga qarab ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhga beton tarkibiga moslab tarkib tanlanganidek ashyolar tanlab olinib, ular zichlangan qorishmani tashkil qiladi. Ikkinchi guruhga esa, qolgan qorishmalar kiradi. Bunda bir xil o’lchamli donalar miqdori ustun kelishi mumkin bo’lib, oraliqaro bo’shliq ko’p bo’ladi. Ma’danli ashyolarga organik bog’lovchilar bilan ishlov berib tayyorlangan qorishmalar yuqori ko’rsatkichli ilashishlikka va yopishqoqlikka ega bo’lganJiklari uchun ulami yedirilishiga qarshiligi yuqori bo’ladi. Ma’danli ashyo sifatida chaqilgan tosh ham qo’llanishi mumkin. Unda, tayyor qorishmani «qoralab ishlangan chaqilgan tosh», deb yuritiladi. Organik bog’lovchilar bilan ishlov berilgan toshli ashyolar koagulatsion turidagi tarkibga ega. Bunday tarkibli qorishma mustahkamligi organik bog’lovchi pardasining mustahkamligi bilan aniqlanib, bog’lovchi sarfiga, turiga va qo’llanishdagi ish usullariga bog’liq. Bitumning yopishqoqligi orta borishi bilan qorishmaga ishlov berish qiyinlasha boradi. Shuning uchun ham ishni tashkil qilish uslubiga qarab bog’lovchi tanlab boriladi.Bunday qatlamlarni qurishda, asosan, ish bajarishning ikki turi: maxsus joylarga o’rnatilgan qurilmalarda qorishtirib olib va yo’lning o’zida (joyida) qorishtirib tayyorlash qo’llanadi. Birinchi usulda organikbog’lovchi avval qizdirib olinib, so’ng qorishtiriladi, ikkinichisida esa suyuqroq (kam yopishqoqli) bog’lovchi qo’llanadi. Bundagi qorishmaning mustahkamligi birinchisidagiga nisbatan kamroq bo’ladi. Bog’lovchini qizdirib, qorishma tayyorlashni asfaltbeton qorishmalarini tayyorlashdan farqi kam. Yo’l qurilishida qoralab ishlangan chaqilgan toshning uch ko’rinishdagisi ishlatilib, ular harxil haroratlarda qo’llanadi: sovuqlari +15°C dan +50°C gacha; issiqlari +50°C dan + 120°C gacha va qaynoqlari +120°C dan + 170°C gacha. Sovuq qorishmalar uchun kam yopishqoqli bog’lovchilardan suyuq bitum, qatron, emulsiya va qaynoqlariga yopishqoqli bitum ishlatiladi.Ishlash muddatini uzaytirish rejalanganida sovuqli qorishma qo’llanadi. Bunday qorishmalarni uzoq vaqt omborlarda saqlash imkoniyati ham bo’ladi va ularning tannarxi qaynoqlarinikidan arzon turadi. Ular oralig’ida esa, issiq qorishma qo’llanadi. Qora qorishmalarning xossalari ularni tayyorlashdagi ish usullariga bog’liq. Xulosa Xulosa qilib aytkanda Asfalt qorishma va betonlar uchun mayda to‘ldirgich sifatida tozalangan tabiiy va sun’iy qumlar ishlatiladi. Ular tarkibidagi chang va loysimon aralashmalar miqdori massa bo‘yicha 3 foizdan oshmasligi kerak. Yirik to‘ldirgich sifatida tog‘ va daryo shag‘ali, zich hamda sovuqqa chidamli tabiiy tosh materiallar asosida olingan chaqiqtoshlar, metallurgiya donador shlaklari ishlatiladi. Ohaktosh, dolomit kabi cho‘kindi tog‘ jinslari chaqiqtoshlari bitum bog‘lovchisi bilan yaxshi yopishgani uchun keng ko‘lamda ishlatish tavsiya etiladi. Chaqiqtosh sovuqqa chidamlilik bo‘yicha markasi F 50 dan kam bo‘lmasligi kerak. Asfalt qorishmasi tarkibida bitum massabo‘yicha 9-11 foizni tashkil etadi. Qorishma zavod sharoitida maxsus isitiladigan qorgichlarda (140-170° S) tayyorlanadi. Ular 132 qurilishda trotuarlar, sanoat binolari, omborxonalar pollarini qoplashda, yassi tomlami gidroizolyatsiya qilishda, plitali va parketli pollar uchun asos sifatida va Boshqa joylarda ishlatiladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1.N.I.Ilyosov, A.Oblaqulov, A.Shohidov “Avtomobil yo’llari va aerodromlar qurilishi” 2.N.I.Ilyosov, T.Qalandarov “Avtomobil yo’llari qurilishi” 3. N.I.Ilyosov “Avtomobil yo’llari va aerodromlarni loyihalash” 4. N.I.Ilyosov, A.Oblaqulov “Avtomobil yo’llari va aerodromlardan foydalanish” 5.Qurilish me’yorlari va qoidalari(QMQ)-2.05.02-95.Avtomobil yo’llari (loyihalash me’yorlari). Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling