Kirish. Sanoat korxonasi bozor iqtisodiyoti sub’ekti sifatida


 Korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllari


Download 139.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/13
Sana09.06.2023
Hajmi139.75 Kb.
#1476238
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Kirish. Sanoat korxonasi bozor iqtisodiyoti sub’ekti sifatida

1.4. Korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllari 


O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida xususiy mulk mulkchilik 
shaklining boshqa ko’rinishlari bilan bir qatorda daxlsizligi va davlat tomonidan 
muhofaza qilinishi belgilab qo’yilgan.
Korxonalarning 
tashkiliy-huquqiy 
shakllari 
bu 
bozorda 
korxonalar 
faoliyatining huquqiy shartlari. Huquqiy shakllarning xilma-xilligi tadbirkorlik 
faoliyati uchun kapitalni jalb qilish usullarini diversifikatsiya qilish, shuningdek 
korxonalarni har xil javobgarlik shakllaridan himoya qilish, shuningdek
bajarilayotgan ishlarning xavfliligiga, raqobat darajasiga, bozorga kirish 
taktikasiga qarab bozorda turli xil harakatlarni amalga oshirishga imkon beradi.
Korxonalarning qonun hujjatlari va boshqa xo’jalik huquqi normalarida 
ko’zda tutilgan mulkchilik shakli, ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va hajmi
kapitalning shakllanishi, turli xil firmalararo uyushmalarga a῾zo bo’lish usullari va 
olib boruvchi raqobatchilik kurashlari bilan farq qiluvchi faoliyat tavsifi va 
mazmuniga bog῾liq bo’lgan strukturaviy tuzilishining usul va ko’rinishlari 
xo’jalik yuritishning tashkiliy-huquqiy shaklini ifodalaydi. 
Xozirgi zamon sharoitlarida davlat, munitsipal, jamoa, individual (oilaviy, 
xususiy) turdagi korxonalar mavjud bo’lib, ular o’zlariga biriktirib qo’yilgan mulk 
tavsifi yoki tezkor (operativ) boshqaruv huquqiga ko’ra ham tasniflanadi. 
Xo’jalik faoliyati yurituvchi har bir subyekt bir qator huquqlarga ega bo’lib, 
bular bir tomondan, ularning ichki tashkilotchiligini aniqlab bersa, ikkinchi 
tomondan, jismoniy va huquqiy shaxslar hamda davlat bilan o’zaro 
munosabatlarini amalga oshirishga ko’maklashadi. 
Keng tarqalgan korxona shakllaridan biri xo’jalik o’rtoqliklari bo’lib, ular 
ishonch asosidagi to’liq o’rtoqlik (kommandit o’rtoqligi) ko’rinishida tashkil 
qilinishi mumkin. 
Qonunga 
asosan 
ishtirokchilari imzolangan shartnomalar bo’yicha 
tadbirkorlik faoliyati yurituvchi hamda ularga tegishli mulk javobgarligiga ega 
bo’lgan o’rtoqliklar - to’liq o’rtoqliklar hisoblanadi. 



Download 139.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling