Kirish tadqiqot mavzusining dolzarbligi


O‘tkir  zehnlilar  bellashuvi  (“O‘ZB”)


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/35
Sana06.12.2021
Hajmi0.74 Mb.
#178773
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35
Bog'liq
talim tizimida nomshunoslik

O‘tkir  zehnlilar  bellashuvi  (“O‘ZB”).  Onomastika  to‘garagi  ishlarida 

o‘quvchilar  faolligini  oshirishda  muhim  tadbirlardan  biri  o‘tkir  zehnlilar 

bellashuvini tashkil qilishdir.  

Ma’lum  sinflarda  yoki  parallel  sinflarda  onomastika  ma’lum  bo‘lim 

materillari o‘rganilgach, to‘garak  a’zolari  va ommaviy sinflar o‘quvchilarining  

bilim  darajalarini  sinash  maqsadida  to‘garak  guruhlari  yoki  parallel  sinf 

o‘quvchilari o‘rtasida uyushtiriladi. 

Bellashuv uyushtirilishidan oldin barcha o‘quvchilar bellashuvning dasturi, 

mazmuni,  hajmi,  umumiy  savollar  va  ularni  bajarish  tartiblari  bilan 

tanishtiriladi.  Bellashuvning  yuqori  hay’atini  maktab  ma’muriyati    maktab 

direktorining  ma’naviyat  va  ma’rifat  bo‘yicha  muovini,  ona  tili  va  adabiyoti 

fanlari  metod  birlashma  rahbari,  oliy  toifadagi  o‘qituvchilar  tashkil  qiladi. 

Yuqori hay’atning odilona, xolisona ishlashi har jihatdan ham muhimdir. 

Bellashuvda qatnashayotgan jamoa (guruh)larga munosib nomlar qo‘yiladi, 

an’anaviy  tanishish,  tabriklash  bo‘lib  o‘tadi  va  nihoyat,  qat’iy  reja  va  tartibda 

bellashuv  tashkil  qilinadi.  Bahslashuvning  tartibli  va  chiroyli  chiqishi  uchun 

unga  jiddiy  tayyorgarlik  ko‘riladi-  yozish  uchun  xat  taxtalar,  bo‘r,  lattalar, 

shuningdek,  zarur  bo‘ladigan  boshqa  narsa-predmet,  jihozlar  foydalanishga 

qulay  bir  tarzda  tayyorlab  qo‘yiladi.  Bahsga  qatnashuvchilarning  og‘zaki  va 

yozma nutqlariga, o‘zlarini tuta olishlariga, erkin muomalaga kirisha olishlariga, 

muomala  odobiga  rioya  qilishiga  katta  e’tibor  beriladi.  Bellashuv  yuqori 

hay’atning  baholarni  e’lon  qilish,  g‘oliblarini  aniqlash,  rag‘batlantiruvchi 

mukofotlarni taqdim qilib, o‘quvchilarning kelgusi o‘qishlarida muvaffaqiyatlar 

tilab, bellashuv  nihoyasiga yetadi. 


Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling