Kirish tadqiqot mavzusining dolzarbligi


Maktabda  onomastika  to‘garagi  faoliyati


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/35
Sana06.12.2021
Hajmi0.74 Mb.
#178773
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35
Bog'liq
talim tizimida nomshunoslik

Maktabda  onomastika  to‘garagi  faoliyati.  Onomastik  materiallarning 

kishilar  turmushi,  ijtimoiy  hayot,  tarixiy  davrlar  va  insonlarning  istiqomat 

maskanlari,  o‘rin  -  joy  hududlari,  shuningdek,  maktab    ta’limidagi  har  bir  fan 

bilan  tabiiy  ravishda  bog‘liq  ekanligi;  onomastik  materiallarning  juda  rang  - 

barang hamda qiziqarli bo‘lganligi; buning  ustiga, tashabbuskor, o‘z sohasining 

bilimdoni, mukammal kasbiy  mahoratli o‘qituvchining tadbirkorligini e’tiborga 

olsak,  atoqli  otlar  borasidagi  bilimlarni  egallashga  bo‘lgan  o‘quvchilarning 

intilishi  hamisha  kuchli  bo‘ladi.  Ana  shu  shart  -  sharoitning  o‘zi  ona  tili  va 

adabiyoti  o‘qituvchisi  oldiga  tilshunoslik  bo‘yicha  to‘garak  tashkil  qilishdek 

hayotiy, o‘ta zarur va muhim vazifani qo‘yadi. 

       Tanlagan  mavzu  doirasida  fan  to‘garagini  «Onomastika  to‘garagi»  deb 

nomlagan  ma’qul.  Chunki  onomastika  maktabda  o‘qitiladigan  barcha  fanlar 

yo‘nalishlaridagi atoqli otlar bilan ta’lim- tarbiyaviy  ish olib borish  imkonini 

beradi.  Bundan  tashqari  onomastika  fani  yo‘nalishlarining  barchasi  uchun 

umumiy  mushtarak  bo‘lgan  jihatlari  juda  ko‘p.  Mazkur  jihatlarga  ularni 

o‘rganishning  maqsad  va  vazifalari,  ilmiy  tadqiqot  usullarini,  yasalishi  va 

tuzilishini  o‘rganish,  to‘g‘ri  talaffuz  va  imlosini  belgilash,  nomlanish  asoslarini 



 

60 


 

 

aniqlash,  tahlil  qilish  usullari,  amaliy  ahamiyatini  ko‘rsatish  kabi  holatlarni 



kiritish mumkin. 

O‘quvchilarning  fan  to‘garaklari  maktabda  sinfdan  tashqari  olib 

boriladigan  ta’lim-  tarbiya  ishlarining  eng  ko‘p  qo‘llaniladigan  mashg‘ulot 

shakllaridan  biridir.  To‘garaklar  umumiy  maqsad  va  intilishlari  bir  xil 

bo‘lib  fan  o‘qituvchisi  rahbarligida  faollik  ko‘rsatadigan  o‘quvchilar 

jamoasi  guruhidir.  To‘garak  odatda  bir  sinf  yoki  yonma  -  yon  (parallel) 

sinflarning  yoki  bo‘lmasa  aralash  (pastki  va  yuqori)  sinflarning  10 

nafardan  20  nafargacha  bo‘lgan,  ona  tili  faniga  qiziqishlari,  istak- 

orzulari  va  qobiliyatlarini  namoyon  qilgan  fanlarni  yaxshi  o‘zlashtirib 

kelayotgan  o‘quvchilardan  tashkil  qilinadi.  To‘garak  tarkibi  haddan  tashqari 

katta  bo‘lmasligi  kerak,  chunki  o‘quvchilar  jamoasi  katta  bo‘lsa  to‘garak 

ishini qiyinlashtiradi. 

To‘garakkka  o‘z  fanini  biladigan  va  sevadigan,  mashg‘ulotlarga  ijodkorlik 

va  tashabbuskorlik  bilan  yondashadigan,  g‘ayratli  ona  tili  va  adabiyoti 

o‘qituvchisi rahbar qilib tayinlanadi. 

To‘garak  a’zolarining  birinchi  tashkiliy  majlisida  o‘quvchilar  orasidan 

to‘garak  boshlig‘i  saylanadi.  To‘garak  a’zolari  ko‘pchilikni  tashkil  qilsa 

(yigirmatacha  bo‘lsa)  uch  o‘quvchidan  iborat  qo‘mita  saylanadi.  To‘garak 

rahbari  butun  o‘quv  yili  uchun  ona  tili  fani  ta’limi  dasturi  asosida 

mashg‘ulotlar  rejasini  tuzadi.  Rejada  to‘garakning  maqsad-vazifalari 

o‘rganiladigan  mavzular  va  ularni  o‘tish  muddati  har  bir  mavzuning 

qisqacha mazmuni, uning bajarilishi uchun mas’ul to‘garak a’zosi aniq belgilab 

qo‘yiladi. 

To‘garak  mashg‘ulotlarini  har  oyda  ikki  marta  (oyning  2  va  4  haftalarida) 

o‘tkazish  maqsadga  muvofiqdir.  To‘garak  mashg‘ulotlarining  o‘tishi  va 

rejalashtirilgan  tadbirlarning  bajarilishi  to‘garak  rahbari  (yoki  boshlig‘i) 

tomonidan to‘garak jurnaliga qayd qilib boriladi. 

«Onomastika  to‘garagi»  ish  rejasining  mazmuni  maktab  ona  tili  fani, 

ya’ni  ona  tili  ta’lim  dasturi  mavzularini  takrorlamasligi  kerak. Chunki  bizning 



 

61 


 

 

onomastika  to‘garagimizning  asosiy  maqsadi-  to‘garak  a’zolarining  tanlangan 



yo‘nalish  materiallarini  amalda  o‘rganish  orqali  o‘quvchilarni  fanni 

o‘zlashtirishga  qiziqtirish,  shu  sohadagi  bilimlarini  kengaytirish,  boyitish  va 

chuqurlashtirish,  shuningdek,  ularni  mustaqil  ishlashga  o‘rgatish,  ularda 

ko‘nikma va malakalar hosil qilishdan iboratdir. 

Onomastika  to‘garagida  mashg‘ulotlar  to‘garak  rahbarining  maqsadli 

suhbati,  to‘garak  a’zolarining  bajargan  amaliy  ishlari  bo‘yicha  axborotlarni 

eshitish,  ilmiy,  ijodiy  izlanishlar  bo‘yicha  referat  va  bayonnomalar 

tayyorlatish,  ma’ruzalarini  tinglash,  muhokama  qilish;  amaliy  ishlardan  -

onomastikaning  turli  yo‘nalishlari  bo‘yicha  materiallar  to‘platish  ,  ularni  tahlil 

qildirish , guruhlatish , lisoniy jihatlarini o‘rganish , xulosalar chiqarish kabilar 

asosiy  ta’lim  tarbiya  usullari  hisoblanadi.  Onomastika  to‘garagining  devoriy 

gazetasini,  axborotlar  byulletenlarini  muntazam  chiqarib  turish  ,  tilshunos  , 

adabiyotshunos  olimlar  bilan  to‘garak  a’zolarining  uchrashuvlarini  tashkil 

qilish, onomastik materiallarni yig‘ish maqsadida sayohatlar uyushtirish, tematik 

anjumanlar  tashkil  qilish  kabi  tadbirlar  ham  to‘garak  faoliyatining  ommaviy 

mashg‘ulot shakllari bo‘lib xizmat qiladi. 

        Shulardan «Toponimika» to‘garagi faoliyatini ko‘rib o‘taylik. 

O‘quvchilar  boshlang’ich  sinflarda  «  Tabiat»,  5-sinflardan  esa  «Tabiiy 

geografiya»        fanlarini        o‘rgana        boshlaydilar.        Tabiiy        geografiyada 

atrofimizdagi  tuman,  shaharlar,  daryo-dengizlar,  dasht  va  tog‘larni  o‘rganib, 

O‘zbekistonning  tabiati  bilan  tanishadilar.  Bu  borada  o‘quvchilar  turli-

tuman nomlarga duch keladilar. Bunday joy nomlarining ayrimlari ma’lum bir 

ma’no anglatsa, boshqalarning nomlari ma’no anglatmasligi mumkin. 

Shunday  vaziyatda  o‘qituvchi  bir  -  ikki  geografik  nomning  tuzilishi, 

yasalishi  yoki  ma’nolarini  aytib  bersa,  o‘quvchilarda  joy  nomlarini 

o‘rganishga  ham  qiziqish  ortadi.  O‘quvchilarning  ana  shu  qiziqishlarini  hisobga 

olib,  maktabda  «Toponomika»  to‘garagi  tuzish  mumkin.  Geografik  nomlar 

etimologiya  (  so‘zlarning  kelib  chiqishi)  va  so‘z  yasalishi  haqida  juda  boy 

ma’lumotlarni  o‘zida  mujassamlashtirgan  bo‘ladi.  Shuning  uchun  o‘quvchilarni 



 

62 


 

 

etimologik tahlilga o‘rgatishda toponimika to‘garaklarining ahamiyati katta.



35

 

Geografik  nomlar,  ayniqsa  ,  mahalliy  joy  nomlarining  etimologiyasi  bilan 



tanishtirish  o‘quvchilarga,  birinchidan,  joy  nomlarining  asosli  esda  qolishiga 

yordam    beradi,  ikkinchidan,  so‘zlarning  yasalishi  haqida  ma’lumotlar  oladi, 

uchinchidan,  etimologik  tahlil  ko‘nikmalari  rivojlanadi.  Oqibat  natijada 

o‘quvchi  har  bir  so‘z  va  iboraga  o‘ylanib  ehtiyotkorlik  bilan  qaraydi. 

Ularning ma’no- mazmunini bilishga qiziqadi. 

To‘garak  mashg‘ulotlari  kirish  darslari  bilan  boshlanib,  o‘quvchilarga 

geografik  nomlarni  o‘rganadigan  fan  haqida  dastlabki  tushunchalar  berish, 

joy  nomlarining  xususiyatlari,  ularning  har  biri  o‘zgarishlarga  uchrashi  ,  ular 

haqida  har  xil  qiziqarli  rivoyatlar,  afsonalar,  xalq  xotirasi  va  og‘zaki 

ijodida  saqlanib  kelinayotganligi  kabi  masalalarga  to‘garak  a’zolarining 

e’tibori qaratiladi. To‘garak mashg‘ulotlari kichik – kichik mavzular, ixcham 

bir  shaklda  bayon  qilish,  sharxlab  berish,  isbot  qilish  yo‘li  bilan 

tushuntiriladi.  Qisqagina  ma’ruza  dastlabki  paytda  o‘qituvchi,  navbatdagi 

mashg‘ulotlarda  esa  to‘garak  a’zolari  tomonidan  tayyorlanib  ,  o‘quvchilar  olib 

boradi. 

Bizning  sharoitda  toponimik 

nomlarning  tahlilini 

mahalliy 

nomlardan  boshlash  yaxshi  natijalarni  beradi.  Masalan,  Qo‘shko‘pir  tumani 

nomini tahlil qilish mumkin. “Qo‘shko‘pir” atamasining kelib chiqishi xususida 

tarix  fanlari  nomzodi  R.  Masharipovning  “Moziy  sadolari  va  saboqlari” 

kitobi ma’lumotlaridan foydalaniladi. 

Qo‘shko‘pir  -  bu  qadimiy  qal’aning  nomi  bo‘lib,  uning  ko‘prik  bilan 

bog‘lanib  qolganligiga  kelsak,  1911-yilgacha  qal’a  ichida  G‘ozovot  kanaliga 

qurilgan    ikkita  ko‘prik  mavjud  edi.  Xiva  xoni  Isfandiyorxonning  topshirig‘iga 

binoan  1911-  yilda  ruslar  shu  yog‘och  ko‘priklar  yoniga  temirdan  ko‘prik 

quradilar. ...Hamyurtlarimizning ko‘pchiligi uning nomini ana shu oldingi ikkita 

ko‘prik , qo‘sha ko‘prik ma’nosida   “Qo‘shko‘pir”  deb  talaffuz  qiladilar. 

 Bu xususda xalq etimologiyasi ham bor. Bu rivoyatga ko‘ra: 

                                                        

35

 Дўсимов З. Тиллаева М.  Топонимика асослари. -Т. “Фан”. 2002.Б.56. 




 

63 


 

 

G‘ozovot  kanali  qal’ani  qoq  ikkiga  bo‘lib  oqib  o‘tadi.  Kanalning  har 



ikki  qirg‘og‘ida    ham  unumdor  yerlarga  dehqonchilik  qilingan.  Ekin- 

tikinda asosiy qurol ho‘kiz qo‘shiladigan omoch edi. Ana shu omochni o‘ng 

qirg‘oqdan  chap  qirg‘oqqa,  chap  qirg‘oqdan    o‘ng  qirg‘oqqa  olib  o‘tish 

uchun  dehqonlar  kanal  ustiga  oyoq  ko‘prik  qurganlar.  Undan  qo‘shni  olib 

o‘tishda  foydalanganlar.  Shu  kichik  ko‘prikdan  qal’ani  nomi  kelib  chiqqan 

deyiladi.

36

  

  To‘garak  mashg‘ulotining  navbatdagi  mashg‘ulotlaridan  birida  tumandagi 



yana  bir  qishloq  nomining  kelib  chiqishini  to‘garak  a’zolaridan  biriga  kichkina 

ma’ruza  qilishga  beriladi.  Buning  uchun  to‘garak  rahbari  mavzuni  ilmiy 

asoslash  uchun  o‘quvchilarga  manbalarni  aniq  ko‘rsatadi,  qayerdan  topish 

mumkinligini  aytadi  yoki  o‘zi  topib  berpdi.  Ma’ruzani  bir  o‘quvchi  tayyorlasa  

ham,  boshqa  a’zolariga  ham  mashg‘ulotning  maqsadi,  bajariladigan  ishlar 

batafsil  tushuntiriladi.  Maqsad-  to‘garak  mashg‘uloti  ishida  barcha  a’zolar 

faollik ko‘rsatsin.  

   Masalan,  “Qatag‘on”  qishlog‘ining  nomi  yuzasidan  shunday  materialdan 

foydalandik:  

    “Qatag‘on”  turkiy  xalqlar  urug‘ining  birinchi  nomi  bo‘lib,  ular 

Chingizxondan  olti  avlod  ilgari  Mo‘g‘uliston  va  Oltoy  o‘lkasi  o‘rtasidagi 

Enasoy  daryosi  bo‘ylarida  yashagan  turkiy  xalqlarning  bir  urug‘i  hisoblanadi. 

Asosiy  mashg‘uloti  ovchilik  va  chorvachilik  bo‘lib,  mollarni  asrashga  qulay, 

sero‘t yaylovlar axtarib, hozirgi Markaziy Osiyo hududlariga siljib kelganlar va 

turli elatlarga tarqalib ketganlar.  

    Qatag‘on  urug‘ining  bir  guruhi    XVI  asr    turkiy  urug‘larning    ommaviy 

ravishda    g‘arbiy  hududlarga  ko‘chishi  davrida  hozirgi  o‘zlari  istiqomat 

qilayotgan  maskanga  kelib  o‘rnashib  qolganlar.  Atrofdagi  aholi  ularni 

“qatag‘onlar”  deb ataganlar. Bu qishloqning janubiy hududi G‘ozovotyop bilan, 

sharqiy  hududlari  Chuqurqum  etaklarida  joylashgan.  Qatag‘on  hozirgi  kunda  

o‘zbek  xalqining  tarkibiy  qismi  sifatida  barcha  jabhalarda  o‘zining  katta  

                                                        

36

 Р.Машарипов.  Мозий садолари ва сабоқлари. -Тошкент.1998. Б.43. 




 

64 


 

 

mavqeyiga  ega.  Demak,  “Qatag‘on”  qadimgi  urug‘  nomlaridan  biri  ekan.  Shu 



asnoda  o‘quvchilarga    Qo‘shko‘pir  tumani    xaritasidan  Qatag‘on  qishlog‘ining 

joylashishini maxsus tayyorlab namoyish qilish mumkin.  

    Shuningdek, o‘quvchilarni Qo‘shko‘pir tumanining sharqiy hududlaridan 

boshlanib,  g‘arbiy  hududlarigacha  kesib  o‘tgan  G‘azovotyop  kanalining  nomi 

ham qiziqtiradi.  

Mo‘g‘ullar istilosigacha Madra deb nomlangan kanal mo‘g‘ullar istilosidan 

keyin  qisqa    vaqtlar  Nosiriy  deb  tilga  olinadi.  G‘azovot  kanal  nomi  sifatida 

birinchi  marta  Anushashohning    o‘g‘li  Arangxon  davrida  uchraydi.  “G‘ozi” 

so‘zining  lug‘aviy  ma’nosi  “g‘olib”  bo‘lib,  turli  ismlarga  qo‘shilgan: 

Sultong‘ozi, Muhammadg‘ozi, Abulg‘ozi kabi.  

Shuningdek,  o‘quvchilarni  Qo‘shko‘pir  tumanining  sharqiy  hududlaridan 

kesib o‘tgan G‘ozovotyop kanilining nomi  ham qiziqtiradi.  

Shunday  qilib,  Abulg‘ozixon  davrida  Madra  kanali  qazib  uzaytirilib 

G‘ozovot qal’asigacha olib borilgan. Shu munosabat bilan yangi tiklangan kanal 

G‘ozoovtyop deb yuritila boshlangan. 

Shunday  qilib,  toponomik  to‘garaklarda  faqat  mahalliy  mintaqalardagi  joy 

yoki  boshqa  maskan  nomlarinigina  emas,  balki  O‘zbekiston  jahon  xaritasida, 

maktab  darsliklarida  uchraydigan  nomlarning  ham  etimologiyasini  asta-sekin, 

izchillik  bilan  o‘zgartirib  borish  lozim.  Bunday  tadbirlar  to‘garak  a’zolarining 

fikrini  o‘zgartiradi:  nom  qo‘yish,  so‘z  yasalish  usullarini  amalda  o‘zlashtirib 

oladilar.  


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling