Kirish texnika xavfsizligi korxona bilan tanishuv


Download 1.6 Mb.
bet4/10
Sana05.01.2022
Hajmi1.6 Mb.
#227816
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
09.02 Mohinuraga

Korxona bilan tanishuv

Muruntov oltin koni - Markaziy Qizilqumning Muruntov ruda maydoni mintakasidagi kon. Navoiy shahridan 180 km shim.da, Zarafshon shahridan 40 km sharqda, Tomditovning jan. etagida joylashgan. Ruda zaxiralarining koʻlami, rudani qazib olish texnologik sharoitlarining qulayligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatining yuqoriligi va boshqa xususiyatlariga koʻra dunyodagi noyob konlar sirasiga kiradi. Markaziy Osiyo, xususan, Markaziy Qizilqum va Nurota togʻlarida, oltin rudalari mavjudligi miloddan avvalgi 6-5-asrlardan maʼlum boʻlgan. Oʻlkada oltin konlarini izlash boʻyicha dastlabki maxsus tadqiqot ishlari I.V.Mushketov, G.D.Romanovskiy, G.D.Obruchev va boshqa tomonidan amalga oshirilgan. Markaziy Qizilqumda oltin konlari boʻlishi mumkinligini geolog olimlar A.Ye.Fersman va D.I.Shcherbakovlar 20-asrning 30-yillaridagi geologik tadqiqotlari asosida bashorat qilganlar. 1930-yillarda Tomditovning jan. etaklarida oltin zarralari boʻlgan bir necha kvars va kvarsdala shpati tomirlari aniqlandi, 1934 yilda Besapan qishlogʻi yaqinida oltin mineraliza-siyasi zonasi belgilandi. Shundan ke-yin Besapan, Oltintov, Taxtatov manzillarida, Tomditovning jan. yon bagridagi kremniyli slanetslarda keng koʻlamda oltin qidiruv va razvedka ishlari olib borildi. 1951-53 yillarda Muruntov oltin koniHamroboyev Oʻzbekistonning gʻarbiy hududida oltinni koʻpincha margi-mush bilan uzviy bogʻliq holda uchrashi qonuniyatini aniqladi. Shu asosda 1954-56 yillarda Oʻzbekistonning gʻarbiy qismida 2 xil oltin konlari borligi: birida oltin margimush kolchedani (arsenopirit minerali) bilan, ikkinchisida juda siyrak xrlda kvars tomirlarida uchrashi maʼlum boʻldi.

Muruntov oltin konida 1995 yildan "ZarafshonNyumont" qoʻshma korxonasi faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Mazkur qoʻshma korxona 1995-2001 yillar mobaynida balansdan tashqari boʻlgan va juda katta hajmda yigʻilib qolgan mineralli ; jinslar agʻdarmasining 84 mln. t sini ‘ qayta ishlab 82 t sof oltin ajratib olishga erishdi.

Yuqori qismida yashil slanetslar miqdori kamayib, terrigen togʻ jinslarining miqdori ortib boradi. Konda k oltinli rudalar katlamlarning ayni shu qismida alevrolit, qumtosh va fillitsimon slanetslardan tashkil topgan terrigen togʻ jinslarining ordoviksilur davriga mansub besapan svitasi qatlamlarida namoyon boʻlgan. 1 Bevosita oltin rudasini oʻzida mujassam etgan mazkur svita katlamlarini 3 qismga boʻlish mumkin: ruda usti katlami ("yashil" besapan) - qalinligi 1600 m gacha; rudali qatlam ("aralash" besapan) - qalinligi 2000 m gacha; ruda osti katlami ("kulrang" besapan) - qalinligi 2000 m gacha. Oltin rudasi, asosan, svitaning oʻrta qismi - "aralash" besapan qatlamida joylashgan. Oltin zarralari mavjud boʻlgan ayrim kvars tomirlari svitasining ostki "kulrang" besapan va ustki - "yashil" besapan qatlamlarida ham uchraydi. Mazkur besapan svitasidagi oltin mineralizatsiyasini quyidan toshqazigan svitasiga mansub choʻkindi chegaralab turadi

Mamlakat iqtisodiyotida avtomobil transporti muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda ishlab chiqarishning biror  sohasi rivojini avtomobil transportisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Transportchilar Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamoasi  erishayotgan ulkan muvaffaqiyatlarga munosib hissa qo‘shib kelmoqdalar. Markaziy kon boshqarmasiga qarashli Avtomobil transporti boshqarmasi nafaqat respublikamiz, balki butun dunyoda eng yirik va zamonaviy texnologik avtotransport korxonalari sirasiga kiradi.

Bundan qirq sakkiz yil muqaddam tashkil topgan bu birlashma ishchi-xizmatchilari, muhandis-texnik xodimlari zimmasiga «Muruntov» konidan qazib chiqarilayotgan tog‘ jinslarini omborlarga tashib berish, yuk ortish, suv sepish texnikalari, buldozerlar va boshqa konchilik transporti vositalari bilan ta’minlash, shuningdek, «Toshqo‘ra» koni, oltinni uyumda eritmaga o‘tkazish sexiga transport xizmati ko‘rsatish vazifalari yuklatilgan. Avtomobil transporti xodimlari kuni arafasida shuni alohida ta’kidlash kerakki, jamoa o‘z oldiga qo‘yilgan topshiriqlarni sharaf bilan uddalayapti. 

Korxonada konchilik transport vositalarini ta’mirlash va xizmat ko‘rsatishning texnologik jarayonlari takomillashtirilmoqda. Xorijiy texnikalarga xizmat ko‘rsatadigan yuqori unumdorli yangi asbob uskunalar foydalanishga topshirildi.  Zamonaviy kon texnikalarida foydalanilayotgan materiallarga talabning oshayotganligini hisobga olib, boshqarmaning yonilg‘i moylash materiallari markaziy laboratoriyasida to‘liq rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Laboratoriyada ishga tushirilgan yangi asboblar yordamida transportdagi nosozliklar aniqlanib, u yoki bu agregatda nazoratsinov ishlari o‘tkazilmoqda. Boshqarmada 2013 yilning oktyabr oyidan e’tiboran yonilg‘i-energetika resurslarini monitoring qilish byurosi faoliyat ko‘rsatib, ko‘chma tarkib yuz foiz «YOMM nazorati» dasturiy axborot tizimiga ulangan. Bu, texnika vositalarining ma’lum vaqt mobaynidagi ishini kuzatish, harakat marshruti, yonilg‘i sarfini nazorat qilish imkonini berayapti.  Mahalliylashtirish dasturi doirasida ehtiyot qismlar olish va agregatlarni ta’mirlash yuzasidan respublikamizdagi Jizzax akkumulyator zavodi, Andijon mexanika zavodi, «Qarshiradiator», «Tashkvatransservis», «Texplast», «Latofat» mas’uliyati cheklangan jamiyatlar bilan aloqalar kengaymoqda. Avtomobil transporti bosh¬qarmasining yirik gabaritli shinalarni ta’mirlash bo‘linmasi mehnat ahlining ishlariga xorijlik  hamkasb mehmonlar ham qoyil qolishayapti. Bu erda shinalar jahonga mashhur «Bridjstoun» firmasining TIP-TOP texnologiyasi va asbob-uskunalari qo‘llanilib ta’mirlanib, ulardan foydalanish muddati ancha uzaytirilmoqda. 


Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling