III.3. Nomlarni to‘plash usullari va nomlar kartotekasini
tashkil qilish
Onomastikani o‘rganish ma’lumot to‘plashdan boshlanadi. Bu ish odatda
o‘lkashunoslik bo‘yicha olib borilayotgan qishloq, ovul, keyinchalik tuman
hamda viloyat va nihoyat, jonajon o‘lka miqyosida amalga oshiriladi.
Onomastik material yig‘ishdan oldin materiallarni qanday va qayerdan
to‘plash hamda kimlar bilan qanday mavzuda suhbatlar o‘tkazishning hech
bo‘lmaganda taxminiy ish rejasi va dasturi ishlab chiqilishi shart. Mana shu reja
asosida puxta tayyorgarlik ishlari olib boriladi.
Yuqorida aytib o‘tilgan ishlarni maktabda ham tashkil qilish mumkin.
Onomastik materillar to‘plash va o‘rganishda tarix, geografiya, inson va jamiyat
fanlari o‘qituvchilari bilan tilshunoslarning hamkorlikda ishlashi muhim
ahamiyatga ega. Biz bu o‘rinda onomastika tarkibiga kiruvchi joy nomlarini
to‘plash usullari va nomlar kartotekasini tashkil qilish to‘g‘risida fikr
yuritamiz. Bunda o‘qituvchi joy nomlarini to‘plash bo‘yicha so‘roqlikni
o‘quvchilarga uyga vazifa qilib yoki bo‘lmasa, to‘garak mashg‘ulotlarida
topshiriq qilib berishi mumkin.
Joy nomlarini to‘plash bo‘yicha so‘roqlik quyidagicha tuzilishi mumkin:
I.Nomni kimdan yozib olgansiz? (Manzili, yoshi, kasbi).
69
Do'stlaringiz bilan baham: |