Kirish tadqiqot mavzusining dolzarbligi
Download 0.74 Mb. Pdf ko'rish
|
talim tizimida nomshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- UMUMIY XULOSALAR
78
1. Onomastika – atoqli otlarni har tomonlama o‘rganuvchi fan hisoblanadi. Onomastika, yuqorida aytganimizdek, atoqli otlarni to‘plash bilan, ularning kelib chiqishi hamda taraqqiyoti, shakli, mazmuni va grammatik tuzilishini tadqiq qilish bilan shug‘ullanadi. Tilshunoslikning onomastika sohasining rivojlanishi qator ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarini ochib beradi. 2. Respublikamizda onomastika sohasida olib borilgan tilshunoslik tadqiqotlari, uning
natijalari ta’lim-tarbiyaviy ishlarda, ma’naviy madaniyatimizni, milliy qadriyatlarimizni e’zozlashda qanchalik katta ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. 3. Har bir hududning milliy, iqtisodiy, tabiiy xususiyatlari haqida uning onomastik nomlariga qarab ham tasavvur qilish mumkin. Chunki bu nomlar asrlar davomida yaxshi- yomon kunlarni muhrlash uchun xalqning yuragidan chiqqan so‘zlardir. Ijtimoiy hayotning barcha tomonlarini aks ettiruvchi bunday onomastik nomlarni ilmiy o‘rganish, xalq ta’limida uni avlodlarimizga yetkazish, yangi davrning birdan-bir da’vatidir. Sohani oliy o‘quv yurti ta’lim darajasida o‘qib- o‘rganib, to‘plangan materillarni tahlil qilish asosida shunday xulosalarga keldik: — Umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari, shuningdek, oliy o‘quv yurtlarida ham onomastika yo‘nalishidagi ta’lim o‘zining rasmiy kafolatini haligacha to‘la topmagan, vaholanki, bunga ehtiyoj juda katta. — O‘quv muassasalari va o‘quv yurtlarida onomastikaning ta’lim-tarbiya bo‘yicha maxsus ta’lim dasturi, o‘quv rejasi, shuningdek, ma’lum bir mukammal darslik, qo‘llanmalar ham yo‘q hisobida. — Onomastik ta’lim-tarbiyaning metodik-uslubiyat tomonlari aks etgan mukammal ishlagan qo‘llanmalarini ham topa olmaysiz. — Bo‘lg‘usi o‘zbek tili va adabiyoti hamda tarix mutaxassisi zamonamiz uchun eng zarur bo‘lgan tilshunoslik fanlari sohalaridan biri onomastika 79
fanining ilmiy-nazariy xulosalaridan xabardor bo‘lishi, mamlakatimizda bu borada to‘plangan ma’lumotlarni bilishi, shuningdek, bu boradagi davlat siyosati dasturi amal qilib olinishi zarur. — Bizning kuzatishimizcha, ona tili dasrlarida ham onomastik materiallarni o‘quvchilarga tanishtirishga imkoniyat katta.
Ayniqsa, leksikologiya bo‘yicha atamalarning paydo bo‘lishini tushuntirishda, so‘zlarning etimolgiyasini aniqlashda, so‘z turkumlaridan otni o‘tishda ham ularning atoqli otlarini o‘rganishga duch kelamiz. Bunda o‘qituvchi matnda uchragan notanish joy nomlarini ilmiy asoslab, sodda usullarda tushuntirib bersa, maqsadga erishilgan hisoblanadi (bu haqda ishning asosiy qismida gapirilgan). — Adabiyot darslari ham onomastik materiallarni o‘rganish uchun eng qulay imkoniyatdir. Adabiyot tarixini o‘rganganimizda turli manbalar bilan tanishamiz (M.Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Hojib, Z.M. Bobur, Gulxaniy va boshqalar). Bunday o‘zbek adabiyoti namoyandalarining asarlarida juda ko‘p nomlar tilga olinadi. O‘qituvchi shu nomlarni hozirgi paytdagi nomlar bilan sharhlab tushuntirmasa, ta’lim dasturi talabini bajarmagan hisoblanadi. O‘qituvchi ta’lim dasturi talablarini nazarda tutib, o‘qish-o‘qitishning ana shu jihatlariga katta e’tibor berishi lozim. — Tarix (o‘lkashunoslik ) fani yangi avlodga o‘z eli, yurtining barcha jihatlari yer-suvi, hududlari, xalqlari, madaniyati, borliq tabiati, ijtimoiy hayotini o‘rgatuvchi fandir. Tarixning barcha manbalarida ko‘pdan ko‘p atoqli otlarga duch kelamiz. Bunda ham o‘qituvchining vazifasi nomlarni tarixiy-tadrijiy qiyoslab tushuntirsa, tarix (jamiyatshunoslik, o‘lkashunoslik) va jo‘g‘rofiy fanlarni o‘qitish talab darajasida bo‘ladi. — Ta’limning asosiy jarayonlaridan biri sinfdan tashqari ishlardir. Qanday fan bo‘lmasin uning natijalari hayotga, turmushga bog‘lanmas ekan, uning samarasi bo‘lmaydi. Shuning uchun tadqiqotimizning ikkinchi bobida sinfdan tashqari ishlarda onomastik ma’lumotlarni berish mumkinligi xususida gapirib, fan to‘garaklari, ma’lum bir mavzularda suhbatlar, tanlovlar o‘tkazish, toponomik ma’lumotlar to‘plash, savollar majmuini tayyorlash, nomlarning 80
“Qizil kitob” ini tuzish va yurgizish bo‘yicha tavsiyalar berdik. Umuman, mazkur ishimizda oldimizga qo‘yilgan muammo va maqsadlarni ta’lim-tarbiya olish jarayonida to‘plagan bilimlarimiz, hosil qilgan kasbiy malakalarimiz asosida yoritishga harakat qildik.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling