Kirish (“Shofirkon paxta tozalash” oaj )
Download 77.44 Kb.
|
Hisobot shofirkon paxta tozalash zavodi 3x
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kirish
MUNDARIJAKirish (“Shofirkon paxta tozalash” OAJ ) 1 Shofirkon paxta tozalash‖ ochiq aksiyadorlik jamiyati moliya-xo‘jalik faoliyati tahlili 2 Shofirkon paxta tozalash‖ ochiq aksiyadorlik jamiyati faoliyatida soliqlar ta‘sirining tahili 3 Davlat maqsadli jamg‘armalariga ajratmalar va uni aksiyadorlik jamiyati moliya-xo‘jalik faoliyatiga ta‘siri 4 Ishlab chiqarishni rag‘batlantirishda korxonalardan olinadigan foyda solig‘iga toriladigan bazani takomillashtirish Xulosa va takliflar Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati KirishIqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida jahonda vujudga kelgan jumladan g‘arb davlatlarida suzib yurgan qarz inqirozi sharoitda hukumatimiz tomonidan puxta ishlab chiqilgan moliya siyosati o‘zining ijobiy samaralarini berganligini bugungi kunda hammamiz buni yaqqol guvohi bo‘lib turibmiz. Bu yutuqlardan biri muhtaram yurtboshimiz tomonidan ta‘kidlab o‘tganidek, xususan ―Yurtimizda qabul qilingan 2018-2023-yillarda sanoatni ustuvor darajada rivojlantirish dasturi va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilashga doir tarmoq dasturlarining izchil amalga oshirilishi natijasida sanoat tarkibida yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan, raqobatdosh mahsulotlar tayyorlayotgan qayta ishlash tarmoqlarining o‘rni tobora ortib bormoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining 78 foizdan ortig‘i aynan ana shu tarmoqlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda‖1 Respublikamizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlarlarning asosiy maqsadlaridan biri mamlakatda ko‘p ukladli iqtisodiyotni shakllantirish va iqtisodiyotda erkin raqobat muxitini yaratishdan iboratdir. Davlat mulkini xususiylashtirish va davlat korxonalari negizida xususiy mulkka asoslangan turli shakldagi korxonalarni tashkil etish ushbu vazifani xal etishdagi muxim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda mamlakatimizda xususiy mulkchilikka ham munosabat o‘zgardi. Bozor munosabatlarini shakllantirish, tadbirkorlik va tashqi iqtisodiy faoliyatni jadallashtirish, korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish va aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish maqsadida bir qator me‘yoriy hujjatlar qabul qilindi. Bularning barchasi mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni jadallashtirish orqali davlat budjeti daromadlarini oshirishini ta‘minlab borish bugungi global inqiroz sharoitida o‘zini ijobiy samarasini beradi. Aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini barfaror rivojlanishi soliq munosabatlari bilan bevosita bog‘liqdir. Aksiyaadorlik jamiyatlari faoliyatini soliqqa tortish, ular to‘laydigan soliqlarning turlari va soliq mexanizmining o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Mamlakatimizda yuqori o‘sish sur‘atlari bilan rivojlanish sharoitida aksiyadorlik jamiyatlarini soliqqa tortishni takomillashtirish masalalari mavzuning dolzarbligi ifodalaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling