Qurilishning umum maydon bosh tarhi
Qurilish bosh tarhi QTELning 2-asosiy hujjati hisoblanib, u quyidagicha:
-qurilish maydoni chegaralari
-doimiy va vaqtinchalik qurilayotgan bino va inshootning joylashuvi;
-amaldagi va qayta tiklanayotgan vaqtinchalik, yer osti va ustki injener komunikatsiya joylashuvi;
-doimiy va vaqtinchalik yo’llar;
-qurilish va ortish mashinalari joylashuvi va ularni harakatlanish yo’li;
-qurilish maydonidagi elektr va suv ta’minoti joylashuvi;
-qurilish materiallari va konstruksiyalari ombori;
-ag’darma maydonchalari.
Umum maydonli qurilish bosh tarhi qurilishni tashkil etish loyihasining asosiy hujjatlaridan biri hisoblanadi. U quyidagi masalalarni yechishda qo’llaniladi: vaqtinchalik ma’muriy-madaniy bino va inshootlarni hisobi, omborlar, vaqtinchalik suv, elektr, issiqlik ta’minoti hisobi.
Qurilish maydonida qurilish mashinalari soni va joylashuvi, vaqtinchalik bino va inshootlarni va boshqa elementlarni quyidagilarni e’tiborga olgan holda aniqlanadi:
- ulardan foydalanishning xavfsizligi va qulayligi;
-sanitar-gigienik, yong’inga qarshi, ekologik va iqtisodiy talablar.
Qurilish bosh tarhi 2 ko’rinishga ega:
-umum maydonli;
-obyektli.
4.1. Vaqtinchalik ma’muriy va sanitary-texnik xonalar hisobi
Vaqtinchalik xonalar hisobi bir ishlayotgan xodimga yoki jihoz o’rnatishga kerak maydon me’yorlaridan hamda turiga qarab ishlayotganlarning sonidan kelib chiqib aniqlanadi. Ishchilar soni 13 rasmda keltirilgan grafikdan aniqlanadi. Grafikda maksimal smenada ishchilar sonidan 70% birinchi smenada ishlashini inobatga olib (Nmax) va bu son barcha ishlovchilar sonini 82% ni (turar-joy binolari qurilishi uchun) tashkil qilishidan boshqa toifa ishlovchilar sonini aniqlash kerak bo’ladi (6-jadval).
Ishlovchilarning umumiy sonini Rum desak, uning soni
Rum = 0,7xNmax x 82/100 ga teng bo’ladi. Boshqa toifadagi ishlovchilar sonini qurilish sohasiga qarab [8]dan olinadi.
Таблица 6 6-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |