Kirish texnika xavfsizligi korxona bilan tanishuv


NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI GMZ-2 haqida malumot


Download 1.6 Mb.
bet6/10
Sana05.01.2022
Hajmi1.6 Mb.
#227816
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
09.02 Mohinuraga

NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI GMZ-2 haqida malumot.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi tantanali e’lon qilingan davrda Navoiy kon-metallurgiya kombinatida tarkibida oltin mavjud ma’danlarni qayta ishlash va affinajlangan oltin chiqarish birgina gidrometallurgiya zavodi – 2- GMZ da amalga oshirilar edi. Bugunda kombinatning oltin ajratish kompleksi tarkibiga to‘rtta gidrometallurgiya zavodi, bitta uyumlarda tanlab eritmaga o‘tkazish koni va bitta oltin saralash sexi kiradi. 1991 yil bilan taqqoslaganda NКMКda ma’danlarni qayta ishlash 3 martaga ortdi va o‘sish 40 foizdan ortiqni tashkil etdi.

2- GMZ da kombinat oltin qazish bo‘linmalaridan keltiriladigan yarim tayyor mahsulotdan oltinni affinajlash amalga oshiriladi. 2009 yilda London Quymalar Bozori Assosiasiyasi tomonidan o‘tkaziladigan monitoring natijalariga ko‘ra Muruntov oltiniga “Optimal yetkazib berish” maqomi berildi. Oltin quymalaridagi O‘zbekistonning tovar belgisi yuqori sifatli mahsulotni ifodalovchi sifatida butun dunyoda tan olinadi.

Uran ma’dan bazasining kamayishi bilan bog‘liq holda, 1994 yilda 1-GMZ da ma’danni qayta ishlash sxemasi uranli ma’danlarni qayta ishlashdan tarkibida oltin mavjud ma’danlarni qayta ishlashga o‘zgartirildi, yarim mahsulotli oltin ishlab chiqarish boshlandi. Texnik qayta jihozlash va amaldagi texnologik bo‘linmalarni qayta qurish tufayli to‘rtta oltin tarkibli ma’dan konlari qayta ishlashga jalb etildi, ma’danni qayta ishlash darajasi, shunga ko‘ra zavod unumdorligi ham ortdi.


Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling